Reja: Birja risklari
Fond va valyuta birjalarida risk ko‘pincha pulning xarid qobiliyatini pasayishi bilan bog‘liq bo‘ladi (kelajakda pul xuddi bugungidek ayni sifatdagi birja tovarlari va xizmatlarini o‘sha miqdorda “xar
Download 0.52 Mb.
|
aktivlar riski
Fond va valyuta birjalarida risk ko‘pincha pulning xarid qobiliyatini pasayishi bilan bog‘liq bo‘ladi (kelajakda pul xuddi bugungidek ayni sifatdagi birja tovarlari va xizmatlarini o‘sha miqdorda “xarid” qila olmaydi).Kelajakdagi narxlar bo‘yicha o‘z taxminlarini hisobga olgan holda foyda olishga intiluvchi birjachilarning moliya bozoridagi hatti-harakatlarining individual va ommaviy psixologiyasi ham risk omili sanaladi. Birjadagi risklar muammosiga yechim topish birja bitimining ishtirokchilari uchun qanday risk darajasi mumkinligi bilan belgilanadi. Birjachi riskka har xil munosabatda bo‘lishi: riskni yoqtirmasligi, unga befarq bo‘lishi yoki riskni afzal ko‘rishi mumkin. Munosabat mezoni sanaluvchi risk uchun mukofot birjachi ehtiyoji sanaladi. Riskni yoqtirmaydigan birjachilar ehtimoliy noaniqlik uchun kompensatsiya talab qilishga har doim moyil bo‘ladi. Riskka neytral munosabatda bo‘lganlar mukofotga ham befarq bo‘ladi, riskni afzal ko‘rganlar esa keskin hissiyotlarni boshdan kechirish uchun hatto zarar ko‘rishga tayyor turadi. Har bir professional birjachi qaror qabul qilishning o‘ziga xos usullariga ega bo‘lib, shu asosda qanday darajadagi risk o‘zi uchun qoniqarli ekanligi yoki riskdan qanday chetlab o‘tish mumkinligini belgilaydi. Birja o‘yinlarida tajribaga ega bo‘lgan professionallar har bir risk omilini oldindan aniqlay olishadi va faqatgina risk uchun mukofot olish imkoniyati mavjud bo‘lgandagina o‘yinga kirishadilar. Birja risklari to‘g‘risida qaror qabul qilish natijasida birja savdosi ishtirokchilari kutilmagan yoki riskni oshiruvchi omillarni noto‘g‘ri baholash tufayli zarar ko‘rishi mumkin. Shuning uchun risklarni baholashda ekspertlar birinchi navbatda qaror natijasida birja savdosi qatnashchilari uchun yo‘qotishlar ehtimolini ko‘rib chiqishi kerak bo‘ladi. Risklarni baholashda kutilmagan natija ehtimoli va butun umumiy jihatdan ustuvorligi bo‘yicha har bir riskning darajasi kabi mezonlar ancha maqbul sanaladi.Birja risklari to‘g‘risida qaror qabul qilish natijasida birja savdosi ishtirokchilari kutilmagan yoki riskni oshiruvchi omillarni noto‘g‘ri baholash tufayli zarar ko‘rishi mumkin. Shuning uchun risklarni baholashda ekspertlar birinchi navbatda qaror natijasida birja savdosi qatnashchilari uchun yo‘qotishlar ehtimolini ko‘rib chiqishi kerak bo‘ladi. Risklarni baholashda kutilmagan natija ehtimoli va butun umumiy jihatdan ustuvorligi bo‘yicha har bir riskning darajasi kabi mezonlar ancha maqbul sanaladi.Download 0.52 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling