3.3. Keramik buyumlar ishlab chiqarish texnologiyasi - Keramik buyumlar xossalari shakli, hom ashyo turi va texnologiyasidan qat’iy nazar ularni ishlab chiqarish quyidagi asosiy jarayonlardan iborat: hom ashyoni qazib olish, hom ashyo massasini tayyorlash, buyumni qoliplash, ularni quritish va pishirish.
- Gilni hom ashyo kar’erdan ekskavatorlar yordamida ochiq usulda qazib olinadi va temir yo’l, avtomobil yoki boshqa transportda keramik buyumlar zavodiga tashiladi. Hom ashyoni qazib olishda karer gil zahirasi, qalinligi, joylashish xarakteri aniqlanadi va 1-2 yil avval yuzasi o’simliklar, keraksiz jinslardan tozalanadi.
- Hom ashyo massasini tayyorlash. Tabiiy holdagi qazib olingan gil keramik buyumlar ishlab chiqarish uchun yaroqsiz bo’ladi. Buyum tayyorlash uchun gilning tabiiy tuzilishini buzish, undan zararli aralashmalarni chiqazib tashlash, yirik aralashmalarni kukunlash, gilni kukunlash va qo’shimchalar qo’shish, barcha komponentlarni quyma massa hosil bo’lguncha mahsus mashinalarda (gilni ezg’ilovchi tegirmon, parrakli aralashtirgich va sh.k.) aralashtiriladi.
- Hom ashyo massasi buyum turi, hom ashyo turi va xossasiga ko’ra plastik, yarim quruq, bikr, quruq, va ho’l (shliker) usullarda tayyorlanadi. Plastik usulda hom ashyo komponentlari tabiiy namlikda yoki quritilgan bo’lsa, 18-28% namlikkacha suv aralashtirib tayyorlanadi. Plastik usulda olingan hom ashyo massasidan g’isht, keramik tosh, cherepista, quvur va boshqa buyumlar tayyorlanadi.
- Bikr usulda qoliplash plastik usulning rivojlantirilgan zamonaviy usuli bo’lib, hom ashyo massasi namligi 13-18% bo’ladi. Buyum vakuum yoki gidravlik presslar vositasida 10-20 MPa bosimda qoliplanadi. Bu usulda buyumni quritishga energiya sarfi kamayadi, yuqori mustahkamlikdagi hom qoliplangan buyum tayyorlanadi.
- Yarim quruq usulda hom ashyo komponentlari quritiladi, bo’laklanadi, maydalanadi va yaxshilab aralashtiriladi. Bu usulda keramik buyumlar 8-12% namlikdagi hom ashyo massasini 15-40 MPa bosimda presslab tayyorlanadi. Bunda buyum ishlab chiqarish stikli ikki marta qisqaradi, buyum aniq o’lchamlarda va qirralari to’g’ri holda qoliplanadi va yoqilg’i 30% tejaladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |