Keramik materiallar va buyumlar


Download 0.53 Mb.
bet1/13
Sana13.11.2023
Hajmi0.53 Mb.
#1770440
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13
Bog'liq
Keramik materiallar (1)

  • 3.1. Umumiy ma’lumotlar
  • Mineral hom ashyoga texnologik ishlov berib, yuqori haroratda kuydirish natijasida olingan materiallar va buyumlarga keramik materiallar deyiladi. “Keramika” so’zi lotincha “Keramos” so’zidan olingan bo’lib, glina (gil) ma’nosini bildiradi.
  • Insoniyat tarixida gil asosidagi homloydan tayyorlangan devorbop materiallar va buyumlar, somonli suvoqlar qurilishda eramizdan avvalgi 8000 yillikda ishlatilgan. Pishirilgan g’isht eramizdan avvalgi 3500-4000 y., cherepista va sirlangan g’isht esa qurilishda eramizdan avvalgi 1000 y. ishlatilgan. Markaziy Osiyo, xususan O’zbekistonda saqlanib qolgan arxitektura yodgorliklari qurilish materiallari keramika asosidadir. Hozirgi kunda effektiv g’isht, ichki va tashqi bezak plitalari, sanitariya-texnika buyumlari, mashinasozlik, elektronika, energetika tizimlari uchun mahsus keramik buyumlar ishlab chiqarish yo’lga qo’yilmoqda.
  • Keramik buyumlar quyidagicha klassifikatsiyalanadi. Tuzilishiga ko’ra g’ovak va zich keramik buyumlarga bo’linadi. G’ovak keramikaning suv shimuvchanligi massa bo’yicha 5% ko’p bo’ladi. Bularga devorbop g’isht va bloklar, tombop cherepitsa, drenaj quvurlar, fayans, qoplama plitalar kiradi.
  • Zich keramikaning suv shimuvchanligi massa bo’yicha 5% kam bo’ladi. Ularga yerga yotqiziladigan klinker g’ishti, yirik o’lchamli keramik plitalar, pol plitalari kiradi.
  • Erish haroratiga ko’ra keramik materiallar engil eruvchan (13500S past), qiyin eruvchan (1350-15800S), erimaydigan (1580-20000S) turlarga bo’linadi. Keramik materiallar va buyumlarning hom ashyosining hamma yerda mavjudligi, arzonligi, texnologik jarayonlarning nisbatan soddaligi, ekologik tozaligi ko’plab ishlab chiqarish imkonini beradi.
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling