Buyumlarni pishirish. Pishirish keramik buyumlar ishlab chiqarishning oxirgi va xal etuvchi jarayonidir. Bu jarayonni shartli ravishda uch bosqichga bo’lish mumkin: buyumni qizdirish, kuydirish va sovitish. Buyum 100-1200S qizdirilganda undan fizik bog’langan suv chiqib ketadi. Harorat 450-7500S ko’tarilganda buyumdan kimyoviy bog’langan suv chiqib ketadi va organik aralashmalar yonib ketadi, gilli mineral buzilib amorf xolatga o’tadi. - Harorat 800-9000S etganda oson eriydigan birikmalar eriydi va komponentlar zarrachalari yuzalari chegarasida qattiq fazalarda kimyoviy jarayonlar davom etadi. Buyum 1000-12000S haroratgacha qizdirilganda zichlashadi va massa kirishadi. Bu kirishish gilning turiga qarab 2-8% tashkil etadi. Buyum asta-sekin sovitiladi. Sovitilgan keramik buyumlar toshsimon xolatga o’tadi va mustahkam, suvga va sovuqqa chidamli bo’ladi.
- Keramik buyumlar halqasimon, tunnel, tirqishli, rolikli va boshqa xumdonlarda pishiriladi.
- Halqasimon xumdon ellips shaklidagi tutash pishirish kanali bo’lib, shartli ravishda 16 dan 36 gacha bo’linadi. Kameralarda yuklash, qizdirish, pishirish, sovitish va xumdondan chiqarish jarayonlari amalga oshiriladi. Halqasimon xumdonda olov markazi, maxsus moslama vositasida, boshqa zonalar kabi pishirish kanali bo’ylab to’xtamasdan siljiydi, pishirilayotgan buyumlar esa qo’zg’almas holatda bo’ladi.
- Halqasimon xumdonlarda asosan g’isht va cherepista pishiriladi. Pishirish harorati 900-11000S bo’lib, bu jarayon 3-4 sutka davom etadi. Xalqasimon xumdonlarda harorat kanal bo’ylab bir tekis taqsimlanmaganligi uchun buyumlar turlicha sifatda pishadi. Bu usulda qo’l mehnati ko’p bo’lib, jarayonni mexanizastiyalantirish qiyin.
- Tunnel xumdonlarda (uzunligi 100 m gacha) buyum vagonetkalarda harakatlanadi. Bu usulda buyumlar harakatlanib pishirish operastiyalari qo’zg’almas bo’ladi. Buyumlar yuklash, qizdirish, pishirish, sovitish va xumdondan chiqarib olish operastiyalari natijasida pishirib olinadi. Pishirish jarayoni 18-38 soat davom etadi. Bu xumdonlar ishlashini mexanizastiyalashtirish va avtomatlashtirish mumkin. Tunnel xumdonlarda mehnat unumdorligi yuqori bo’lib, brak mahsulot kam bo’ladi. Tunnel xumdonlarda sirlangan plitkalar, sanitariya-texnika buyumlari, kanalizastiya quvurlari ikki marta pishiriladi. Birinchi marta pishirishda mahsus konsellarda joylashtirilgan plitkalar 1240-12500S haroratda pishiriladi.
- Pishirilgan plitkalar navlarga ajratiladi, sirlanadi, kapsellarga joylashtiriladi va ikkinchi marta 11400S haroratda pishiriladi. Kanalizastiya quvurlari, qoplama g’ishtlar va fasadbop plitkalar quritilgandan keyin sirlanadi va bir marta pishiriladi.
- Keramik buyumlar pishirilish darajasi, shakli, o’lchamlari, tashqi ko’rinishi, turli nuqsonlariga nisbatan navlarga ajratiladi. Pishirilish darajasi bo’yicha ularni normal pishgan, chala pishgan va o’ta pishgan buyumlarga bo’lish mumkin.
- Keramik buyumlar omborxonalarda qurilish ob’ektlariga yuborilguncha saqlanadi. G’isht va keramik toshlar metall tagliklarga terilgan holda ochiq maydonlarda, sanitariya-texnika buyumlari komplektlangan holda mahsus yashiklarda berk omborlarda saqlanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |