Oltingugurt saqlovchi organik birikmalar Reja
Download 260.5 Kb.
|
Oltingugurt saqlovchi organik birikmalar
Tiofenlar
1 883 yilda toshko`mir smolasida tiofen topilgan. Tiofen va uning hosilalari neftning yuqori qaynovchi fraksiyalarida (kerosin, dizel yoqilg`isi, moylarda) 50-80% gacha miqdorda mavjuddir. Keyinchalik ular neftni yuqori haroratli qayta ishlash mahsulotlarida ham mavjudligi ko`rsatilgan. Tiofenlarning termik o`ta barqarorligi bilan oltingugurtli neftlarning pirolizi mahsulotlarida mavjudligi tushuntiriladi. Tiofen va uning gomologlari aromatik hidli suyuqliklardir. Ular o`z fizik-kimyoviy xossalari bo'yicha benzol uglevodorodlariga yaqindir. Tiofen H2SO4 da yaxshi eriydi va ushbu xossadan toshko`mir benzolini tiofendan tozalashda foydalaniladi. Neft fraksiyalarini konsentrlangan H2SO4 bilan ishlov berilganda benzol halqasi kabi tiofen halqasi ham sulfurlanadi. Simob II xlorid (HgCl2) bilan ishlov berilganda esa tiofenning simobli birikmasi hosil bo`ladi. Tiofen halqasi saqlovchi birikmalar konsentrlangan HNO3 bilan o`zaro ta'sirlashganda tiofen halqasi nitrolanmay oksidlanib, H2O, CO2 va H2SO4 hosil qiladi. Kerosin fraksiyasi gidrotozalanganda sulfidlarni uglevodorodlarga to`la gidrogenolizi kuzatiladi va tiofen birikmalarning qisman quyidagi reaksiyalari ham ketadi: Tiofenlar oksidlovchilar ta'siriga o`ta barqarordir. Alkil tiofenlarni kimyoviy xomashyo sifatida ishlatilganda ular katalitik dealkillanishi, izomerlanishi va degidrirlanishi quyidagi sxema bo`yicha ketishi mumkin: Alifatik sulfidlardan farqli o`laroq termokatalitik jarayonlarda monosiklik sulfidlardan faqat vodorodsulfid hosil bo`ladi, merkaptanlar esa amalda kuzatilmaydi. Katalitik kreking sharoitlarida diaril sulfidlar aren va mos holdagi tiollarga aylanadilar: Kuchli oksidlovchilar (nitrat kislota, KMnO4, konsentrlangan vodorod peroksid) sulfidlarni avval sulfoksidlargacha, so`ng sulfonlargacha oksidlaydi: Disulfidlar Neft tarkibida ko`p bo`lmagan miqdorda uchraydilar. Ularning reaksion qobiliyati sulfidlarga nisbatan yuqoriroq bo`lib, kimyoviy xossalari bo`yicha ularga o`xshashdir. Ular qizdirilganda oson parchalanib merkaptanlar, H2S va uglevodorodlar hosil qiladi. Download 260.5 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling