Mavzu: Banklarda kredit operatsiyalari va ularning hisobini takomillashtirish Reja: Kirish
Banklarda kredit, factoring va lizing operatsiyalari
Download 363.42 Kb.
|
Banklarda kredit operatsiyalari va ularning hisobini takomillashtirish
2. Banklarda kredit, factoring va lizing operatsiyalari
Bozor munosabatlarining chuqurlashuvi va iqtisodiyotning modernizatsiyalashuvi, shuningdek bank va uning mijozlarini iqtisodiy manfaatdorligi banklarning xizmat turlari va operatsiyalari sonining doimiy ravishda ortib borishiga turtki bo’lmoqda. Banklarning noa’nanaviy operatsiyalari shunday operatsiyalardan hisoblanib, ularning tarkibiga: lizing; faktoring Banklarda lizing operatsiyalari va hisobi Markaziy bankning tegshli me’yoriy hujjatlari asosida amalga oshiriladi. (“Tijorat banklarida lizing operatsiyalarini amalga oshirish va ularning buxgalteriya hisobini yuritish tartibi to’g’risi”) da 620sonli Nizomi, O’zbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining 2006 yil 21 oktyabrdagi 25/6-sonli qarori bilan tasdiqlangan, O’zbekiston Respublikasi Adliya vazirligida 2006 yil 27 dekabrda 1648-raqam bilan ro’yxatdan o’tkazilgan). Banklarda lizing operatsiyalari lizing beruvchi, lizingni oluvchi va vositalarni sotuvchilar o’rtasida tuzilgan shartnoma asosida amalga oshiriladi. Lizing oluvchi lizing shartnomasini tuzish uchun uning asosiy depozit hisobvarag’iga xizmat ko’rsatayotgan bankkaquyidagi hujjatlarni taqdim etishi lozim: lizing buyurtmasi; lizing ob’ektining texnik-iqtisodiy ko’rsatkichlari va uning sotuvchisi to’g’risidagi ma’lumotnoma; lizingning butun davrini ichiga olgan pul oqimi tahlili ko’rsatilgan biznesreja; oxirgi hisobot sanasiga tuman (shahar) davlat soliq inspektsiya tomonidan qabul qilingan buxgalterlik balansi (1-shakl), moliyaviy natijalari haqida hisobot (2-shakl), muddati o’tgan debitorlik va kreditorlik qarzdorlik haqidagi ma’lumotnoma (2a-shakl), 90 kundan ortiq muddatdagi qarzdorlikni solishtirish dalolatnomalari. Lizing foiz stavkalari miqdori lizing oluvchi va lizing beruvchi bank o’rtasidagi o’zaro kelishuvga ko’ra lizing shartnomasida belgilanadi. O’zbekiston Respublikasining “Lizing to’g’risida”gi qonuniga muvofiq, lizing shartnomasi quyidagi shartlardan biriga javob berishi kerak: lizing shartnomasining muddati tugagach, lizing ob’ekti lizing oluvchining mulki bo’lib o’tsa; lizing shartnomasining muddati lizing ob’ekti xizmat muddatining 80 foizidan ortiq bo’lsa yoki lizing ob’ektining lizing shartnomasi tugaganidan keyingi qoldiq qiymati uning boshlang’ich qiymatining 20 foizidan kam bo’lsa; v) lizing shartnomasining muddati tugagach, lizing oluvchi lizing ob’ektini uning bozor qiymatidan past narxda sotib olish huquqiga ega bo’lsa, bunda ana shu huquqni amalga oshirish kunidagi lizing ob’ekti qiymati asos bo’ladi; g) lizing shartnomasi amal qiladigan davr uchun lizing to’lovlarining umumiy summasi lizing ob’ekti qiymatining 90 foizidan ortiq bo’lsa. Lizing beruvchi bank lizing ob’ekti uchun to’lovlarni sotuvchiga oldindan to’lab berilganda quyidagi buxgalteriya yozuvini amalga oshiradi: Debet 19909–“Tovar-moddiy qimmatliklari uchun to’langan mablag’lar” Kredit –“Bankning vakillik hisobvarag’i” Lizing ob’ekti to’g’ridan-to’g’ri lizing oluvchiga yetkazib berilsa, lizing beruvchi bank foydalanishga qabul qilish dalolatnomasiga asosan memorial order to’ldirib, quyidagi buxgalteriya amalini bajaradi: Debet 15600–“Lizing (moliyaviy ijara) (tegishli mos hisobvaraq)” Kredit 19909–“Tovar moddiy qimmatliklar uchun to’langan mablag’lar” Lizing obyekti avval lizing beruvchi bank balansiga kirim qilinib, so’ngra lizing oluvchiga lizinga berilganda quyidagi buxgalteriya yozuvi beriladi. a). Lizing ob’ekti bank balansiga kirim qilinganda: Debet16500 –“Asosiy vositalar (tegishli mos hisobvarag’i)” Kredit19909 –“Tovar-moddiy qimmatliklari uchun to’langan mablag’lar” b). Lizing ob’ekti lizing oluvchiga berilganda: Download 363.42 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling