Reja: Birja risklari


A va B aksiyalarining daromadlilik ehtimollari taqsimoti


Download 0.52 Mb.
bet7/8
Sana21.11.2023
Hajmi0.52 Mb.
#1792837
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
aktivlar riski

A va B aksiyalarining daromadlilik ehtimollari taqsimoti
Bunda ikkala aksiyalar uchun ehtimollik ko‘rsatkichlari bir xilligi, lekin B da daromadlilik tebranishlarining diapazoni kengligiga e’tibor qaratish lozim. Agar iqtisodiyotda o‘sish sur’ati qayd etilsa, B aksiyalari o‘z aksiyadorlariga 50% daromadlilik, A aksiyalari esa faqat 30% daromadlilik keltiradi. Lekin agar iqtisodiy ahvol yomonlashsa, B aksiyalari daromadliligi – 30% gacha, A aksiyalari esa – faqat – 10% gacha tushib ketadi. Boshqacha aytganda, B aksiyalariga investitsiyalarning daromadlilik ko‘rsatkichlari kuchliroq o‘zgaradi, o‘z navbatida esa, ular riskliroq hisoblanadi.
Avval qayd qilinganidek, aksiyalarning daromadlilik ko‘rsatkichlari o‘zgaruvchanligi ularning ehtimoliy diapazoni va favqulodda qiymatlar paydo bo‘lish ehtimoliga bog‘liq. Daromadlilikning ehtimoliy ko‘rsatkichlarini olish ehtimolliklari taqsimotida o‘zgaruvchanlikni hisoblash va o‘lchash uchun moliyada o‘rtacha kvadratik og‘ish σ (standart og‘ish) juda keng qo‘llanilib, bizning misolimizda uni quyidagicha aniqlash mumkin:
Bu yerda matematik kutish (o‘rtacha qiymat) quyidagiga teng:

Standart og‘ish qancha katta bo‘lsa, aksiyalarning o‘zgaruvchanlik ko‘rsatkichi shuncha yuqori bo‘ladi.


B aksiyalari uchun standart og‘ish A ga nisbatan ikki marta ko‘p, shuning uchun o‘rtacha qiymatdan ehtimoliy og‘ish A aksiyalarining xuddi shu ko‘rsatkichidan ikki marta ortib ketadi.
Real hayotda aksiyalarning daromadlilik ko‘rsatkichlari diapazoni xuddi bizning misolimizdagi kabi bir nechta qiymat bilan chegaralanmagan va daromadlilik amalda istalgan qiymatni qabul qilishi mumkin. Shuning uchun aytish mumkinki, aksiyalar daromadliliklari taqsimoti ehtimolliklarning uzluksiz taqsimotini o‘zida aks ettiradi.
Aktivlar yoki moliyaviy bitimlarning risklilik darajasini boshqa omillar ta’siridan ajratilgan holda baholash mumkin emas, chunki u mutanosib tahlil doirasiga bog‘liq bo‘ladi. Ayrim hollarda muayyan aktivlar xaridi yoki sotuvi uning egasi riskka uchrash ehtimolini oshirib yuborsa, boshqa hollarda xuddi shunday harakatlar risk kamayishiga olib keladi.

Download 0.52 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling