11-mavzu. Betonlar Ma’ruza rejasi


Beton qorishmasining xossalari


Download 0.85 Mb.
bet4/5
Sana21.02.2023
Hajmi0.85 Mb.
#1217799
1   2   3   4   5
Bog'liq
11-ma\'ruza

Beton qorishmasining xossalari
Beton qorishmasining texnik xossalari. Beton qorishmasining qulay joylanuvchanligi (qoliplanuvchanligi) muhim ahamiyatga ega. Bunda beton qorishmasi tanlangan zichlashtirish usulida, yaxlitligini saqlagan holda, qolipga yaxshi (to‘liq) joylashishi nazarda tutiladi va harakatchanligi, bikrligi (J) va bog‘lanuvchanligi orqali izohlanadi. Beton qorishmasining harakatchanligi qorishmaning strukturaviy mustahkamligiga, bikrlik qorishmaning dinamik oquvchanligiga va bog‘lanuvchanlik qorishmaning suv ushlashlik xususiyatiga bog‘liq bo‘ladi.
Harakatchanlik. Beton qorishmasining harakatchanligi uning xususiy massasi ta'sirida harakatlanishini bildiradi va konus cho‘kishi (OK) bilan sm da ifodalanadi (1-a rasm). Beton qorishmasining konus cho‘kishi ikki marta o‘tkazilgan tajribalar natijalarining o‘rtacha arifmetik miqdori bilan olchanadi. Beton qorishmasining konus cho‘kishi nolga teng bo‘lsa, uning qulay joylanuvchanligi bikrlik bilan ifodalanadi.





1-rasm, Beton qorishmasining qulay joylanuvchanligini aniqiash: a - beton qorishmasining harakatchanligini aniqiash asbobi (konus). 1 - bikr qorishma;
2 - harakatchan qorishma; 3 - konus cho‘kishi. b - beton qorishmasining bikrligini aniqlash asbobi. 4 - sinash sxemasi.
Bikrlik qolipga quyilgan beton qorishmasi konusining zichlashib, tekis holatga kelguncha sarf bo‘lgan vaqt (soniya) bilan ifodalanadi (1-b rasm). Beton qorishmasining bikrligi quyidagicha aniqlanadi: balandligi 200 va ichki diametri 240-mm bo‘lgan silindr shaklidagihalqa laboratoriya vibratsiya stoliga mahkam o‘rnatiladi; halqaga standart konus o‘rnatiladi, yuqorida ko‘rsatilgan usulda beton qorishmasi bilan to‘kliriladi va qolip olinadi; asbob diski shtativ yordamida beton qorishmasi vuzasiga tekkuncha pastga tushiriladi; bir vaqtning o‘zida vibrostol va sekundomer ishga tushiriladi va beton qorishmasi zichlashib tekislanadi; beton qorishmasining zichlashishi natijasida ajralib chiqqan sement xamiri diskning diametrdagi teshiklaridan suzib chiqishi bilan vibratsiya to‘xtatiladi. Bikrlik ko‘rsatkichi ikki marta o‘tkazilgan tajribalar natijalarining o‘rtachaarifmetik miqdori bilan belgilanadi.

Download 0.85 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling