11-mavzu. Betonlar Ma’ruza rejasi
Download 0.85 Mb.
|
11-ma\'ruza
- Bu sahifa navigatsiya:
- Umumiy malumotlar
11-mavzu. Betonlar Ma’ruza rejasi: Umumiy ma'lumotlar Beton tayyorlash uchun materiallar Beton qorishmasining xossalari Umumiy ma'lumotlar Beton ratsional tarkibda tanlangan mineral bog‘lovchi, suv, to‘ldirgichlar, maxsus qo‘shimchalardan iborat qorishmani aralashtirib, zichlashtirib olingan sun'iy kompozitsion tosh materialidir. Mineral bog‘lovchi, suv, xususiy hollarda qo‘shiladigan polimer modifikatorlar, aktiv yoki inert mineral dispers materiallar aralashmasini mikrokompozitlar, mikrokompozitlarga mayda va yirik to‘ldirgichlar aralashtirish natijasida hosil bo‘lgan majmua makrokompozitlar deyiladi. Betonning fizikmexanik, deformativ sovuqqa chidamlilik va boshqa xossalari mikro va makrokompozit strukturasiga bevosita bog‘liq. Beton qorishmasi tayyorlangan dastlabki paytda qayta ishlashqoliplash, zichlashtirish kabi jarayonlar oson bo‘ladi. Beton vaqt o‘tishi bilan qotishi natijasida o‘ta qattiq tosh materialga aylanadi va uni qayta ishlash qiyin-lashadi. Ratsional tarkibda tanlangan beton qorishmasida mikrokompozit 15-20% hajmni, mayda va yirik to‘ldirgichlar esa 80-85% hajmni egallaydi. Yirik to‘ldiruvchi hosil qilgan majmuani karkas, mikrokompozitni esa mat-ritsa deb qarash mumkin. Mineral bog‘lovclilar va to‘ldirgichlarning turini o‘zgartirib, mustahkamligi, deformativligi, turli sharoitlarga moslashgan, o‘taog‘ir, yengil, o‘tayengil, olovbardosh, radiatsiyani o‘tkazmaydigan va boshqa beton xillarini yaratish mumkin. Beton tarkibiga sement massasiga nisbatan 0,01-1,2% polimer qo‘shim-chalar hamda 15-40% yuzasi aktivlashtirilgan dispers materiallar, masalan, kvarsli minerallar kiritib xossalarini yaxshilash va sementni tejash mumkin. Beton bog‘lovchining turiga nisbatan tasnifi: sementli, silikatli, gipsli, aralash bog‘lovchili va shu kabi. To‘ldiruvchining turiga nisbatan: zich, g‘ovak, maxsus to‘ldirgichli. Maxsus to‘ldirgichlarga olovga bardoshli, kimyoviy chidamli, radiatsiya nurlarini qaytaruvchi va shu kabilar kiradi. Oddiy og‘ir beton uchun to‘ldirgichlar sifatida mahalliy tabiiy toshlar -shag‘al, chaqiqtosh, qumlar, shlaklar ishlatiladi. O‘rtacha zichligiga nisbatan beton tasnifi: o‘ta og‘ir beton o‘rtacha zichligi 2500 kg/ m3ortiq. O‘ta og‘ir betonlar magnetit, barit, cho‘yan qirindisi va boshqa og‘ir to‘ldirgichlar asosida tayyorlanadi. Bunday betonlar maxsus himoyalovchi konstruksiyalar va qismlar tayyorlashda ishlatiladi. Og‘ir beton - o‘rtacha zichligi 2200-2500 kg/ m3 bo‘lib, og‘ir tog‘ jinslari asosidagi qum, shag‘al, chaqiqtosh ishlatiladi. Og‘ir beton binova inshootlar uchun konstruksiyalar tayyorlashda ishlatiladi. Yengillashtirilgan beton uning o‘rtacha zichligi 1800-2200 kg/ m3bo‘lib, temirbeton konstruksiyalar tayyorlashda ishlatiladi. Yengil betonning o‘nacha zichligi 500-1800 kg/m3 bo‘lib, turli usullarda olinadi: a) g‘ovak tabiiy va sun'iy to‘ldiruvchilar (keramzit, agloporit, pcmza va shu kabi); b) yacheykali betonlar (gazbeton, ko‘pikbeton); d) qumsiz tayyorlanadigan zich va g‘ovak to‘ldiruvchili betonlar. O‘ta yengil betonning o‘rtacha zichligi 500 kg/m3 dan kam bo‘lib, g‘ovak to‘ldiruvchilar asosida yoki yacheyk li hosil qilish usulida olinadi. Bunday betonlar issiqlik izolyatsiyasi materiali sifatida ishlatiladi. Umuman betonlarning o‘rtacha zichligi 400 dan 4500 kg/ m3 gachabo‘lib, ularning g‘ovakligi, mustahkamligi ham mos ravishda o‘zgaradi. Ishlatilish sohasiga ko‘ra betonlar konstruksion (ustunlar, to‘sinlar, plitalar va shu kabi), gidrotexnik (to‘g‘onlar, kanallar va shu kabi), devorbop va yengil yopmalar uchun mo‘ljallangan beton, yo‘lbop va aerodrom qoplamalari uchun beton, kimyoviy va biologik muhitlarga chidamli, olovga bardoshli va shu kabilar. Beton bino va inshootlar qurilishida asosiv konstruksion material bo‘lib, monolit yoki yig‘ma temirbeton holda ishlatiladi. Ishlab chiqarish texnologi-yasining murakkab emasligi betonni bevosita kichik sexlarda, qurilish may-donlarida tayyorlash, mexanizatsiyalashtirish va avtomatlashtirish mumkin-ligi, u asosidagi buyum va konstruksiyalar ishlab chiqarishni yuqori texno-logiyalar darajasiga ko‘tarish imkoniyatini yaratadi. Download 0.85 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling