Mavzu: Avtomatlashtirish sistemaning ishdan chiqish turlari. Sistemaning ishdan chiqish ehtimolligining turlari


Download 234.43 Kb.
bet1/3
Sana25.02.2023
Hajmi234.43 Kb.
#1229364
  1   2   3
Bog'liq
Avtomatlashtirish sistemaning ishdan chiqish turlari.


MAVZU: Avtomatlashtirish sistemaning ishdan chiqish turlari.
Sistemaning ishdan chiqish ehtimolligining turlari.
Avtomatlashtirilgan boshqaruv sistemalari ekspluatatsiyasi jarayonida uning texnik holati sekin-asta yomonlashib boradi. Masalan: Elektr dvigatelining quvvati kamayadi. Boshqarish sistemalarining elementlari va qurilmalarining texnik holati o‘zgaradi, tezligi kamayadi, elektr energiya sarfi ortadi, yeyilish jadalligi oshadi, boshqaruv qulayligi pasayadi, ishonchliligi pasayadi.
Texnik sistemada ishdan chiqishlar yuz berganda quyidagilar sodir bo‘ladi: ishlash sikli o'zgaradi, ishdan chiqishining tashqi belgilar paydo bo'ladi, butun bir sistemani to'liq ishlatish imkoniyati kamayadi, ishdan chiqishlarni bartaraf etish, ishdan chiqish sabablarini aniqlash va boshqalar.
Sistemaning ishdan chiqishi sabablariga ko‘ra ularni sistematik va tasodifiy turlaga bo‘lish mumkin. Tasodifiy ishdan chiqishida haddan tashqari yuklama bilan ishlashi, moddiy nuqsonlari, xodimlarning xatoliklari, uzilishlari sabab bo'lishi mumkin. Ko'pincha ular salbiy ishlash sharoitlarida namoyon bo'ladi. sistemaning sistematik ishdan chiqishi shikastlanishlar (vaqt, harorat,radiatsiya) asta-sekin to'planishiga olib keladigan sabablarga ko'ra yuzaga keladi.
Bunda eskirish, buzilish, korroziya, yopishib, oqish, va boshqalar kiradi.
Yeyilish (iznashivaniye) – deb o‘zaro bog‘lanishda ishlaydigan qism (detal) sirtqi qatlamlarining ishqalanish kuchlari va ular bilan birga sodir bo‘ladigan murakkab fizik-kimyoviy jarayonlar ta‘sirida yemirilishiga aytiladi.
Yeyilganlik (iznos) – o‘zaro bog‘lanishda ishlaydigan qismlarning yeyilish natijasi bo‘lib, u kattaliklar (razmerlar), shakllar, hajm va og‘irliklar o‘zgarishida namoyon bo‘ladi. Yeyilganlik oqibatida o‘zaro bog‘lanishda ishlaydigan sirtlar yemiriladi, kinematik aloqalar buziladi va natijada uzel yoki mexanizm ishdan chiqadi.
Yeyilish turlarining tasnifi.
Abraziv yeyilish -
ishqalanayotgan sirtlar orasida joylashgan qattiq abraziv zarrachalarning (chang, qum) kesuvchanlik tasiri natijasidir (kolodka va baraban, oralaridagi yeyilish). Ayrim hollarda abraziv zarrachalar bo‘lib ishqalanayotgan detallarning yeyilish jihozlari xizmat qiladi. Mexanik yeyilish – o‘z navbatida 4 turga bo‘linadi (1-Rasm).
Shakl o‘zgarishi natijasidagi yeyilish - detallarga juda katta yuklamalar tasir etganda ro‘y berib, bunda sirt qatlamlarining siljishi paydo bo‘ladi va detallarning o‘lchamlari o‘zgaradi.
-mo‘rt buzilish yeyilish-ishqalanayotgan detallardan birining sirtqi qatlami ishqalanish va parchinlanish natijasida mo‘rtlashib buzilib ketadi va o‘z ostidagi bo‘sh qatlamlarni ochib qo‘yadi.
- charchash natijasidagi yeyilish (masalan, podshipniklarning chopish yulaklari).


Download 234.43 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling