Mavzu: Avtomatlashtirish sistemaning ishdan chiqish turlari. Sistemaning ishdan chiqish ehtimolligining turlari
Download 234.43 Kb.
|
Avtomatlashtirish sistemaning ishdan chiqish turlari.
- Bu sahifa navigatsiya:
- Korrozion - mexanik yeyilish.
- Kavitasion buzilish
- Errozion buzilish
- Ishqalanish (treniye)
1-rasm. Yeyilish turlari tasnifi.
Molekulyar-mexanik (adgezion) yeyilish – ishqalanayotgan sirt materiallarining molekulyar ilashuvi natijasida paydo bo‘ladi. Asosan mexanizmlarni chiniqtirish (sinash) vaqtida kuzatiladi. Bunda yeyilish mexanizmlarni tirnalishga, harakatlantirmay qo‘yishga va buzilishga olib keladi. Korrozion - mexanik yeyilish. Bunday yeyilish mexanik yeyilish va atrofmuhitning agressiv tajovuzkorona tasiri ostida paydo bo‘lib, bunda ishqalanish sirtlarida beqaror oksid plyonkalari hosil bo‘ladi va mexanik ishqalanish natijasida sidiriladi. Bu jarayon takrorlanaveradi. Bunday yeyilish zanglash elementlarin (oltingugurt, organiq kislotalar) tasirida mis, alyuminiy va izolyatsiya bo‘lmagan avtomatikaning texnik vositalarida kuzatiladi. Kavitasion buzilish. Ayrim AB sistemasining detallari (silindrlarning xo‘l gilzalari, suv nasosining parragi) bunday buzilishi mumkin. Kavitatsion buzilish suyuqlik oqimida paydo bo‘ladigan havo pufaklari yorilishi natijasidagi juda ko‘p gidravlik zarbalar tasirida ro‘y beradi. Errozion buzilish - (erroziya) jismga nisbatan harakatlanayotgan suyuqlik yoki gaz tasirida detal sirtidan metal bo‘lakchalarining ajralib chiqishi. (Masalan, dvigatel klapani, karbyurator jiklyori). Kichik tebranishlar va atrof-muhitning tajovuzkorona tasiri ostida sodir bo‘ladigan yeyilishlar fretting-korroziya yeyilishlar deb ataladi (masalan tirsakli val bo‘yinchalari). Mexanik va kimyoviy jarayonlar natijasida ishqalanish sirtlarida mis bilan boyitilgan yumshoq va yupqa qatlam juda kuchsiz ishqalanishni taminlaydi va ishqalanish sirti bo‘yicha bosimlarni bir tekisda taqsimlaydi (misol: uy sovutgichi kompressori). Ishqalanish (treniye) – deb ikki o‘zaro bog‘lanishda ishlaydigan qismlarning bir – biriga nisbatan siljishida paydo bo‘ladigan qarshilikka aytiladi. Jismlar (detallar) ning siljish yo‘lida paydo bo‘ladigan ishqalanish kuchini bartaraf etishni ishqalanish ishi deb aytiladi. Detallar yeyilishining jadalligi ishqalanish ishiga, uning yo‘liga ishqalanish sharoitlariga bog‘liq. Eskirish. Ekspluatatsiya jarayonida avtomatlashtirishning texnik vositalarini texnik holatining parametrlari tashqi muhit ta‘sirida o‘zgaradi. Masalan, rezina-texnik ABTlari o‘zining mustahkamligini va elastikligini yuqotadi (oksidlanish natijasida, issiq yoki sovuq ta‘sirida, moy, yonilg‘i yoki suyuqliklarning kimyoviy ta‘sirida, namlik ta‘sirida, quyosh radiatsiyasi ta‘sirida). Yog‘-moy materiallari yeyilganlik jihozlari bilan ifloslanadi, qovushoqlik xarakteristikalari yomonlashadi, undagi qo‘shilma (prisadka) larning kuchi yuqoladi va h.k. Download 234.43 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling