Mavzu: Banklararo vakillik munosabatlari: mazmuni, zarurligi va o`rnatish tartibi


Download 0.76 Mb.
bet1/9
Sana11.02.2023
Hajmi0.76 Mb.
#1189556
  1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
Mustaqil ish Pul va banklar


Mavzu: Banklararo vakillik munosabatlari: mazmuni, zarurligi va o`rnatish tartibi.

Bajardi: U. J. Tursunov


tekshirdi: S. S. Xaitov

Mavzu: Banklararo vakillik munosabatlari: mazmuni, zarurligi va o`rnatish tartibi.

Reja:

Sobiq ittifoq davlatlari orasida eng samarali va jahon talablari darajasida deb hisoblangan respublika to‘lov tizimining rivojlanishi to‘rt bosqichga bo‘linadi:

1-bosqich

1991 yil


Viloyatlar ichida hisob-kitoblar pochta va tashuvchilar orqali yagona hisoblash markazida amalga oshiriladi. Bu jarayon bir haftani tashkil etar edi. Viloyatlararo hisob-kitoblar ham pochta orqali avizo hujjatlari asosida amalga oshirilgan. Bunda mablag‘lar bir mijozning hisobvarag‘idan ikkinchi mijozning hisobvarag‘iga bir oydan ikki oygacha bo‘lgan muddat mobaynida kelib tushar edi.

1992 yil


Markaziy bank Bosh axborotlashtirish markazida banklararo hisob-kitoblarda elektron pochta usuli yaratish ustida ishlandi. Shuningdek bank amaliy ish kunini kompyuterlar vositasida bajarish amaliy dasturini yaratish va ularni banklarda tadbiq etish bo‘yicha ish olib borildi.

1993 yil


Shu yili qabul qilingan O‘zbekiston Respublikasining "Axborotlashtirish to‘g‘risida”gi Qonunini bajarish yuzasidan Markaziy bankda va uning hududiy Bosh boshqarmalarida axborotlashtirish boshqarmasi va bo‘limlari tashkil etildi. Banklararo maxsus ajratilgan aloqa kanallari vazifasida elektron to‘lov tizimini ishga tushirish borasida ish olib borildi. Respublika bank tizimini axborotlashtirish konsepsiyasi ishlab chiqildi.
Sobiq Ittifoq respublikalari bilan o‘zaro hisob-kitoblarni tartibga solish va ularga xizmat ko‘rsatish amaliy dasturi yaratildi. Markaziy bankning hududiy boshqarmalari to‘liq kompyuterlashtirildi. Ya’ni bir paytda respublika elektron to‘lov tizimini zamini yaratila boshlandi. Shu yilning dekabr oyidan boshlab juda qisqa muddat uch oy mobaynida Sobiq Ittifoq respublikalari bilan 1991, 1992 hamda 1993 yillardagi yig‘ilib qolgan o‘zaro hisob-kitoblar, qarzlar hisoblab chiqildi va 1994 yilning mart oyiga kelib bu borada aniq ma’lumotlarga ega bo‘lindi.

Download 0.76 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling