Elementar oltingugurt, vodorod sulfid
Ushbu birikmalar neft va neft mahsulotlari tarkibida kichik konsentratsiyalarda mavjud. Odatda elementar oltingugurt va H2S neft tarkibida bo`lmaydi. Ular asosan oltingugurt – organik birikmalarning parchalanish ikkilamchi mahsulotlari sifatida hosil bo`ladi (haydash jarayoniga termik ta'sir, destruktiv qayta ishlash, neft fraksiyalarini qayta tozalash). Merkaptanlarni oksidlash jarayonida esa disulfidlar hosil bo`ladi. Neft 180-2600C da qizdirilganda H2S hosil bo`lib, ajralib chiqadi. Bunda mavjud elementar oltingugurt miqdoriga qarab quyidagi reaksiyalar sababli hosil bo`ladigan H2S miqdori ortib boradi.
RH + S RSH; 2RSH RSR + H2S
Ushbu reaksiyalardan ko`rinib turibdiki, yuqori haroratlarda neft fraksiyalarida elementar oltingugurt, merkaptanlar va H2S lar orasida bir - biriga aylanish reaksiyalari mavjud ekan. 265-3100C ga uglevodorod fraksiyasini qizdirilganda (elementar oltingugurt ishtirokida) mahsulot tarkibi jarayon haroratiga bevosita bog`liq bo`lib qoladi. Ushbu jarayon konsentrlangan H2SO4 (ilgaridan oltingugurtdan tozalangan) ishtirokida uch soat davomida azot muhitida olib borilgan.
24-jadval
265-3100C fraksiya tarkibining qizdirish haroratiga bog`liq holda o`zgarishi
Ko`rsatkichlar
|
Qizdi rishsiz
|
Harorat, 0C
|
300
|
600
|
1000
|
|
Do'stlaringiz bilan baham: |