G’ovaksimon materiallar haq
Download 54.44 Kb.
|
G’ovaksimon materiallar haqida tushuncha
- Bu sahifa navigatsiya:
- Govakli keramik toldirgichlar Keramzit
- Agloporit
G’ovaksimon materiallar haqida tushuncha Reja: G'ovakli keramik to'ldirgichlar G'ovakli to'ldirgichlar asosidagi betonlar Yirik g'ovakli beton Foydalanilgan adabiyotlar G'ovakli keramik to'ldirgichlar Keramzit – tarkibida kimyoviy bog'langan suvi ko'p bo'lgan oson eriydigan gillarni tez qizdirish natijasida ko'pchitib olingan g'ovak material. Gilning ko'pchishini oshirish uchun ko'mir kukuni, qipiq, pirit kuyindilari va shu kabilarni qo'shish mumkin. Keramzit tayyorlash jarayoni keramik materiallar olish jarayoni singari bo`lib, keramzit soqqachalari avval tayyorlanib keyin xumdonda kuydirib olinadi, zarur boisa keramzit maydalanadi. Keramzit soqqachalari granulator, tasmali presslar va teshikli vallar yordamida tayyorlanadi. Xom ashyo qurilish barabanlarida quritilgach, aylanma pechlarda 25–45 daqiqa davomida pishiriladi. Keramzit shag'ali 5–10, 10-20 va 20–40 mm fraksiyalarda, qumi esa 5 mm gacha bo'ladi. O'rtacha zichligiga nisbatan keramzit shag'ali 150, 200, 250, 300, 350, 400, 450, 500, 550, 600, 700 va 800 kg/nv markalarda bo'ladi. Keramzitning silindrda siqilishga sinalgandagi markasi 0,3-5,5 MPa. Suv shimuvchanligi 15–25%, sovuqqa chidamligi F15. Keramzit yengil betonlar uchun toidirgich va issiqlik izolatsiyasi materiali sifatida ishlatiladi. Agloporit – gil va ko'mir kukuni aralashmasi granulalarini (soqqachalar) aglomeratsiya panjarasida pishirib olinadi. Aglomeratsiya panjarasida 25–45 daqiqa davomida pishirilgan xom ashyo palaxsasi sovitilgach, maydalanadi va fraksiyalarga ajratiladi. Uning o'rtacha zichligi 300-1000 kg/m3 siqilishga mustahkamligi 0,3-3MPa. Agloporit keramzit singari yengil betonlar olishda, issiqlik izolatsiyasi materiali sifatida ishlatiladi. Chet el tajribalarida keramik materiallarni ishlab chiqarishda xomashyo massasi tarkibiga sanoat chiqindilaridan kulni qo`shib kuydirilganda uning bir qator xossalarini o`zgarishi kuzatilgan. Buni quyidagi jadvalda ko`rish mumkin (3.2-jadval). Download 54.44 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling