Mavzu: Banklarning mamlakat iqtisodiyotini rivojlantirish, real sektorni kreditlash, iqtisodiy islohatlarnining borishi va samarasini taminlashdagi roli


Tijorat banklarining iqtisodiyotda tutgan o’rni


Download 70.85 Kb.
bet3/4
Sana30.01.2024
Hajmi70.85 Kb.
#1809073
1   2   3   4
Bog'liq
Bank ishi mustaqil ish

3.Tijorat banklarining iqtisodiyotda tutgan o’rni.
Bank tizimining ikkinchi darajasini tijorat banklari tashkil etadi. Bular: 1) universal tijorat banklari va 2) ixtisoslashgan tijorat banklari.Banklar ixtisoslashishi mumkin: 1) o‘z maqsadlariga ko‘ra: investisiya (investitsiya loyihalarini kreditlash), innovatsion (ilmiy-texnika taraqqiyotini rivojlantirish uchun kreditlar berish), ipoteka (tashuvchi) ko'chmas mulk bilan ta'minlangan kredit berish); 2) tarmoqlar bo‘yicha: qurilish, qishloq xo‘jaligi, tashqi savdo; 3) mijozlar tomonidan: faqat firmalarga xizmat ko'rsatish, faqat aholiga xizmat ko'rsatish va hokazo. , tijorat banklari xizmatlar bozorining rivoji nafaqat xalq xo'jaligiga kapitalni taqsimlashga, balki aholiga axborot berish, to'lovlarni tezlashtirish va boshqa bir qancha qulaylik va imkoniyatlarni yaratib beradi. Shu asosda bizning oldimizda chakana bank xizmatlari sohasida xorijiy davlatlar tajribasini o'rganish va ushbu tajribaning ijobiy jihatlariniO'zbekiston banktizimidagi ichki holatdan kelib chiqib joriy etish bugungi kunning dolzarb masalalaridan hisoblanadi.
O'zbekistonda masofaviy bank xizmatlarini rivojlanish istiqbollari bo'yicha olib borgan tahlillar natijasida quyidagi taklif va tavsiyalar ishlab chiqildi:
1. Tijorat banklarida masofaviy bank xizmatlarini rivojlantirish, mijozlarga masofadan turib xizmat ko'rsatish tizimini rivojlantirish bo'yicha har bir tijorat banki o'zining strategik dasturini ishlab chiqish kerak. Mazkur dasturda qadamma-qadam barcha xizmat turlarini masofaviy hamda onlayn rejimga o'tkazish bo'yicha yo'l xaritasi ishlab chiqish kerak bo'ladi. Mazkur yo'l xaritasida belgilangan vazifalarni moliyalashtirish manbasi, amalga oshirish muddatlari, amalga oshirish uchun mas'ul boshqarma hamda loyihani ishga tushirish muddati kabilar keltirib o'tilishi zarur.
2. Xozirgi kunda tijorat banklari tomonidan masofaviy tarzda ko'rsatiladigan xizmat turlariga kommunal va boshqa to'lovlar, kartadankartaga pul o'tkazmalari, onlayn konversiya, onlayn omonat xizmatlari, shuningdek, ayrima banklarda chakana kreditlash xizmatlari yo'lga qo'yilgan bo'lib, keyingi bosqichda ularning turini ko'paytirish maqsadga muvofiqdir. Xususan, xalqaro pul o'tkazmalariga integarsiyalashuv orqali xorijga mablag'larni jo'natish va qabul qilish, plastik kartalar virtual emmisiyasi xizmatini kiritish kablar shular jumlasidandir.
3. Masofaviy bank xizmatlarini rivojlanishi mijozlarni identifikatsiya qilishga bo'lgan zaruriyatni yuzaga chiqarishi tabiiy holat. Shuni inobatga olgan hold a, barcha mobil-bank xizmatlariga mijozga xizmat ko'ratishda xodimni identifikatsiya qilish zaruriyati yuzaga kelganda, Ichki ishlar vazirligi ma'lumotlar bazasidan integratsiya qilish imkoniyatlarini yaratib berish maqsadga muvofiq bo'ladi.
Tijorat banklarida chakana xizmatlar ko'rsatishni rivojlantirish, ulargi xorij tajribasini joriy etish bilan bog'liq muammolar ko'plab iqtisodchiolimlar tomonidan tadqiq etilgan. Bugungi kunda tijorat banklari tomonidan ko'rsatilayotgan ko'plab chakana xizmatlarning o'ziga xos jihatlari, ularning rivojlanishidagi mavjud muammolarni tadqiq etganlar. Xususan, A.S.Goncharuk tomonidan bank xizmatlari -bu aholiga tijorat bilan bog'liq bo'lmagan shaxsiy, oilaviy ehtiyojlanini qondirish uchun standartlashtirilgan bank maxsulotlariga asoslangan xizmatdir" degan mualliflik ta'rifi shakllantirildi. Bank xizmatlarini yo'naltirilish maqsadi va texnologiyasi nuqtai nazaridan qaraydigan bo'lsak, bizning fikrimizcha, «Bank xizmatlari bu-jismoniy shaxslarning aniq bir bank xizmatlariga bo'lgan shaxsiy yoki oilaviy extiyoj, xoxish va talablarini qondirish uchun tijorat banklari tomonidan taklif etiladigan, tijorat faoliyatiga yo'naltirilmaydigan bank xizmatlari yig'indisidir». Amalga oshirishda tijorat anklarida chakana bank xizmatlarini rivojlantirishda axborot texnologiyalarini joriy etishda olimlar va soha vakillari bilan suhbat, ularning yozma va og'zaki fikr-mulohazalarini tahlil qilish, ekspert baholash, jarayonlarni kuzatish, iqtisodiy hodisa va jarayonlarga tizimli yondashuv, muallif tajribalari bilan qiyosiy tahlil o'tkazish orqali tegishli yo'nalishlarda xulosa, taklif va tavsiyalar berilgan. Innovatsiya va raqamli transformatsiya o'zaro uzviy bog'liq bo'lib, respondent banklarning 20%i chakana xizmatlarni ixtisoslashgan «raqamli» banklar faoliyatiga o'tkazgan. Ushbu banklarning 85%i yangi xizmat va tovarlarni taklif etmoqda va 81%i bank faoliyatini yangi tizimlaryordamida olib bormoqda. Innovatsiya va raqamli transformatsiyaningasosi sifatida mijozlarga qaratilgan xizmat va tovarlarni yuqori standartlarda taklif etish 78% banklarning maqsadi bo'lsa, 74% banklar yangi tizimlarni tatbiq etish, 68% mobil va ijtimoiy texnologiyalardan unumli foydalanishni maqsad qilishgan. Texnologiya kompaniyalarining tahdidi 2016 yilda 47% deb baholangan bo'lsa, 2017 yilda 48% deb qayd etilgan. Fintech va texnologiya kompaniyalari o'zlarining juda moslanuvchanligi va yangiliklarni tez qabul qilib, tatbiq etish imkoni borligibilan banklarga munosib raqobatchi bo'lmoqda. Shuning uchun banklarning Fintech va texnologiya kompaniyalari startaplari bilan hamkorlik qilishi ularning kelgusida mijozlar va bozor talabiga javob berish imkoniyatini yaratishi mumkin. Bu holat asosan rivojlangan davlatlardam (AQSh, Yevropa Ittifoqi, Braziliya, Xitoy, Janubiy Afrika, Avstraliya va shu kabi davlatlar) sezilarli ta'sir o'ktazib, asosan shu davlatlar banklari texnologik o'zgarishlarga va innovasion loyihalarga ijobiy yondashmoqda, ammo rivojlanayotgan davlatlar banklarida bu o'zgarishlarga yetarli e'tibor berilmagan. Bugungi kunda O'zbekiston Respublikasida fond bozorida eng faol ishtirokchi sifatida tijorat banklarini ko'rish mumkin. Tijorat banklari qimmatli qog'ozlar bozorida ham emitent sifatida, ham investor va vositachi sifatida ishtirok etadi. Shuning uchun, tijorat banklari qimmatli qog'ozlar emitenti sifatida investorlarni daromad olishlarini ta'minlashlari kerak. Tijorat banklari emitent sifatida aksiyadorlarga doimiy dividendlar to'lanishi orqali qo'shimcha aksiyalarni joylashtirish imkoniyatini qo'lga kiritadi va bu orqali banklarning kapitallashuvini ortishiga sabab bo'ladi. Shuning uchun ham tijorat banklari dividend siyosatiga alohida e'tibor berishlari zarur. Dividend siyosati banklarning strategik maqsadlariga erishish uchun qudratli vositalardan biridir. Binobarin, banklarning daromadi etarli bo'lganda ham, dividend to'lovlari banklarning investitsion jozibadorligini, kapitalizatsiya darajasini, uning aksiyalari likvidliligini oshirishda va natijada banklar moliyaviy barqarorligini ta'minlashda muhim rol o'ynaydi.
Yuqoridagilarni inobatga olgan holda, tijorat banklarining samarali dividend siyosati quyidagi afzalliklarni beradi. Yuqoridagi rasm ma'lumotlaridan ko'rinib turibdiki, tijorat banklari uchun oqilona va samarali dividend siyosatini tuzish uchun bir qancha jihatlarga alohida e'tibor berish kerak deb hisoblaymiz. Tijorat banklari dividend siyosatida dividend to'lab borishga muntazam e'tibor qaratish bilan birga investorlarga to'lanadigan aksiyalar daromadlilik darajasini ham hisobga olish lozim. Chunki aksiyalar yuqori riskli qimmatli qog'oz hisoblanishi bois tijorat banklari dividend darajasi eng avvalo omonat va depozitlar foiz stavkasidan yuqori bo'lishi kerak. Umumiy holda moliyaviy aktivlar risk darajasidan kelib chiqqan holda hamda investorlar talabi asosida daromadlilik darajasining oshib borishini R.Kunarov va J.Bo'rievlar quyidagi keltirib o'tgan: Oddiy aksiyalar bo'yicha daromadlilik (kurs o'sishi va foizli daromadlar asosida); Imtiyozli aksiyalar bo'yicha daromadlilik (kurs o'sishi va foizli daromadlar asosida); Korporativ obligatsiyalar bo'yicha daromadlilik (kurs o'sishi va foizli daromadlar asosida). Olib borilgan izlanishlarimiz va o'rganishlarimiz natijasida, tijorat banklari amaliyotida dividend siyosati bankning sof foydasini taqsimlash orqali tashkil etilgan. Shunday bo'lsada, tijorat banklarining deyarli ko'pida dividend to'lovlari yilik inflyasiya darajasidan past to'langanligi investorlarni qoniqtirmaydi albatta. Buning oqibatida, tijorat banklari kapitalining o'sish darajasi bugungi kun talabiga mos emas. Shuning uchun ham O'zbekiston bank tizimini rivojlantirish uchun ilg'or xorijiy tajriba asosida tijorat banklaridagi dividend siyosati rolini oshirish dolzarb va amaliy ahamiyatdagi masala bo'lib, shu nuqtai nazardan banklar bumasalaga jiddiy e'tibor qaratishlari talab etiladi. Milliy fond bozorining asosiy ishtirokchisi bo'lgan tijorat banklaridividend siyosatida bir qator quyidagi kamchiliklar va muammolar mavjud:
- tijorat banklarining asosiy aksiyadorlari davlatning yirik korxonalari ulushidan iboratligi va natijada zamonaviy biznes jarayonlarda faol ishtirok etmasligi;
- potensial investorlarni qoniqtiradigan va bank kapitalini oshirish uchun xizmat qiladigan oqilona dividend siyosatini olib borish uchun investorlarga shart- sharoit yaratish zarurati;
- tijorat banklaridagi dividend to'lovlarining pastligi yoki umuman dividend to'lanmasligi, natijada aksiyalarga qiziqishning mavjud emasligi.
Ma'lumotlar shuni ko'rsatadiki, bugungi kunda bank tizimida chakana mijozlarga ko'rsatiladigan bank xizmatlari salmog'i yildan-yilga oshib bormoqda. Shunga qaramay, G'arb mamlakatlarida keng foydalaniladigan bank kredit kartalari bilan, qimmatli qog'ozlar bilan, "Internet-banking" orqali jismoniy shaxslarga ko'rsatiladigan bank xizmatlari ko'lami sust rivojlanmoqda. O'zbekistonda chakana bank xizmatlari bozorini takomillashtirishga qaratilgan strategik maqsadga erishishda bank faoliyati quyidagi yo'nalishlarga qarab rivojlantirib borilishi lozim:
- tijorat bank xizmatlarini yetkazib berish jarayonini bir standartga solish va avtomatlashtirish.
- zamonaviy sotishni joriy etish strategiyasini ishlab chiqish, bunda filiallar tizimini rivojlantirish va optimillashtirish.
- tijorat bank xizmatlari ko'lamini kengaytirish va ular sifatini oshirish.
Ushbu vazifalarning bajarilishi chakana bank xizmatlari bozorini yanada takomillashtirish va bank mijozlari talabini qondirishga imkon yaratadi, deb hisoblaymiz.
Bugungi kunda O'zbekiston bank tizimi yuqori konsentratsiyasi bilan ajralib turadi: barcha bank aktivlarining 86% hali davlatga, 70% esa 5 ta davlat banklari (Milliy bank, Asaka bank, Sanoat qurilish bank, Ipoteka bank va Agro bank) ga qarashli. Shuningdek, kreditlarga nisbatan davlat ulushi bo'lgan bank omonatlarining ulushi 31,5 foizni tashkil etishi qayd etildi. Taqqoslash uchun, xususiy banklarda bu ko'rsatkich 100% ga teng. Barchamizga a'yonki, jamiyatda faoliyat yurituvchi xo'jalik subyektlarining asosiy maqsadi albatta , jamiyatdan iqtisodiy foyda olishga qaratilgan. Shu bilan birga, ishlab chiqarish jarayoni turli tarmoqda turlicha bo'lganligi bois, ma'lum davrda ayrim xo'jalik yurituvchi subyektlarda ishlab chiqarish jarayonini rivojlantirish uchun qo'shimcha moliyaviy mablag'larga ehtiyoj tug'ilsa, ayrimlarida aksincha. Iqtisodiyot tarmoqlarida ishlab chiqarish siklining turli - tumanligi (qishloq xo'jaligi, qayta ishlovchi korxonalar, qurilish sanoati va boshqalar) sababli, moliyaviy mablag'lar vaqtinchalik ishlab chiqarish jarayonidan chetlashtiriladi. Bu jarayonda bir tomondan bir guruh iqtisodiyot tarmoqlarida qo'shimcha moliyaviy mablag'larga nisbatan qo'shimcha ehtiyojni keltirib chiqarsa, iqtisodiyotning boshqa tarmoqlarida mablag'larning ishlab chiqarishdan chetlashishini keltirib chiqaradi. Ana shunday jarayonda ikki tomonning iqtisodiy manfaatlarini birlashtiruvchi moliyaviy tashkilot sifatida banklar maydonga chiqadi. Birinchi guruh iqtisodiyot tarmoqlarining vaqtinchalik bo'sh pul mablag'larini tegishli shartlar asosida jalb etib, ushbu mablag'larga ehtiyoji bo'lgan ikkinchi guruh iqtisodiyot tarmoqlariga, ya'ni qo'shimcha moliyaviy resurslarga ehtiyoj sezgan xo'jalik subyektlariga qayta taqsimlab beradi. Ko'rinib turibdiki, ushbu munosabatlarni bankdan boshqa birorta moliyaviy tashkilot samarali va tez hal eta olmaydi. Banklarning ushbu o'ziga xos jihati iqtisodiyotdagi rolini belgilaydi. Banklarning iqtisodiyotda bajaradigan yana bir o'ziga xos xususiyatlaridan biri, bu ularning xo'jalik yurituvchi subyektlar, aholi va davlat tashkilotlari o'rtasida amalga oshiriladigan hisob - kitoblarni tashkil etishi va ularning ustidan tegishli nazorat ishlarini amalga oshirish hisoblanadi. Ma'lumki, bozor iqtisodiyoti sharoitida xo'jalik subyektlari o'rtasida har kuni bir necha yuz minglab pul o'tkazmalari amalga oshiriladi. Bularning barchasi banklar tomonidan amalga oshiriladi va tartibga solib turiladi.Shu sababli ham banklar iqtisodiyotimizning yetakchi va asosiy bo'g'ini hisoblanadi. Tijorat banklari - bu bo'sh pul mablag'larini jalb qilish va foyda olish uchun kredit berish huquqiga ega bo'lgan xususiy tashkilotlar. Shuning uchun tijorat banklari ikkita asosiy turdagi operatsiyalarni amalga oshiradilar: passiv (depozitlarni
jalb qilish uchun) va faol (kreditlar berish uchun). Bundan tashqari, tijorat banklari:
hisob-kitob va kassa operatsiyalarini; ishonchli (ishonchli) operatsiyalar; banklararo
operatsiyalar (kredit - bir-biriga kredit berish va pul o'tkazish uchun - pul o'tkazish
uchun); qimmatli qog'ozlar bilan operatsiyalar; xorijiy valyuta bilan operatsiyalar va
boshqalar. Tijorat banki daromadlarining asosiy qismini kreditlar bo'yicha foizlar va
depozitlar (depozitlar) bo'yicha foizlar o'rtasidagi farq tashkil etadi. Bankning qo'shimcha daromad manbalari turli xil xizmatlar ko'rsatish uchun komissiya to'lovlari (ishonchli, o'tkazma va boshqalar) va qimmatli qog'ozlardan olingan daromadlar bo'lishi mumkin. Daromadning bir qismi bankning harajatlarini to'lashga yo'naltiriladi, bu bank xodimlarining ish haqi, asbob-uskunalar narxi, kompyuterlar, kassa apparatlaridan foydalanish, binolarni ijaraga olish va boshqalar. Ushb to'lovlardan keyin qolgan summa bank foydasi bo'lib, undan bank aksiyalari egalariga dividendlar hisoblab chiqariladi va ma'lum bir qismi bank faoliyatini kengaytirish uchun ishlatilishi mumkin. Tarixan banklar asosan zargarlik do'konlaridan kelib chiqqan. Zargarlarning zargarlik buyumlarini saqlash uchun ishonchli qo'riqlanadigan yerto'lalari bor edi, shuning uchun vaqt o'tishi bilan odamlar o'zlarining qimmatbaho buyumlarini saqlash uchun berishni boshladilar, buning evaziga zargarlarning IOUlarini olishdi, bu qimmatbaho narsalarni talab bo'yicha qaytarib olish imkoniyatini tasdiqlaydi. Shunday qilib, bank kreditlari paydo bo'ldi . Dastlab zargarlar faqat taqdim etilgan qimmatbaho narsalarni saqlab qolishgan va qarz berishmagan. Bu holat to'liq yoki 100% rezervlash tizimiga to'g'ri keladi (depozitlarning butun miqdori zaxira shaklida saqlanadi). Ammo asta-sekin ma'lum bo'ldiki, barcha mijozlar bir vaqtning o'zida o'z omonatlarini qaytarishni talab qila olmaydi. Shunday qilib, bank qarama-qarshilikka duch keladi. Agar u barcha omonatlarini zahira shaklida saqlasa va kredit bermasa, u o'zini foydadan mahrum qiladi. Ammo shu bilan birga, u o'zini 100% to'lov qobiliyati va likvidligi bilan ta'minlaydi. Agar u omonatchilarga qarz bersa, u foyda ko'radi, lekin to'lov qobiliyati va likvidligi bilan bog'liq muammo bor. Bankning to'lov qobiliyati uning aktivlari kamida uning qarziga teng bo'lishi kerakligini anglatadi. Bank aktivlari tarkibiga o'zida mavjud bo'lgan pul qog'ozlari va boshqa shaxslar yoki muassasalardan sotib olgan barcha moliyaviy aktivlari (obligatsiyalar va obligatsiyalar) kiradi. Obligatsiyalar va qarz majburiyatlari bank uchun daromad manbai bo'lib xizmat qiladi. Bankning qarzi (majburiyati) - uning majburiyati - bu mijozning birinchi talabiga ko'ra qaytarishi shart bo'lgan unga qo'yilgan depozitlar summasi. Agar bank 100% to'lov qobiliyatiga ega bo'lishni xohlasa, unda joylashtirilgan mablag'larning hech birini qarzga bermasligi kerak. Shu tariqa, yuqori tavakkalchilik bartaraf qilinadi, lekin bank kreditga berilgan summadan foiz shaklida hech qanday foyda olmaydi va o‘z xarajatlarini to‘lashga qodir emas. Bank mavjud bo'lishi uchun tavakkal qilishi va kredit berishi kerak. Berilgan kreditlar miqdori qanchalik ko'p bo'lsa, foyda ham, xavf ham shunchalik yuqori bo'ladi.

Download 70.85 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling