Mavzu: Banklar, ularning turlari va kredit tizimidagi roli


Pul-kredit siyosatining asosiy yo'nalishlari


Download 72.88 Kb.
bet5/6
Sana21.04.2023
Hajmi72.88 Kb.
#1374532
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
Banklar, ularning turlari va kredit tizimidagi roli

4. Pul-kredit siyosatining asosiy yo'nalishlari
Markaziy bank 2020 va 2021−2022 yillar uchun pul-kredit siyosatining asosiy yo‘nalishlarini e’lon qildi. 2020 yilda YAIM o‘sish sur’atlari 5,2−5,5 foiz, 2021−2022 yillarda esa 5,5−5,8 foizgachani tashkil etishi prognoz qilinmoqda.
Iqtisodiy rivojlanishning asosiy ssenariysiga ko‘ra 2020 yilda yalpi ichki mahsulot (YAIM) hajmining real o‘sishi 5,2−5,5 foizni tashkil etishi, 2021−2022 yillarda 5,5−5,8 foizgacha tezlashishi prognoz qilinmoqda. O‘zbekiston Markaziy banki e’lon qilgan Inflyatsion targetlashga o‘tish orqali pul-kredit siyosatini amalga oshirishning 2020 yil va 2021−2022 yillar davriga mo‘ljallangan asosiy yo‘nalishlari to‘g‘risidagi bayonotda bu haqda so‘z boradi.
Avvalroq e’lon qilingan «Fuqarolar uchun byudjet» loyihasida 2020 yilda sof YAIM o‘sish sur’atlari 5,5 foiz, 2021−2022 yillarda esa 5,8−6,2 foiz darajasida prognoz qilingan edi.
Markaziy bank 2020 yilda inflyatsion targetlashga o‘tishi haqida ham xabar berilgan edi. Inflyatsiya darajasini 2021 yilda 10 foizgacha pasaytirish hamda 2023 yilda 5 foiz darajadagi doimiy inflyatsion maqsadni (target) o‘rnatish rejalashtirilmoqda.
Tijorat banklari tomonidan iqtisodiyotga ajratiladigan kreditlar qoldig‘ining o‘sish sur’atlari YAIM nominal hajmini o‘sish sur’atlariga mutanosib ravishda, jumladan, 2020 yilda 20−25 foiz atrofida (valyuta kursi o‘zgarishlarini hisobga olmaganda) bo‘lishi kutilmoqda.
Soliq-byudjet sohasida umumiy fiskal balans taqchilligining ma’lum miqdorda qisqarishi hamda davlat tashqi qarzining belgilangan parametrlar doirasida shakllanishi kutilmoqda. Umumiy fiskal balansning 2020 yilda YAIMga nisbatan 2,7 foizdaн oshmasligi, 2022 yilga qadar bosqichma-bosqich 1,5 foizгача pasayib borishi va kelgusi yillarda ushbu darajada saqlanib qolishi prognoz qilinmoqda.9
Qat’iy pul-kredit siyosati yuritilishi va fiskal balans taqchilligining qisqarib borishi sharoitida xususiy va xorijiy investitsiyalar hajmining oshishi iqtisodiy o‘sishning prognoz ko‘rsatkichlariga erishilishiga xizmat qiladi. Shundan kelib chiqib, dastlabki hisob-kitoblarga ko‘ra kelgusi yillarda to‘lov balansining joriy operatsiyalar hisobvarag‘i manfiy saldosi YAIMga nisbatan 2020 yildagi 7 foizdaн 2022 yilda 5,9 foizгача pasayib boradi. Ushbu taqchillikning asosan tashqi moliyaviy manbalar, xususan, investitsion resurslar hisobidan qoplanib borishi natijasida valyuta almashuv kursiga sezilarli devalvatsion bosimni yuzaga keltirmasligi kutilmoqda.

Xulosa
Hozirda iqtisodiyotning muhim sohalarida alohida xizmat ko'rsalayotgan banklar mazkur tarmoqlarni yanada rivojlantirish va undagi mavjud mablag'larni, bor imkoniyatlarni samarali ishga soiish imkonini yaratib beradi va iqtisodiy isiohotlarning jadallik bilan amalga oshishiga xizmat qiladi.
Bank tizimini yanada erkinlashtirish va isloh qilishni chuqurlashtirishga qaratilgan O'zbekiston Respublikasi Prezidenti farmonlari va hukumat qarorlari asosida bank tizimini tubdan mustahkamlashga, ularning kredit berish imkoniyatlarini va ustav kapitalini bo'sh mablag'lar jalb qilish hisobidan kengaytirishga, shuningdek, banklaming investitsiya jarayonining asosiy bo'g'ini bo'lgan korxonalar, xususan xususiy tadbirkorlar, kichik va o'rta biznes korxonalarining chinakam hamkoriga aylanishiga, xorijiy banklar bilan hamkorlikning yanada kengaytirifishiga alohida e'tibor qaratildi.
Hоzir ko’pgina davlatlarda pul muоmalasini tartibga sоlishda оchiq bоzоrda оpеratsiyalar o’tkazish usulidan fоydalanilmоqda.
Bu xоzirgi ko’p qo’llaniladigan mоnеtar siyosatning bir usuli hisоblanadi. Bu usul tijоrat banklarining likvidlik darajasiga tеzda ta’sir o’tkaza оladigan egiluvchan (mоslashuvchan), amaliy va оpеrativ usul hisоblanadi. Bu usulni bоshqalaridan farqi shundaki, uni zaruriyatga qarab va hоhlagan miqdоrda o’tkazish mumkin. Bu mеxanizm bоzоrni rivоjlanish tеndеntsiyasiga qarab pul muоmalasini barqarоrlashtira оlishi mumkin.
Xulоsa qilib aytish mumkinki, krеditning оbyеktiv zarurligi takrоr ishlab chiqarish jarayonida fоndlarning dоiraviy aylanishi qоnuniyatlariga asоslangandir.
Xulosa oʼrnida shuni aytishimiz mumkinki, mamlakatimizda resurs bazasi mustahkam boʼlgan, ishonchli va kafolatli boʼlgan tijorat banklari tizimi yaratilgan boʼlib, ular faoliyatining yanada rivojlanishi koʼrsatilayotgan xizmatlar sifati va qulayligiga har tomonlama bogʼliq boʼladi.



Download 72.88 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling