3.7. Mahsus keramik materiallar va buyumlar - Cherepista. Cherepista oson eriydigan gillardan pazli shtamplangan, pazli lentasimon, yassi lentasimon va konkisimon turlari ishlab chiqariladi (3.6-rasm). Cherepista ishlab chiqarishdagi jarayonlar keramika texnologiyasi singaridir. Cherepista tombop mustahkam, atmosfera muhitiga chidamli, olovga bardoshli material bo’lib, 300 yilgacha xizmat qilishi mumkin. Cherepista massasining kattaligi, tomga o’rnatish nishabining yuqoriligi (30% kam emas), tomga yopish jarayonida qo’l mehnatining ko’pligi uning kamchiligi hisoblanadi. Cherepista tomda biri ikkinchisining ustiga chok bostirib qo’yilgani uchun foydali yuzasi 50-85% tashkil etadi. Cherepistaning suv shimgandagi massasi 50-60 kg/m2 bo’lishi mumkin. Sovuqqa chidamliligi esa 25 sikldan kam bo’lmasligi shart.
- Polbop keramik plitkalar qiyin eriydigan va erimaydigan gil va qo’shimchalar asosidagi hom ashyoni pishirib olinadi. Polbop plitkalar suv o’tkazmaydigan, kislota va ishqor eritmalari, yog’ va shirin moddalar eritmalariga chidamli, edirilishga bardoshli bo’lishi kerak. Suv shimuvchanligi 4% oshmasligi shart. Plitkalar kvadrat,to’g’ri to’rtburchak, besh, olti, sakkiz qirrali bo’lishi mumkin. Ular 16 tipda (200-4)x(173-49)x(10-13) mm o’lchamlarda ishlab chiqariladi.
- Plitkalar yuzasi silliq, relefli, bir va bir necha rangli, yaltiroq va yaltiramaydigan, rasmli va rasmsiz bo’lishi mumkin. Hozirgi kunda seriografik usulda qoplangan yirik o’lchamli plitkalar (200x200x11 mm) jamoat va turar joy binolari pollarini bezashda ishlatilmoqda.
- Rangli sopol cherepitsa bilan tomni yopish
- Cherepista asosan turar joy, ma’muriy va qishloq xo’jalik binolari tomlarini yopishda ishlatiladi. Cherepista Evropa mamlakatlari qurilish tizimida ko’p tarqalgan, hozirgi kunda cherepista O’zbekistonda ham ishlab chiqarilmoqda va qurilishda keng ko’lamda ishlatilmoqda.
Do'stlaringiz bilan baham: |