Keramik materiallar va buyumlar


G’ovakli keramik to’ldirgichlar


Download 0.53 Mb.
bet12/13
Sana13.11.2023
Hajmi0.53 Mb.
#1770440
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13
Bog'liq
Keramik materiallar (1)

G’ovakli keramik to’ldirgichlar
  • Keramzit - tarkibida kimyoviy bog’langan suvi ko’p bo’lgan oson eriydigan gillarni tez qizdirish natijasida ko’pchitib olingan g’ovak material. Gilning ko’pchishini oshirish uchun ko’mir kukuni, qipiq, pirit kuyindilari va shu kabilarni qo’shish mumkin. Keramzit tayyorlash jarayoni keramik materiallar olish jarayoni singari bo’lib, keramzit soqqachalari avval tayyorlanib keyin xumdonda kuydirib olinadi va zarur bo’lsa keramzit maydalanadi. Keramzit soqqachalari granulyator, lentali presslar va teshikli vallar yordamida tayyorlanadi. Xomashyo quritish barabanlarida quritilgach aylanma pechlarda 25-45 minut davomida pishiriladi.
    • Keramzit shag’ali 5-10, 10-20 va 20-40 mm frakstiyalarda, qumi esa 5 mm gacha bo’ladi. O’rtacha zichligiga nisbatan keramzit shag’ali 150, 200, 250, 300, 350, 400, 450, 500, 550, 600, 700 va 800 kgm3 markalarda bo’ladi. Keramzitning stilindrda siqilishga sinalgandagi markasi 0,3-5,5 MPa. Suv shimuvchanligi 15-25%, sovuqqa chidamligi 15 stikl.
    • Keramzit engil betonlar uchun to’ldirgich va issiqlik izolyastiyasi materiali sifatida ishlatiladi.
    • Agloporit-gil va ko’mir kukuni aralashmasi granulalarini (soqqachalar) aglomerastiya panjarasida pishirib olinadi. Aglomerastiya panjarasida 25-45 minut davomida pishirilgan xom ashyo palaxsasi sovitilgach maydalanadi va frakstiyalarga ajratiladi. Uning o’rtacha zichligi 300-1000 kg/m3, siqilishga mustahkamligi 0,3-3 MPa. Agloporit keramzit singari engil betonlar olishda, issiqlik izolyastiyasi materiali sifatida ishlatiladi.
    • Nazorat savollari
    • 1. Keramik materiallar hom ashyosi tarkibini qaysi asosiy minerallar tashkil etadi?
    • 2. Keramik buyumlar tayyorlashda plastik, yarim quruq usullarni tushuntirib bering.
    • 3. Oddiy va effektiv g’isht turlarini izohlab bering.
    • 4. Chinni, yarim chinni va fayans buyumlar tarkibi va xossalarini aytib bering.
    • 5. Keramik qoplama plitkalar tarkibi va asosiy xossalarini aytib bering.
    • 6. Qanday keramik g’ovak to’ldirgichlarni bilasiz?
    1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13




    Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
    ma'muriyatiga murojaat qiling