11-mavzu. Betonlar Ma’ruza rejasi
Download 0.85 Mb.
|
11-ma\'ruza
- Bu sahifa navigatsiya:
- Beton qorishmasining qulay joylanuvchanligi
Bog‘lanuvchanlik beton qorishmasining tashq ifizik-mexanik omillar ta'sirida qatlamlanmaslik xususiyatidir.
Beton qorishmasining qatlamlanishi beton strukturasining buzilishiga va xossalarining yomonlashishiga sabab bo‘ladi. Uni oshirish uchun tarkibini to‘g‘ri tanlash zarur. Beton tarkibida sement miqdorining ko‘p bo‘lishi, suv miqdorining kamayishi qorishmaning qatlamlanishini keskin pasaytiradi. Beton qorishmasining qulay joylanuvchanligi uning tarkibidagi suvning miqdoriga bevosita bog‘liq bo‘ladi. Beton qorishmasiga qo‘shilgan suv sement gidratatsiyasi va to‘ldirgichlar yuzasini ho‘llash uchun sarf bo‘ladi. Beton qorishmasini qorish, jarayonlarni hisobga olib, suv miqdori ko‘paytiriladi. Mayda va yirik to‘ldirgichlar miqdori muayyan mutanosiblikda belgilanmasa, beton qorishmasining suvga bo‘lgan talabi oshib ketadi. Beton-ning asosiy xossalari o‘zgarmas bo‘lishi uchun suv sement nisbati ham o‘zgarmas bo‘lishi kerak. Odatda, 1 m3 beton qorishmasi tayyorlash uchun, sement sarfi 200-400 kg/m3 bo‘lganda sarflanayotgan suvning miqdori betonning markasiga mos ravishda o‘zgarmas bo‘ladi. Shuning uchun beton tarkibi hisoblanayotganda suvning miqdorini sementning miqdoriga nisbatan avvaldan tayyorlangan jadval yoki grafiklar yordamida to‘ldiruvchilarning turi va fraksiyasini hisobga olgan holda tanlanadi (2-rasm). 2-rasm. Portlandsement, o‘rtacha yiriklikdagi qum va shag‘al asosidagi og‘ir beton uchun suv sarfi: a - harakatchan qorishmalar; b - bikr qorishmalar; shag‘al fraksiyalarining eng yirigi: 1-70 mm; 2-40 mm; 3-20 mm; 4-10 mm. Zich va mustahkam beton tayyorlashda sement xamirining miqdori katta ahamiyatga ega. Sement xamirining optimal miqdori mayda va yirik lo‘ldirgichlarning miqdoriga va fraksiyalariga bogliq. Beton qorishmasi tarkibida qumning ko‘payishi sement xamirining sarfini oshiradi. Shuning uchun mayda va yirik to‘ldirgichlar nisbatini shunday tanlash zarurki, bunda donalar orasidagi bo‘shliq minimal bo‘lsin. Sement xamiri miqdorini asossiz kamaytirish betonning zichligi va mustahkamligini pasaytiradi. Sement, suv, mayda to‘ldirgichlardan iborat qorishma yirik to‘ldirgichlarning oraliq bo‘shlig‘ini to‘ldiradi. Bu jarayon ideal bo‘lmay, yirik to‘ldir-gich donalarining bir-biridan qochishiga olib keladi. Odatda, donalarning bir-biridan qochishi a-koeffitsiyenti bilan belgilangan bo‘lib, doimo 1 dan katta bo‘ladi. Bikr beton qorishmalarida yirik to‘ldirgich donalari harakat-chan qorishmalarga nisbatan kamroq bir-biridan qochadi va α-koeffitsiyenti mutanosib ravishda bikr betonlarda minimumga intiladi (3-rasm).
3-rasm. Beton qorishmasi strukturasi: a - bikr; b - harakatchan. Yirik to‘ldirgich donalarining a-koeffitsiyenti bikr qorishmalarda 1,05-1,15 va harakatchan qorishmalarda 1,2-1,5. Download 0.85 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling