3.4. Keramik buyumlar strukturasi va umumiy xossalari - Keramik materiallar tarkibi qotib qolgan eritmaning uzluksiz fazasi (matrista) va erimagan gilsimon, changsimon va qumli frakstiyalar (karkas) hamda havo to’lgan g’ovak va bo’shliqlardan iborat bo’lgani uchun ularni kompozistion materiallar deyish mumkin. Matrista materiali mikrostrukturani va matrista karkas bilan birgalikda makrostrukturani tashkil etadi.
- Keramik materiallarning zichligi 2,5-2,7gsm3; o’rtacha zichligi 200-2300 kgm3; siqilishdagi mustahkamlik chegarasi 0,05 dan 1000 MPa gacha bo’ladi. Issiqlik o’tkazuvchanlik koeffitsienti: absolyut zich keramikani 1,16 W/(m.0S), g’ovak keramik materiallarniki 0,07-1,0 W/(m.0S) bo’ladi. Keramik materiallarning issiqlik sig’imi 0,18-0,22 KJ/kg.0S, issiqlikdan chiziqli kengayish koeffitsiyenti esa 0,00014.
- Keramik materiallarning suv shimuvchanligi g’ovakligiga qarab 0 dan 70% gacha bo’ladi, sovuqqa chidamliligi esa quyidagi markalarga teng: 15; 25; 35; 50; 75 va 100 (stikllar).
- Devorbop keramikaga oddiy keramik g’isht, turli effektiv keramik materiallar (kovakli, g’ovakli va kovakli-g’ovakli g’ishtlar, engil, kovakli keramik toshlar, bloklar va plitkalar) hamda yirik o’lchamli bloklar va g’isht, keramik tosh asosidagi panellar kiradi.
- Keramik g’ishtlar va toshlar. Keramik g’isht va toshlar oson eriydigan gillar va qo’shimchalar qo’shilgan gillar asosida tayyorlanadi va asosan bino, inshootlar tashqi va ichki devorlarini qurishda ishlatiladi.
- G’isht va keramik toshlar o’lchamlariga qarab quyidagicha turlanadi: Oddiy g’isht 250x120x65 mm (3.3, a-rasm.), modulli 250x120x88 mm (3.3, b-rasm), yirik 288x138x65 mm (3.3, v-rasm), oddiy tosh 250x120x138 mm (3.3, g-rasm), yirik tosh 250x138x138 mm(3.3, d-rasm), modulli tosh 250x250x138 mm (3.3, e-rasm) va kovaklar gorizontal joylashgan toshlar 250x250x120 mm va 250x250x80 mm(3.3, j, z).
- Keramik g’isht va tosh turlari.
- G’isht: a-oddiy, b-modulli, v-yirik. Tosh; g-oddiy, d-yirik, e-modulli, j va z-kovaklari gorizontal joylashgan.
- G’ishtlarda o’lchamlardan chetga chiqish uzunligi bo’yicha 5 mm, eni bo’yicha 4 mm va qalinligi bo’yicha 3mm gacha ruxsat etiladi. G’isht va tosh normal pishirilgan bo’lishi kerak. Etarli darajada kuydirilmasa (alvon rangli) mustahkamligi past, suvga va sovuqqa chidamli bo’lmaydi, o’ta pishgan g’isht va tosh esa juda zich, mustahkam, lekin issiq o’tkazuvchanligi yuqori bo’ladi.
- Keramik g’isht va toshlar tashqi nuqsonlari quyidagicha izoxlanadi: o’lchamlardagi o’zgarishlar, qirra va qovurg’alarining notekisligi, uchganligi, darzlar va boshqalar. Nuqsonli g’ishtlar umumiy g’ishtlar sonining 5% oshmasligi kerak.
- Ushbu ko’rsatkichlar bo’yicha g’ishtning markasini aniqlash 3.1-jadvalda berilgan. Siqilishdagi va egilishdagi mustahkamlik chegarasi bo’yicha g’isht quyidagi markalarga bo’linadi: 75; 100; 125; 150; 175; 200 va 300. G’isht va toshlarning sovuqqa chidamliligi 15, 25, 35 va 50 stikl bo’ladi.
- Suv shimuvchanligi 150 markadagi to’liq g’isht uchun 8% kam emas, yuqori markadagi to’liq g’ishtlar uchun 6% kam bo’lmasligi shart. G’isht va toshlarning issiqlik o’tkazuvchanlik koeffistenti 0,71-0,82 W/(m.0S) atrofida bo’ladi.
- G’isht va toshlar quruq holda o’rtacha zichligi bo’yicha 3 guruxga bo’linadi:
- -oddiy-o’rtacha zichligi 1600 kgm3 gacha;
- -shartli-effektiv-o’rtacha zichligi 1400-1600 kgm3 gacha;
- -effektiv-o’rtacha zichligi 1400-1450 kgm3 gacha.
- G’isht va toshlarning kovaklari yuzaga nisbatan parallel yoki perpendikulyar bo’lishi va kovaklar ikkala tomoni yoki bir tomoni ochiq bo’lishi mumkin. Ochiq stilindrik kovaklarning diametri 16 mm gacha, tirqishsimon kovaklarning eni 12 mm gacha bo’lishi kerak. Effektiv g’isht va toshlarning ishlatilishi tashqi devor qalinligini kamaytiradi va material sarfini 40% pasaytiradi, bino zaminiga tushadigan kuchni va transport xarajatlarini qisqartiradi.
- Siqilishdagi va egilishdagi mustahkamlik chegarasi bo’yicha g’ishtning markasi
- Zavoddan iste’molchiga yuborilayotgan g’isht partiyasi pasportida g’ishtning turi, o’rtacha zichligi, sovuqqa chidamliligi va bu ko’rsatkichlar aniqlangan Davlat standarti (DS) ko’rsatiladi.
- Oddiy va modulli to’liq plastik presslangan g’ishtlar ichki va tashqi devorlar, sokol va poydevorlar, pollar qurilishida ishlatiladi. Yarim quruq usulda olingan to’liq g’isht va kovakli g’ishtlar sokol va poydevorlarning doimo suv tegib turadigan qismida ishlatilmagani ma’qul.
Do'stlaringiz bilan baham: |