Mavzu: Banklarda kredit operatsiyalari va ularning hisobini takomillashtirish Reja: Kirish
Jahon bozori va O’zbekiston bozorida kredit operatsiyalarining farqi va ularning takomillashtirish yo’llari
Download 363.42 Kb.
|
Banklarda kredit operatsiyalari va ularning hisobini takomillashtirish
3. Jahon bozori va O’zbekiston bozorida kredit operatsiyalarining farqi va ularning takomillashtirish yo’llari
O‘zbekiston Respublikasi tijorat banklarining rivojlangan xorijiy davlatlarning tijorat banklari bilan bir tomonlama tashqi vakillik munosabatlariga ega ekanligi xalqaro operatsiyalar ko‘lamini kengaytirishga salbiy ta’sir qiladi. Masalaning mohiyati shundaki, Respublikamizning yirik tijorat banklari rivojlangan xorijiy davlatlarning tijorat banklarida o‘zlarining «Nostro» vakillik hisob varag‘iga ega. Rivojlangan xorijiy davlatlarning tijorat banklari esa, respublikamizning tijorat banklarida o‘zlarining «Vostro» vakillik hisob varag‘iga ega emaslar. Shuni ham qayd etib o‘tish lozimki, hozirgi kunda vakolatli banklar valyuta amaliyotlarini amalga oshirish doirasini jahon amaliyotiga muvofiq kengaytirishga yordam beradigan O‘zbekiston valyuta bozorini erkinlashtirish bo‘yicha choratadbirlarni amalga oshirishni hisobga olgan holda, manfaatdor organlarga xalqaro valyuta bozori faoliyat yuritish uslublarini diqqat bilan o‘rganish hamda mamlakat iqtisodiyotiga salbiy ta’sirlarga yo‘l qo‘ymaslik maqsadida valyuta risklarini tartibga solish instrumentlarini qo‘llash uchun shart-sharoitlar yaratish lozim. munosabatlarga bo‘linadi. Mijozlarning operatsiyalariga ularga trast xizmati ko‘rsatish operatsiyalari, mijozlarning tijorat operatsiyalari, ularning majburiyatlari bo‘yicha to‘lov topshiriqnomalari, cheklar, hujjatlashtirilgan akkredetivlar va inkasso vositasida to‘lovlarni amalga oshirish operatsiyalari, qimmatli qog‘ozlar bilan bog‘liq opratsiyalar, ularga kafolatlar berish va boshqa operatsiyalar kiradi. Banklarning o‘z operatsiyalariga xorijiy valyutada kreditlar berish va kreditlar olish, depozitlar qabul qilish valyutalarni, qimmatli qog‘ozlarni sotib olish va sotish operatsiyalari kiradi. O‘zbekiston Respublikasi tijorat banklarining birontasi hozirgi kunga qadar xalqaro qimmatli qog‘ozlar bozorining listingiga kirmagan. Bu esa, ularning xorijiy valyutadagi yozalgan qimmatli qog‘ozlar bilan bog‘liq operatsiyalarini rivojlantirishga to‘sqinlik qiladi. Ko‘pchilik holatlarda o‘zaro vakillik munosabatlari ikki tomonlama yoki bir tomonlama hisob varaqlari ochish yo‘li bilan amalga oshiriladi. Ayni vaqtda, hisob varaqlari ochmasdan turib ham o‘zaro vakillik munosabatlarini o‘rnatish mumkin. Bunda xalqaro hisob-kitoblar uchinchi bankda ochilgan hisob varag‘i orqali amalga oshiriladi. Tijorat banklarining xalqaro hisob-kitob munosabatlarini XIM tizimidagi o‘rnini belgilovchi ikkinchi asosiy omil ularning xalqaro elektron to‘lov tizimiga ulanishi hisoblanadi. O‘zbekiston Respublikasi mustaqillikka erishgandan so‘ng, bank sohasida olib borilgan islohatlar natijasida qisqa muddatda milliy elektron to‘lovlar tizimi joriy etildi. Buning natijasida O‘zbekiston Respublikasi tijorat banklarida xo‘jalik subektlari o‘rtasida to‘lovlar o‘tkazish vaqti keskin ravishda qisqardi. Ushbu ma’lumotlar quyidagi diagrammada keltirilgan. Bundan tashqari zaxira shakllantirish mumkin bo‘lgan valyutalar (AQSh dollari, fund sterling, fransuz franki, nemis markasi, yapon yeni va boshqalar) bir tomondan kamaygan bo‘lsada (butun yevpopada yevro ning yagona pul birligi sifatida qabul qilinishi natijasida nemis markasi, shvetsariya franki, fransuz franki, fund sterling (qisman) kabi zaxira shakllantiradigan valyutalar muomiladan chiqib ketishi hisobiga), bir tomondan jahon moliyaviy inqirozi davrida neft narxining keskin ko‘tarilishi va neftni eksport qiluvchi yirik mamlakatlarning pul birliklarining jahon bozoriga kirib kelishi natijasida jahon valyutalari ko‘payib ketdi. Konferensiyada qabul qilingan yana bir tamoyilga ko‘ra butun dunyoda erkin valyuta kurslari rejimi amal qilishi kerak edi. Lekin hozirda bor-yo‘g‘i jahonning 23 davlatida ushbu rejim amal qilib, 100 dan ortiq davlatlarda yo qatiy belgilangan valyuta tizimi yoki boshqariladigan rejimdagi valyuta kurslari muomilasi taminlangan. Bu holatlarning barchasi xalqaro valyuta fondini qayta isloh qilishni talab qiladi. Chunki hozirgi kunda xalqaro valyuta fondi moliyaviy va valyuta munosabatlarini to‘liq va izchil nazorat qilish imkoniyatiga ega emas. Masalan xalqaro valyuta bozorlari tizimining yangi ko‘rinishi FOREX tizimini nazorat qilish juda mushkul. Bu bozorni tartibga solib bo‘lmaydi deyish ham mumkin. Bu bozorning malum manzilda joylashmagani qolaversa u butun kun davomida faoliyat olib borishi unda bo‘layotgan operatsiyalarni nazorat qilish imkoniyatini cheklaydi. Fikrimizcha, jahon moliya bozori tushunchasiga uslubiy yondashuv ushbu tushunchani bir tomondan izohlashning iloji bo‘lmaganligi tufayli, ko‘p o‘lchamliligini tushunishga asoslanishi kerak. Hatto eng asosiy tushuncha ham bir necha omillarni – bozorda yuzaga keluvchi munosabatlarning iqtisodiy mohiyati, unda aylanuvchi moliya aktivlari, bozorda bitimlarni amalga oshiruvchi sub’ektlar, shuningdek, ularning jahon iqtisodiyotidagi ahamiyatini rad etishi mumkin. Shuning uchun turli mualliflarning jahon moliya bozori tushunchasiga tahlil etilgan yondashuvlaridan o‘zaro to‘ldiruvchi sifatida foydalanish mumkin. Jahon moliya bozori rivojlanishining geografik tuzilishi tahlili rivojlangan mamlakatlarning ustunligini ko‘rsatadi. Shimoliy Amerika mamlakatlari (AQSh va Kanada), Evropa Ittifoqi mamlakatlari va Yaponiya umumanjahon bozorining uchdan bir qismini egallaydi. Jahon bozoridagi joriy yo‘nalishlarning tadqiq etilishiga ko‘ra, yaqin va uzoq muddatli istiqbolda aksariyat davlatlar moliya sektorida chuqur o‘zgarishlar ehtimoli mavjud. 2009-2010 yillarda ishbilarmonlik faoliyatining jonlanishiga qaramay, hozirgi jahon moliyaviy inqirozi oqibatlari to‘liq bartaraf etilmagan. Bizning fikrimizcha, yaqin bir necha yilda jahon moliya bozorida ikki asosiy omil – jahon moliyaviy inqirozi oqibatlarining bevosita ta’siri, shuningdek, barqarorroq moliya tizimini tashkil etishga qaratilgan va inqirozni keltirib chiqaruvchi tartibga solish muhitining o‘zgarishi hukmronlik qiladi. Natijada, moliya sektori faoliyati, moliya institutlari hajmi, operatsiyalarni moliyalashtirish usullari, xatarlarni boshqarish siyosati, alohida davlat (mamlakat)lar va jahon moliya bozorlaridagi raqobat xususiyatlarida miqyosli o‘zgarishlarning ehtimoli mavjud. Jahon bozori — xalqaro mehnat taqsimotida ishtirok etish bilan oʻzaro bogʻlangan mamlakatlar oʻrtasidagi barqaror tovar-pul munosabatlari tizimi. Xalqaro savdo munosabatlari qadimda ham mavjud boʻlgan, mamlakatlar oʻrtasida iqtisodiy va siyosiy aloqalar milliy davlatlarning paydo boʻlishi bilan yuzaga kelgan, ammo koʻpgina mamlakatlar, soʻngra jaxondagi barcha mamlakatlar savdosini qamraydigan Jahon bozori (uning negizida jahon xoʻjaligi) faqat yirik mashinalashgan industriyaga oʻtish bilan shakllana boshladi va 20-asr boshiga kelib qaror topdi. Yirik mashinalashgan ishlab chiqarishga oʻtish milliy bozor chegaralarini kengaytirdi, tashqi savdo u yoki bu mamlakatning ichki taraqqiyotini toʻldiradigan omildan mamlakat xoʻjaligi taraqqiyotining zaruriy shartiga aylandi. Ixtisoslashuv bir mamlakatda muayyan tovarni arzon va sifatli i. ch. imkonini bersa, tovarlarni i. ch.da resurslardan samarali foydalanishni taʼminlasa, shu tovarlar koʻplab yaratiladi va Jahon bozoriiga yetkazib beriladi. Biror mamlakatda resurelarni sarflash qulay boʻlmagan yoki i. ch. imkoni bulmagan tovarlar Jahon bozoridan sotib olinadi. Jahon bozorida alohida narxlar — jahon narxlari amal qiladi; ayirboshlash ulgurji shaklda va xalqaro birjalar vositasida olib boriladi. Jahon bozori tovar, mehnat, kapital va valyuta bozorlari majmuidan tashkil topadi (qarang Mehnat bozori, Ishchi kuchi bozori). Jahon bozorida barcha mamlakatlar tashqi savdosining majmuini ifoda etadigan xalqaro savdo amalga oshiriladi. Bu tarkiban jahon miqyosidagi eksport va importdan iborat, ularning qiymat boʻyicha nisbati savdo balansi deb yuritiladi. Jahon bozori xalqaro birjalar, savdo uylari, banklar, sugʻurta kompaniyalaridan iborat bulgan oʻz infratuzilmasiga ega. Jahon bozori toʻlovlar va hisob-kitoblar xalqaro pul vazifasini oʻtovchi barqaror, erkin almashtiriladigan valyutalar, maye, AQSH dollari, Yaponiya iyenasi va yevroda olib boriladi. Jahon bozori ixtisoslashgan xalqaro birjalardan iborat yirik segmentlariga ega. Maye, Chikago don birjasi, Liverpul paxta birjasi va London rangli metallar birjasi va b. Jahon bozorida savdo-sotiq xalqaro birja bitimlari, ikki tomonlama yoki koʻp tomonlama birjadan tashqari bitimlar yoʻnalishlarida boradi. Jahon bozoridagi savdo-sotiqni maxsus tashkilot — Jahon savdo tashqishyuti boshqarib boradi, davlatlararo savdo tartibi va qoidalarini belgilab beradi, unga aʼzo boʻlganlar oʻzlari uchun qulay savdo qilish huquqini oladilar. Xalqaro savdo — bu turli davlat-milliy xoʻjaliklari oʻrtasidagi tovar va xizmatlarning ayirboshlash jarayonidir. Xalqaro savdo qadimdan mavjud boʻlsada, faqat XIX asrga kelib, yaʼni deyarli barcha rivojlangan mamlakatlar xalqaro savdo aloqalarida ishtirok eta boshlashi bilan jahon bozori shakliga kirdi. Xalqaro savdo tashqi savdo aylanmasi, eksport va import, savdo balansi kabi koʻrsatkichlar bilan tavsiflanadi. Jahon xo‘jaligi rivojlanishining o‘ziga xos xususiyatlaridan bir- bu xalqaro iqtisodiy munosabatlarning intensiv rivojlanib borishi hisoblanadi. Bu mamlakatlar, mamlakatlar guruhi, alohida firma va korxonalar o‘rtasida savdo-iqtisodiy aloqalarning kengayishi tobora chuqurlashuvi, xo‘jalik hayotining globallashuvi, milliy iqtisodiyot ochiqligining kuchayishi, mamlakatlarning iqtisodiy integratsiyalashuvi va hududiy xalqaro iqtisodiy aloqalar startegiyasining chuqurlashib borayotganligida ko‘rish mumkin Xalqaro savdo-tovar va xizmatlarni xalqaro almashuv shakli. Xalqaro savdo o‘zining rivojlanish bosqichlariga ega bo‘lib, har bir bosqich o‘z tarixiy xususiyatlari bilan ajralib turadi: - tashqi savdo aloqalarning lokal darajada shakllanish bosqichi - (VI-XIII asrlar) O‘rta yer dengizidan Sharqqa tomon xalqaro savdo yo‘llarning vujudga kelishi; - tashqi savdo aloqalarining mintaqaviy darajada shakllanish bosqichi - (XII-XV asrlar) tashqi savdo aloqalarining O‘rta yer, Boltiq va Shimoliy dengizlarida kontsentratsiyalshuvi; - tashqi savdo aloqalarining globallashuvining boshlanish bosqichi - (XV-XVII asrlar) Buyuk geografik kashfiyotlar tufayli xalqaro savdo yo‘llarining Atlantika, Hind va Tinch okeanlariga ko‘chishi; - tashqi savdo aloqalarining intensivlashuv bosqichi – (XVIII-XIX asrlar) sanoat to‘ntarishi, G‘arbiy Yevropa va AQSH iqtisodiyotining industrlashtirish jarayoni bilan bog‘liq; - tashqi savdo aloqalarning militizatsiyalashuv bosqichi (XIX oxiri – XX asr boshi) Birinchi va Ikkinchi jahon urushlari bilan bog‘liq; - integratsion bloklar va birlashmalarning tashqi savdo munosabatlariga faol ta‘sir etish bosqichi – (XX asrning o‘rtasi va ikkinchi qismi); - tashqi savdo aloqalari globallashuv jarayonlarining zamonaviy bosqichining shakllanishi va jahon bozorining vujudga kelishi; O’zbekistonning jahon iqtisodiyotiga qo’shilishining shart-sharoitlari va tashqi iqtisodiy faoliyatini amalga oshirish imkoniyatlari Respublika davlat mustaqilligini qo’lga kiritishi bilan vujudga kela boshladi. Bunday vaziyatda tashqi iqtisodiy majmuani boshqarishning o’ziga xos tizimini shakllantirish, tashqi aloqalarni yo’lga qo’yish borasida qoida va tamoyillarni ishlab chiqish, respublikaning jahon iqtisodiy tizimiga qo’shilish yo’llarini belgilash taqozo etiladi. Respublika tashqi siyosatini amalga oshirishning asosiy tamoyillari teng huquqlilik va o’zaro manfaatdorlik negizida qurilsa, uning qoidalari ikki tomonlama va ko’p tomonlama shartnoma munosabatlarida o’zaro manfaatli aloqalar o’rnatish, xalqaro iqtisodiy ittifoqlar doirasidagi hamkorlikni chuqurlashtirishga asoslanadi. O’zbekistonning xalqaro mehnat taqsimoti va jahon xo’jalik aloqalarida ishtirok etishning asosi ochiq turdagi iqtisodiyotni vujudga keltirishdir. Shu sababli respublikamiz mustaqillikka erishgandan keyin qisqa davr ichida 80 dan ortiq davlat bilan diplomatiya munosabatlarini o’rnatdi, dunyoning 20 dan ortiq davlatida diplomatiya elchixonalarini ochdi, ko’pgina xalqaro tashkilotlar – BMT iqtisodiy muassasalari, Jahon banki, Xalqaro bank, Xalqaro valyuta fondi, Xalqaro moliya korporatsiyasi, Iqtisodiy taraqqiyotga ko’maklashuvchi tashkilot kabi boshqa xalqaro moliyaviy-iqtisodiy tashkilotlarga a’zo bo’lib kirdi. O’zbekistonning jahon xo’jaligiga integratsiyalashuvi jarayonlarining o’ziga xos xususiyatlari to’g’risida to’xtalib, Prezidentimiz I.A.Karimov shunday degan edi: «Integratsiya haqida gapirar ekanmiz, manfaatlar birikuvining xilma-xil mexanizmlari va shakllari hamda integratsiya turlari mavjudligiga asoslanamiz. Bunga sherikchilik va hamkorlik qilishga intilayotgan mamlakatlarning boshlang’ich shart-sharoitlari turlichaligi sababdir. O’zbekiston bir vaqtning o’zida turli darajalarda – dunyo miqyosida va mintaqa ko’lamida – integratsiya jarayonlarida qatnashsa-da, ammo bir muhim qoidaga: bir davlat bilan yaqinlashish hisobiga boshqasidan uzoqlashmaslikka amal qiladi. Biz bir sub’ekt bilan sherikchilikning mustahkamlanishi boshqalar bilan sherikchilik munosabatlarining zaiflashuviga olib kelishiga qarshimiz. Shu sababli O’zbekistonning jahon hamjamiyatidagi integratsiyalashuvi serqirra jarayondir». Download 363.42 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling