Mavzu. Banklarda moliyaviy hisob asoslari. (2 soat)


Download 21.19 Kb.
bet1/5
Sana28.12.2022
Hajmi21.19 Kb.
#1009885
  1   2   3   4   5
Bog'liq
1-мавзу


1-Mavzu. Banklarda moliyaviy hisob asoslari. (2 soat)
Reja:
1.1. Banklarda moliyaviy hisob tushunchasi va uning asosiy vazifalari.
1.2. Banklarda buxgalteriya hisobini tashkil qilishning meʼyoriy-huquqiy asoslari va oʼziga xos xususiyatlari.
1.3. Banklarda moliyaviy hisobining asosiy shartlari va tamoyillari.
1.4. Buxgalteriya hisobi oʼlchash kommunikatsiya jarayoni sifatida.
1.5. Moliyaviy hisob maʼlumotlari.

Adabiyotlar: 8, 9, 10, 11, 12, 13, 20, 21, 22, 25, 26, 27, 28


Tayanch iboralar.
Buxgalteriya hisobi, balans, hisobvaraq, hisob raqam, hisobvaraqlarlar rejasi, qoldiq (saldo), asosiy hisob raqam, sub hisob raqam, aktiv, passiv, balans ichidagi hisobvaraqlar, balans tashqarisidagi hisobvaraqlar, bankning operatsion ish kuni, ikkiyoqlama yozuv, debet, kredit, mas‘ul ijrochi, bosh buxgalter, yo’riqnoma.
1.1. Banklarda moliyaviy hisob tushunchasi va uning asosiy vazifalari.
O‘zbekiston Respublikasi milliy iqtisodiyotining rivojlanishida banklar alohida o‘rin egallaydi. “Banklar va bank faoliyati to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga asosan, “Bank - tijorat tashkiloti bo‘lib, bank faoliyati deb hisoblanadigan quyidagi faoliyat turlari majmuyini amalga oshiradigan yuridik shaxsdir:
- yuridik va jismoniy shaxslardan omonatlar qabul qilish hamda qabul qilingan mablag‘lardan tavakkal qilib kredit berish yoki investitsiyalash uchun foydalanish;
- to‘lovlarni amalga oshirish”.
Banklar o‘z faoliyatida ko‘plab operatsiyalarni bajaradi. Ularga yuridik va jismoniy shaxslarning, banklarning hisobvaraqlarini ochish, yuritish, hisobvaraqlar bo‘yicha hisob-kitoblar o‘tkazish, omonatlar jalb etish, kreditlar berish, qimmatli qog‘ozlar chiqarish, xarid qilish va sotish, moliyaviy lizing xizmatini ko‘rsatish, kassa operatsiyalarini bajarish, chet el valutasini sotish va xarid qilish, pul mablag‘lari, hisob-kitob hujjatlarini inkasso qilish va bir qator boshqa operatsiyalarni kiritish mumkin.
Moliyaviy hisob shunday ma’lumotlarni o’zida mujassam etadiki, ushbu ma’lumotlar nafaqat korxona faoliyatiga rahbarlik qilishda foydalaniladi, balki tashqi foydalanuvchilarga ham tegishli ma’lumotlar taqdim qilinadi. Moliyaviy hisob axborotlarni umumlashtirish va sintez qilishga yo’naltirilgan. U ba’zi bir davr uchun korxona foydasini tezkor aniqlashga, korxonaning aktivlari va passivlarini hisobot balansi shaklida umumlashtirishga, korxonaning mulkiy va moliyaviy holatini ta’riflashga imkon beradi.
Moliyaviy hisob yordamida mavjud moddiy qiymatliklar, pul mablag’larining harakati kuzatiladi va nazorat qilinadi, mahsulot ishlab chiqarish va uni sotish bilan bog’liq xarajatlar aniqlanadi, xo’jalik faoliyatining moliyaviy natijalari va korxonaning umumiy mulki haqidagi ma’lumotlar topiladi.
Moliyaviy hisob har qanday tizimda ham quyidagi uchta funktsiyani bajaradi: 1) axborot berish; 2) nazorat qilish; 3) boshqaruv echimlarini ishlab chiqish. Bu funktsiyalarni bajarishda moliyaviy hisob har xil usullardan foydalanishi mumkin. Shuningdek, moliya hisobi har xil ijtimoiy tizimlarda muayyan tizimning maqsadiga qarab har xil vazifalarni bajarishi mumkin.
Bank buxgalteriya hisobining vazifalariga quyidagilarni kiritish mumkin:
hisob-kitoblardagi mablag’lar aylanishini tezlashtirish, mijozlar­ga tez va puxta xizmat ko’rsatish;
- hisob-kitob, kassa, valuta, kredit hamda boshqa bank operatsiya­larini to’g’ri bajarish;
- bajarilgan operatsiyalar buxgalteriya hisobi va hisobotida o’z vaqtida hamda aniq aks ettirilishini ta’minlash;
- bankdan chiqadigan hujjatlarni tegishlicha rasmiylashtirish va buning natijasida bu hujjat borgan joyda ulardan foydalanishni yengillashtirish, shuningdek, boshqa banklarda ana shu hujjatlar bilan ope­ratsiyalar bajarilayotganda hamda ular tomonidan xizmat ko’rsatilayotgan mijozlar hisobvaraqlarining hisobi yuritilayotganda yo’l qo’yilishi mumkin bo’lgan xatolarning, g’ayriqonuniy xatti-harakatlarning oldini olish;
- bankda turgan pul mablag’lari, moddiy boyliklar, shuningdek, qat’iy hisobi yuritiladigan blankalar kam chiqish yoki ortiqcha sarflab yuborilishining oldini olish;



Download 21.19 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling