Reja: Birja risklari


Moliyaviy risk darajasini ehtimoliy baholash


Download 0.52 Mb.
bet5/8
Sana21.11.2023
Hajmi0.52 Mb.
#1792837
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
aktivlar riski

4. Moliyaviy risk darajasini ehtimoliy baholash
Aytaylik, A aksiyalarini xarid qilib, dividend komponenti 3% ni, narx komponenti 7% ni tashkil etadi deb hisoblaymiz, bunda kutilgan daromadlilik stavkasi 10% ga teng bo‘ladi: r = 3% + 7% = 10%.
Aksiyalar aktivlarining riskliligini o‘lchashda keng qo‘llaniladigan birlik – bu o‘zgaruvchanlik (volatility). o‘zgaruvchanlik aksiyalarning ehtimoliy daromadlilik stavkalari diapazoni va ularni olish ehtimolligi bilan bog‘liq. Daromadlilikning ehtimoliy ko‘rsatkichlari o‘rtasidagi diapazon qancha keng bo‘lsa, favqulodda qiymatlar olish ehtimolligi shuncha katta, aksiyalar o‘zgaruvchanligi ko‘rsatkichi ham shuncha yuqori.
Masalan, agar bizdan kelgusi yil uchun A aksiyalari daromadliligini baholash so‘ralsa, misol uchun baholash natijalari 10% bo‘lsin. Bunda real daromadlilik biz aytgandan ko‘proq yoki kamroq bo‘lib chiqishi bizni ajablantirmaydi. Daromadlilik juda past ham (-50%), juda yuqori ham (+50%) bo‘lishi mumkin. Daromadlilikning ehtimoliy ko‘rsatkichlari o‘rtasidagi farq qancha katta bo‘lsa, o‘zgaruvchanlik shuncha kuchli bo‘ladi.
O‘zgaruvchanlik mohiyatini yaxshiroq tushunish uchun, A aksiyalar uchun turli daromadlilik darajalarini olish ehtimolliklarining taqsimotini ko‘rib chiqamiz. Daromadlilikning barcha ehtimoliy darajalariga noldan (ushbu darajaga erishish ehtimolligining to‘liq yo‘qligi) birgacha (ushbu daromadlilik albatta olinadi) bo‘lgan ehtimollik to‘g‘ri keladi.
Faraz qilaylik, kelgusi yilda daromadlilik 10% ni tashkil etishi bizga mutlaq ma’lum. Bu holatda daromadlilikning faqat bitta ehtimoliy darajasi mavjud va unga erishish ehtimolligi 1,0 ga teng.
Endi iqtisodiyot holatiga bog‘liq ravishda A aksiyalari har xil daromadlilik keltirishi mumkin deb taxmin qilaylik. Agar kelgusi yilda iqtisodiyot o‘ssa, kompaniyaning sotuv hajmi va foydasi ham o‘sadi, demakki, A aksiyalariga investitsiyalarning daromadlilik stavkasi 30% ga teng bo‘ladi. Agar iqtisodiyotda pasayish kuzatilsa, u holda daromadlilik stavkasi 10% ni tashkil qiladi, ya’ni, aksiyador zarar ko‘radi. Agar iqtisodiy holat shunchaki o‘zgarmasdan qolsa, haqiqatdagi daromadlilik 10% ni tashkil etadi. Bizning gipotetik misolimizdagi ushbu holatlarning har biri uchun ehtimollik bahosi 1-jadvalga keltirilgan va 1-rasmda tasvirlangan.


Download 0.52 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling