Oltingugurt saqlovchi organik birikmalar Reja
Download 260.5 Kb.
|
Oltingugurt saqlovchi organik birikmalar
Oltingugurt saqlovchi organik birikmalar Reja: Neftning neytral azot – organik birikmalari Neftning oltingugurt saqlovchi birikmalari Neftning oltingugurt bo`yicha tasniflanishiKerosin va moy fraksiyalaridagi yuqori molekulyar oltingugurtli birikmalar Merkaptanlar Elementar oltingugurt, vodorod sulfid Sulfidlar Alifatik sulfidlar. Tiofenlar Disulfidlar Neftdagi sulfidlarning termokimyoviy o`zgarishlari, oksidlanishi Neftning kislorod saqlovchi birikmalari Neft kislotalari Fenollar Efirlar Neft tarkibida azot birikmalari kislorodli va oltingugurtli birikmalarga nisbatan anchagina kam miqdorda bo`lib, odatda 0,02 0,56% (massaviy) miqdorda bo`ladi. Ular boshqa geteroatomli birikmalar kabi fraksiyalarda notekis taqsimlangan bo`lib, ko`pincha ularning yarmidan ko`pi smola - asfalten qismida mavjud. Neftning azotli birikmalari o`zlarining kimyoviy xossalariga asosan azotli asoslarga va ajratish hamda identifikatsiya qilish og`ir muammo bo`lgan azot saqlovchi neytral birikmalarga bo`linadi. Azotli asos birikmalar kislotalar yordamida neft tarkibidan osongina ajratib olinadi. Neytral azot saqlovchi birikmalarni esa ajratib olish va ularni identifikatsiya qilish og`ir muammodir. Quyida eng ko`p o`rganilgan azotli asoslar haqida ma'lumot keltirilgan. Ko`rsatilgan azotli birikmalarning alkilli hosilalari (asosan metil- va etilli hosilalar), hamda ularning alisiklik va aromatikli (neytral) gomologlari bo`lishi mumkin: R - C N Nitrillar Ayrim neftlarda, hatto tiniq fraksiyalarda ham molekulasida azot va oltingugurt atomi bo`lgan tioxinolinlar yoki azot va kislorod atomi bo`lgan gidroksipiridin, gidroksixinolin birikmalar ham uchratiladi. Molekulasida indol- va karbazolxinolinlar - ikki azoti bo`lgan birikmalar ham aniqlangan. Download 260.5 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling