G’ovaksimon materiallar haq


-jadval Kul-gilli pishgan g`ishtning xossalari


Download 54.44 Kb.
bet2/3
Sana20.06.2023
Hajmi54.44 Kb.
#1633002
1   2   3
Bog'liq
G’ovaksimon materiallar haqida tushuncha

3.2-jadval
Kul-gilli pishgan g`ishtning xossalari



Kul/gil nisbati
(xajm bo`yicha %)



Pishirish xarorati, (° С)



G`ovaklik, (%)

Suvshimuvchanlik,
(%)



Zichlik,
(Кг / м3)

Siqilishga mustaxkamlik chegarasi, (МПа)

50:50


1,000

35.82

22.18

1,610

50.0

1,050

30.37

17.62

1,720

98.5

60:40

1,000

39.83

26.94

1,480

25.4

1,050

36.65

23.62

1,550

39.6

70:30

1,000

40.62

28.08

1,440

21.5

1,050

39.76

27.54

1,440

27.8

80:20

1,000

42.12

31.26

1,350

14.7

1,050

39.80

27.86

1,430

25.4

Mualliflar Lingling va boshqalar (2005) ko`p miqdordagi gilni kul bilan almashtirish mumkinligini o`rganishgan. Ular shuni ko`rsatishdiki, kul-gil xomashyosi asosidagi keramik g`ishtni pishirish xarorati 1050 °С ni tashkil qilgan. Bu ananaviy pishirish xaroratidan 50 dan 100 °С gacha past. Bu g`ishtlar yuqori siqilishga mustaxkamlik chegarasiga, past suvshimuvchanlikka va yuqori sovuqqachidamlilikka ega [2].
1-jadval shuni ko`rsatadiki, kul-gil nisbati oshgan sari mustaxkamligi va zichligining pasayishiga, suvshimuvchanligining esa ortishiga olib keladi. Undan tashqari mualliflar tomonidan ko`p miqdordagi kulni qo`llash, keramik materiallarning plastiklik ko`rsatkichlarini pasayishi ko`rsatilgan.
G'ovakli to'ldirgichlar asosidagi betonlar


Yengil beton komponentlari. Yengil betonlar tayyorlashda bog'lovchi sifatida oddiy va tez qotuvchan shlakli hamda boshqa turdagi sementlar ishlatiladi. To'ldirgich sifatida tabiiy va sun'iy g'ovak toshlar issiqlik izolatsiyalovchi betonlar olishda organiк to'ldirgichlar ham ishlatiladi. Organik to'ldirgichlar yog'och, g'o'za, kanop poyasi kabi o'simliklar chiqindilari va penopolistirol, penopoliuretan kabi polimer moddalar asosida tayyorlanadi.
Noorganik yengil to'ldirgichlar. Tabiiy yengil to'ldirgichlar- pemza, vulkanik tuf, chig'anoqli ohaktosh va boshqa yengil tabiiy toshlarni maydalab olinadi. Sun'iy yengil to'ldirgichlar ikki xil usulda tayyorlanadi: 1) mineral xomashyolarni maxsus texnologiya asosida termik ishlov berib; 2) yoqilg'i shlaklari va kuli, metallurgiva shlaklari va shu kabilarni qayta ishlab (granula holatida).
Yengil betonlar tayyorlashda keramzit, agloporit bilan birgalikda ko'pchitilgan perlit, vermikulit, shungizit, shu kabilar ishlatiladi. Ko'pchitilgan perlit tarkibida kimyoviy bog'langan suv bo'lgan shishasimon vulkanik jinslarni 950-1200°C haroratda pishirib olinadi, hajmi 10-20 marta ortadi.
Vermikulit tarkibida suv bo'lgan sludalar kuydirib olinadi. U boshqa g'ovak to'ldirgichlardan qatlam-qatlam tuzilishi bilan farqlanadi. Shungizit slanesli shungit jinslarini kuydirib olinadi. Shungizit yuqori mustahkam va suvli muhitlarga chidamlidir.
Donador metallurgiva shiaki maxsus granulyatorlarda dona 5-7 mm (10 mm) yiriklikda olinadi. Shlakli pemza metallurgiva shlaklarini tezlikda sovitish natijasida ko'pchitib olinadi, maydalanadi va elanadi, olingan g'ovak shlak mayda hamda yirik to'ldirgich sifatida ishlatiladi. G'ovak mayda to'ldirgich mayda qum - 1,2mm va yirik qum - 1,2-5 mm gacha. Ular 5-10, 10-20, 20-40 mm fraksiyalarda boladi. G'ovak to'ldirgichlar asosida beton tayyorlanganda sement toshi miqdori erishish kam bo'lishi zarur, aks holda mahsulot og'irlashishi va issiqlik izolatsiyasi xususiyati pasayadi. G'ovak to'ldirgichlar qumq holatdagi to'kma zichligiga (kg/ m3) ko'ra quyidagi markalarda bo'ladi: 250, 300, 350, 400, 500, 600, 800, 1000 va 1200. G'ovak yirik to`ldirgich (chaqiqtosh, shag'al) mustahkamligi (kgs/sm2) polat silindrda ezish usulida aniqlanganda 5 dan kam bo'lmasligi va 25-200 bo`lishi kerak. G'ovak to`ldirgichlarning issiqlik-fizik gigiyena xossalari standart usullarda aniqlanadi. Ular tarkibidagi kislota qoldiqlari, tuzlar, loy va changsimon aralashmalar, radioaktiv moddalar miqdori standart me'yoridan yuqori bo'lmasligi shart.

Download 54.44 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling