Mavzu: Banklararo vakillik munosabatlari: mazmuni, zarurligi va o`rnatish tartibi
Download 0.76 Mb.
|
Mustaqil ish Pul va banklar
- Bu sahifa navigatsiya:
- 3-bosqich
1996 yilYangi tashkil etilgan hisob-kitob markazlari tijorat banklarining vakillik hisobvaraqlarini kliring markazlaridan o‘zlariga o‘tkaza boshladilar. Iyul oyiga kelib kliring markazlari butunday qisqartirildi. Shu bilan bir qatorda Markaziy bank Bosh axborotlashtirish markazi mutaxassislari va bank xodimlari to‘lovlarning o‘tishi muddatini yanada qisqartirishni ta’minlash borasida tinmay izlanish olib bordilar. Buning natijasi o‘laroq, yil oxiriga kelib to‘lovlar o‘tishi muddati respublika miqyosida 2 soat, viloyat miqyosida 1 soatni tashkil etdi. 1997 yilRespublika bank tizimida yangi hisob tizimi rejasiga o‘tilishi tijorat banklari va Markaziy bank to‘lov tizimi tub burilish yasadi. Elektron to‘lov tizimining mavjud amaliy dasturi rivojlantirilib, tizimning katta o‘tkazish qobiliyati va hujjatlarning yuqori tezlikda qayta ishlanishi (hududlararo hisob-kitoblar - 15 daqiqada, bitta hudud ichidagi hisob-kitoblar esa – 3-5 daqiqada) pul mablag‘lari aylanishini jiddiy oshirdi. Bu esa respublika xo‘jalik yurituvchi sub’ektlarining faoliyatiga ijobiy ta’sir etdi, banklarga vaqtincha bo‘sh turgan mablag‘lardan samarali foydalanish va kredit xavf-xatari darajasini hamda likvidlilik xavf-xatarini tezkorlikda boshqarish imkonini berdi. 3-bosqich1998 yilMarkaziy bank bilan Jahon banki o‘rtasida 1998 yil dekabr oyida “Respublika moliya sohasini rivojlantirish” uchun zayom ajratish to‘g‘risida shartnoma imzolandi. Bu loyiha besh komponentga bo‘linib, shulardan to‘rtinchi komponent o‘z ichiga quyidagi masalalarni oladi: to‘lov tizimini takomillashtirish; boshqarish uchun axborot tizimini yaratish; bank telekommunikatsiya tizimini rivojlantirish; axborot tizimi muhofazasini yaratish. Yuqorida keltirilgan masalalar bo‘yicha tadbirlarni nihoyasiga etkazish 2003 yilning ikkinchi yarmiga mo‘ljallangan bo‘lib, har bir masala bo‘yicha rivojlanish yo‘llari tijorat banklari bilan birgalikda aniqlandi va chet el ekspertlarining xulosalari olindi. Download 0.76 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling