Xulosa
Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati
KIRISH
Kurs ishi mavzusining dolzarbligi. Har bir davlat o‘z hududidagi banklar barqarorligiga alohida e‘tibor qaratadi. O‘zbekiston Respublikasi bank tizimining zamonaviy rivojlanish bosqichida bank kapitalini boshqarishning samaradorligi masalasi o‘zgacha ma‘no kasb etadi. Moliyaviy institut sifatida bank faoliyati likvidlilik holatini saqlab, risklarni kamaytirib qo‘yilma egalari va aksionerlarning huquqlarini saqlagan holda yuqori daromad olishga bog‘liq. Tijorat banklarining faoliyati foyda olishga yo‘naltirilgan bo‘lganligi sababli, bank foydasining iqtisodiy mohiyati yangicha ijtimoiy-iqtisodiy tus olib bormoqda.
Buning natijasida tijorat banklarining jami kapitali 25 foizga oshdi. Bank tizimining mustahkamlanishi 2014 yilda Markaziy bankning qayta moliyalash stavkasini 12 foizdan 10 foizga, tijorat banklarining kreditlar bo‘yicha foiz stavkasini ham shunga mos ravishda kamaytirish uchun zarur imkoniyatlar tug‘dirdi. Banklar tomonidan faqat ishlab chiqarishni modernizatsiya qilish va texnologik yangilash dasturlarini moliyalashtirishga yo‘naltirilgan kreditlar hajmi 2013 yilga nisbatan 1,2 barobar, aylanma mablag‘larni to‘ldirish uchun ajratilgan kreditlar esa 1,3 martadan ziyod oshdi.’‘1 deb ta‘kidlaydi.
Bank tizimidagi islohotlarning muhim yo’nalishlaridan biri bo’lib bank
xizmatlari sifati va madaniyatini yuksaltirgan holda tijorat banklari va mijozlar o’rtasidagi munosabatlarni ,,Mijoz bank uchun emas, bank mijoz uchun’‘
tamoyili asosida tashkil etishda marketing tizimini ahamiyati beqiyos kattadir.
Ushbu omil mamlakatimiz tijorat banklarida marketing faoliyatini rivojlantirish,
undagi muammolarni aniqlash va ularni hal qilishning ilmiy asoslangan
yo’llarini ishlab chiqish mazkur Kurs ishi mavzusining
dolzarbligidan dalolat beradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |