Keramik materiallar va buyumlar


Download 0.53 Mb.
bet7/13
Sana13.11.2023
Hajmi0.53 Mb.
#1770440
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   13
Bog'liq
Keramik materiallar (1)

G’isht devor panellar qurilishni industriyalash maqsadida ishlab chiqariladi. Panellar gorizontal holatda har bir g’isht uchun avvaldan tayyorlangan yacheykalarga sementli qorishma bilan teriladi va g’isht oralari qorishma bilan to’ldiriladi. Panel qalinligi 80, 140, 180 va 280 mm bo’ladi.
  • Keramik toshlardan bir qatlamli panellar tayyorlanadi. Ikki va uch qatlamli panellar g’isht va issiqlik izolyatsiyasi qatlamlaridan (100 mm qalinlikda) iborat bo’ladi. Panelni yuklash, tushirish va montajni ko’zlab po’lat armatura karkasi bilan kuchaytiriladi. Panellarni zavodda tashqi va ichki tomondan pardozlash imkoniyati bor.
    • Qoplama keramik buyumlar bino va inshootlarni ichki va tashqi yuzalarini bezashdan tashqari ularni tashqi omillardan himoyalash maqsadida ham ishlatiladi.
    • Binolar fasadiga qoplanadigan buyumlar. Bu maqsadda pardozlangan g’isht va toshlar, yirik o’lchamli plitalar, fasad plitalari va gilam nusha keramika ishlatiladi.
    • Pardoz g’isht va toshlar binolarni bezashdan tashqari yuk ko’tarish maqsadida oddiy g’isht bilan qo’shib teriladi. Pardoz g’isht va toshlar oddiylaridan rangining tozaligi bilan farqlanadi va standart o’lchamlarda ishlab chiqariladi. Ularning rangi to’q qizildan to och sariq ranggacha bo’ladi. Pardoz g’isht va toshlar to’liq va kovakli, har xil faktura yuzali bo’lishi mumkin. Fakturali g’isht va toshlar yuzasini angoblash, glazurlash, rangli minerallarni sepish usulida olinadi. G’isht va toshlarni pishirishdan avval mahsus metall moslamalar vositasida tirnab relefli yuza hosil qilish mumkin.
    • Pardoz g’isht va toshlar fasadlarning tashqi qatorlariga, vestibyullar, yo’laklar va boshqa xonalarning ichki devorlariga terish uchun ishlatiladi. Binolarni bunday usulda pardozlash mehnat sarfini kamaytiradi va iqtisodiy tomondan tejamli bo’ladi.
    • Yirik fasadbop keramik plitalar rangli va rangsiz, tekis va g’adir-budur, glazurlangan va sirlanmagan turlarda ishlab chiqariladi. Uzunligi 490, 990, 1190 mm, eni 490 va 990 mm va qalinligi 9-10 mm o’lchamlarda tayyorlanadi. Plitalarning suv shimuvchanligi 1% kam, sovuqqa chidamliligi 50 stikldan yuqori bo’lishi kerak.

    • Download 0.53 Mb.

      Do'stlaringiz bilan baham:
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   13




    Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
    ma'muriyatiga murojaat qiling