Mavzu: Banklarda kredit operatsiyalari va ularning hisobini takomillashtirish Reja: Kirish
Download 363.42 Kb.
|
Banklarda kredit operatsiyalari va ularning hisobini takomillashtirish
- Bu sahifa navigatsiya:
- Xulosa Kirish
Mavzu: Banklarda kredit operatsiyalari va ularning hisobini takomillashtirish Reja: Kirish Banklarda kredit opertsiyalarining asoslari va ularning mohiyati. Banklarda kredit, factoring va lizing operatsiyalari Jahon bozori va O’zbekiston bozorida kredit operatsiyalarining farqi va ularning takomillashtirish yo’llari Xulosa Kirish Bank (lot. Ansa – sarrof peshtaxtasi) – kredit moliya muassasasi, asosan, vaqtincha bo`sh pul mablag`larini to`plash, korxonalarga va umuman pulga muhtojlarga kredit, ssuda berish, naqd pulsiz hisob – kitoblarni amlga oshirish, pul va turli qimmatbaho qog`ozlar chiqarish, oltin va chet el valyutalari bilan bog`liq operatsiyalarni bajarish va boshqa faoliyatlar bilan shug`ullanadi. Bank tizimi – bozor iqtisodiyotining eng muhim va ajralmas bo`laklaridan biri bo`lib, unda amalga oshirilayotgan barcha o`zgarishlar u yoki bu tarzda butun mamlakat iqtisodiyotiga ta’sirini ko`rsatmoqda. Bank tizimining samarali amal qilishi bozor munosabatlarini rivojlanti-rishning zaruriy sharti hisoblanadi. Boshqacha aytganda, mamlakatning iqtisodiy salohiyati, iqtisodiyotning alohida sektorlardagi barqaror rivojlanish, shuningdek uning xalqaro bozordagi mavqeining mustahkamlanishi ham bevosita moliya bank tizimida sodir bo`layotgan ijobiy o`zgarishlar bilan bog`liq. O`zbekiston Respublikasi bank tizimini shakllantirish va rivojlantirish strategiyasi iqtisodiyotni xo`jalik yuritishning bozor sharoitlariga boshqichma – bosqich o`tkazish dasturiga mos keladi. Bank tizmi ikki bosqichli strukturadan iborat (yuqori bosqichi – Markaziy bank, quyi bosqichi – tijorat banklari). Markaziy bank mamlakatning jami kredit tizimini nazorat qiladi, davlat pul – kredit siyosatini amalga oshiradi, naqd pul va qimmatbaho qog`ozlar emissiyasi bilan shug`ullanadi, mamlakatning oltin valyuta zahirasini saqlaydi, davlat va tijorat bankiga kredit beradi. Tijorat banki o`z navbatida universal va ixtisoslashgan banklarga bo`linadi. Ixtisoslashgan bank investitsiya banki, jamg`arma (omonat) banki, maxsus bank, koorparativ bank va boshqalardan iborat. Tijorat banki universal bank bo`lib jismoniy va yuridik shaxslarga xilma – xil bank xizmatlarini ko`rsatadi (depozitlarni jalb qilish, kredit berish, qimmatbaho qog`ozlarni sotish va sotib olish). Bu bank bank va kredit tizimining o`zagini tashkil etadi. Universal bank hamma turdagi asosiy bank harakatlarini amalga oshiradi. Ixtisoslashgan bank biron – bir faoliyatga, sohaga va tarmoqqa xizmat ko`rsatadi. Barchamiz bir tan-u bir jon bo‘lib, yakdil va ahil bo‘lib harakat qilsak, halolpok bo‘lib, yaxshi niyat bilan mehnat qilsak har qanday marralarni egallashga, boshqacha aytganda, tarixi- mizning yangi sahifasini yaratishga qodir xalqmiz.1 Shavkat Mirziyoyev, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Download 363.42 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling