Oltingugurt saqlovchi organik birikmalar Reja
Download 260.5 Kb.
|
Oltingugurt saqlovchi organik birikmalar
Alifatik sulfidlar.
Alifatik sulfidlar yoki tioefirlar, ya'ni, nomenklatura bo`yicha tioalkanlar R – S – RI tuzilishiga ega. Ushbu moddalar noxush hidga ega bo`lgan suyuq birikmalardir. C2-C7 sulfidlar yuqori bo`lmagan qaynash haroratiga ega bo`lib, neftni haydaganda benzin distillatlari tarkibiga o`tadi. Alifatik sulfidlar (hammasi bo`lib 24 tasi aniqlangan) odatda benzin, kerosin, dizel yoqilg`isi tarkibida bo`lib, jami oltingugurt birikmalarining 5080% gacha miqdorini tashkil qiladi. Sulfidlar kimyoviy xossalari bo`yicha neytral moddalar bo`lib, ishqorlar bilan reaksiyaga kirishmaydi. Sulfidlar H2SO4 da yaxshi eriydi. Ularning xarakterli xususiyatlaridan biri – ko`pchilik birikmalar bilan turg`un kompleks birikmalar hosil qilishidir. Ushbu moddalarga vodorod ftorid, HBr, BF3, simob hloridi, AlBr3, SnCl4, TiCl4, RSO2 va boshqalar misol bo`ladi. Kuchli oksidlovchi ta'sirida sulfidlar sulfoksid orqali sulfonlargacha oksidlanadilar. C2H5 – S – C2H5 (C2H5)2SO (C2H5)2SO2 4000C va undan yuqorida sulfidlar parchalanib, H2S va to`yinmagan uglevodorodlar hosil qiladi.
CH3–CH2–S–CH2–CH2–CH3 CH2=CH2+H2S+CH2=CH–CH3 Etilpropilsulfid Etilen Propilen Ayrim neftlarda ko`p bo`lmagan miqdorda disulfidlar R - S - S - R ham mavjud bo`lib, ular qizdirilganda S, H2S va merkaptanlar hosil qiladi. Tiofanlar Tiofanlar yoki siklik sulfidlar (polimetilen sulfidlar) neft tarkibida topilgan bo`lib, to`yingan 5 - 6 a'zoli oltinggurt atomi bilan hosil qilingan geteroatomli sikllardir. Tiofan 1210C da qaynaydigan noxush hidli suyuqlik. Pentametilensulfid 141,80C da qaynaydi. Siklik sulfidlar metallar bilan reaksiyaga kirishmaydilar, ochiq halqali sulfidlarga nisbatan ancha termik barqarordirlar. Turli neftlardan 20 ga yaqin monosiklik sulfidlar ajratib olingan. T iofan – halqani C-S bog`i bo`yicha parchalanishi orqali oksidlanadi: Download 260.5 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling