Mavzu: Bankdagi hisob-kitob valyuta schyotini ochish va ular boyicha operatsiyalar hisobini yuritish


Download 0.52 Mb.
bet7/8
Sana19.06.2023
Hajmi0.52 Mb.
#1614408
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
Bankdagi hisob-kitob valyuta schyotini ochish va ular boyicha operatsiyalar hisobini yuritish.t

Barcha hujjatlar topshirilgandan so‘ng bank xizmatini ko‘rsatish bo‘yicha shartnoma imzolanadi va bank boshqaruvchisining buyrug‘i bilan korxonaga tegishli hisob–kitob schyoti raqami belgilanadi va bankning buxgalteriya apparati tomonidan pul mablag‘lari harakatini hisobga olish uchun shaxsiy schyot ochiladi. Boshqa shahar yoki aholi punktlarida joylashgan xo‘jalik hisobida bo‘lmagan filiallar, magazinlar, ishlab chiqarish birligi va boshqa bo‘linmalarga mahalliy bank muassasasida cheklangan operatsiyalarni aks ettirish uchun joriy schyot ochiladi. Bu cheklanish asosiy hisob–kitob schyotini idora qiluvchi bosh korxona tomonidan belgilanadi. Ochilgan hisob–kitob schyotida bo‘sh pul mablag‘lari va mahsulot (ish va xizmat) lar sotishdan tushgan pul, bankdan olingan uzoq va qisqa muddatli kreditlar hamda boshqa tushumlar saqlanadi. Hisob–kitob schyotidan korxonaning olingan materiallar, asosiy vositalar uchun mol yuboruvchiga to‘lanmalari, budjetdan, ijtimoiy sug‘urtadan bo‘lgan qarzni to‘lash, ish haqi berish uchun kassaga olingan pul va boshqa zaruriyatlar uchun to‘langan pul mablag‘lari aks ettiriladi. Odatda bank tomonidan har qanday pul o‘tkazib berish yoki naqd pul berish korxona yoki hisob–kitob schyotini tasarruf etuvchining buyrug‘i yoki u bilan kelishilgan holda amalga oshiriladi. Lekin bank quyidagi hollarda korxona roziligini olmay boshqa tashkilotlarning hujjatlari bo‘yicha uning hisob–kitob schyotidan pulni majburiy o‘tkazib beradi: moliya va soliq organlarining buyrug‘i bo‘yicha to‘lanmagan soliq va yig‘imlar, shuningdek ular bo‘yicha jarima va boqimandalar summasini;

qondirilgan da’volar summasini – ijro varaqalari, xo‘jalik sudining bo‘yrug‘i bo‘yicha; kreditdan foydalanganligi uchun foiz summasini, muddatida to‘lanmagan kredit summasini; bank tomonidan ko‘rsatilgan xizmatlar summasiniYUridik shaxsning talab qilib olguncha depozit schyotida etarli darajada pul mablag‘lari bo‘lsa, pul o‘tkazib berish uning buyrug‘i yoki boshqa to‘lov hujjatlari bilan amalga oshiriladi. Yuridik shaxsning talab qilib olguncha depozit schyotida pul mablag‘lari etarli bo‘lmasa, amaldagi yo‘riqnomaga binoan birinchi navbatda budjetga, pensiya fondiga va ish haqiga to‘lashni nazarda tutuvchi hujjatlar bo‘yicha mutanosib to‘lanadi. 8 YUridik shaxsning bankdagi schyotiga bo‘lgan boshqa barcha to‘lanmalar yuqorida ko‘rsatilgan talablar qondirilgandan so‘ng to‘lanadi. Hisob–kitob schyotida sodir bo‘ladigan pul mablag‘lar harakati (pulni qabul qilish va berish yoki naqd pulsiz kirim va chiqim) bank tomonidan chiqarilgan mahsus hujjatlar shakllariga asosan rasmiylashtiriladi. Ularning kengroq tarqalganlari quyidagilar: naqd pul topshirish e’loni, pul cheki, hisoblashish cheki, to‘lov topshirig‘i, to‘lov talabnomasi. Pul to‘lash to‘g‘risidagi ushbu e’lon hisob-kitob schyotiga naqd pul o‘tkazishda yoziladi. Pulni qabul qilib olganligi to‘g‘risida bank pul to‘lovchiga isbotlovchi hujjat sifatida kvitansiya beradi.


Download 0.52 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling