Mavzu. Banklarda moliyaviy hisob asoslari. (2 soat)
Moliyaviy hisob maʼlumotlari
Download 21.19 Kb.
|
1-мавзу
1.5. Moliyaviy hisob maʼlumotlari.
Jamiyatda moliyaviy hisob ma’lumotlaridan juda keng miqyosda foydalaniladi. Ushbu foydalanuvchilar o’z navbatida uchta guruhga bo’linadi: • korxona boshqaruvchilari; • moliyaviy manfaatdor shaxslar; • moliyaviy manfaatdor bo’lmagan shaxslar. Demak, 1-guruh ichki foydalanuvchiga va 2, 3-guruhlar tashqi foydalanuvchiga bo’linadi. Tashqi foydalanuvchilarni asosan quyidagi ko’rsatkichlar qiziqtiradi: 1. Korxona aktivlari va passivlarining tuzilishi; 2. Korxonaning likvidligi; 3. O’zining va jalb qilingan kapitalning hissasi; 4. Aktivlarning aylanish tezligi; 5. Barcha aktivlar va realizatsiya qilingan mahsulotning rentabelligi; 6. Korxona ixtiyorida qoladigan sof foyda; 7. To’langan dividendlarning hissasi (agar aktsionerlik kompaniyasi bo’lsa). Chunki axborotdan foydalanuvchilar o’z manfaatini ko’zlagan holda u yoki bu axborot manbalaridan foydalanadilar. Masalan, soliq organlari soliqqa tortish uchun moliyaviy hisobot, deklaratsiya va tekshiruv ma’lumotlaridan foydalanadilar, xaridor mahsulot narxining asoslanish darajasini moliyaviy hisobotdan oladilar va hokazo. Bozor iqtisodiyotiga o’tish munosabatlari tizimidagi o’zgarishlar, shuningdek fuqarolikhuquqiy doirasining kengayishi buxgalteriya hisobida adekvat (bir xillik) transformatsiyalash tamoyillarning zaruriyatini yuzaga chiqarmoqda. Moliyaviy hisob kontseptsiyalari va uning asosida ishlab chiqarilayotgan qonun-qoidalar asosida xo’jalik sub’ektlarida moliyaviy hisobning yuritilishini bozor infrastrukturasiga mos elementlarini yaratish zarurligi sezilmoqda. Bu borada O’zbekistonda hisob tizimini bozor iqtisodiyotiga mos tarzda tashkil etish vazifalari oldimizga qo’yiladi. Bu vazifalar quyidagilardan iborat: • buxgalteriya hisobi bo’yicha amal qilinayotgan normativ aktlarni ishlab chiqarish va qayta ko’rib chiqish; • hisobning turli normativ aktlarida bir xillikni ta’minlash. Ularni bir-birini inkor etishiga va jarayonlarni to’la qamrab olganligiga ahamiyat berish; • buxgalterlik axborotini iste’mol qiluvchilarga to’liq, sifatli va davriy etkazib berish va uni o’qish yuzasidan yagona tilga o’tkazish. Download 21.19 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling