Reja: Birja risklari

Download 0.52 Mb.
bet1/8
Sana21.11.2023
Hajmi0.52 Mb.
#1792837
  1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
aktivlar riski

Reja:

1. Birja risklari.

2. Defolt va soliqqa tortish riskining aktivlarga ta’siri.

3. Aktivlar qiymatini maksimallashtirish.

4. Moliyaviy risk darajasini ehtimoliy baholash.

Mavzu: Aktivlar riski (2 soat)
1. Birja risklari
Birja riski birja bitimlaridan yo‘qotishlar xavfini o‘zida aks ettiradi. Bu risk o‘z ichiga tijorat bitimlari bo‘yicha to‘lovsizlik riskini oladi.
Deyarli barcha birjalar faolligi bozorlarda yuzaga kelgan vaziyatga, shuningdek, birjachilarning faoliyati va professiona­lizmga bog‘liq ravishda bitta riskka emas, balki risklar majmuiga duchor bo‘ladi.

Risklar yo‘q bo‘lgan holda daromad olish kafolatlangan birja faoliyati yo‘q. Birja savdolarining har bir ishtirokchisi mavjud riskka oid muammolarni hal etish orqali daromad olishga harakat qiladi va bevosita risklar bilan bog‘liq vaziyatlardan qochish uchun barcha choralarni ko‘radi.

Birja savdosidagi risklarning xarakterli xususiyati shundaki, ular barcha ishtirokchilarga, hatto birja savdosiga bevosita aloqador bo‘lmaganlarga ham ta’sir ko‘rsatadi.

Birja savdosida risklar mohiyatini to‘liqroq tushunish uchun analitik funksiya orqali risk mavjudligi mumkin bo‘lgan yechim variantlaridan birini tanlab olish kerakligi muhum sanaladi. Shunga bog‘liq ravishda, birja ishtirokchilari qarorlar qabul qilish jarayonida barcha mumkin bo‘lgan variantlarni tahlil qilib, eng rentabelli va kam riskli variantni tanlashadi.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8

Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling