Mavzu: Banklarning mamlakat iqtisodiyotini rivojlantirish, real sektorni kreditlash, iqtisodiy islohatlarnining borishi va samarasini taminlashdagi roli


O’zbekistonda bank tizimi. Markaziy bank


Download 70.85 Kb.
bet2/4
Sana30.01.2024
Hajmi70.85 Kb.
#1809073
1   2   3   4
Bog'liq
Bank ishi mustaqil ish

2. O’zbekistonda bank tizimi. Markaziy bank.
Zamonaviy bank tizimi ikki darajadan iborat. Birinchi daraja - Markaziy bank. Ikkinchi daraja - tijorat banklari tizimi. Markaziy bank mamlakatning asosiy banki hisoblanadi. AQSHda u FRS (Federal rezerv tizimi) deb ataladi, Buyuk Britaniyada bu Angliya banki, Germaniyada Bundesdeutchebank, Rossiyada Rossiya Markaziy banki va boshqalar. O’zbekiston Respublikasi Markaziy banki bank tizimining bosh banki bo’lib, pul-kredit siyosatini, emissiya jarayonlarini olib boradi va milliy pulning barqarorligini ta’minlovchi muassasa hisoblanadi.
Markaziy bank faoliyatining asosiy maqsadlari:
narxlarning;
bank tizimining;
toʼlov tizimlari ishlashining barqarorligini taʼminlashdan iboratdir.
Markaziy bankning bank tizimi barqarorligini taʼminlash boʼyicha faoliyati narxlarning barqarorligiga salbiy taʼsir koʼrsatmasligi kerak.
Foyda olish Markaziy bankning maqsadi hisoblanmaydi
Markaziy bank uchun taqiqlangan faoliyat turlari
Markaziy bank:
uchinchi shaxslarga moliyaviy yordam koʼrsatish bilan shugʼullanishga, bundan oʼz tasarrufidagi tashkilotlar mustasno;
tijorat faoliyatini amalga oshirishga;
uchinchi shaxslarning, shu jumladan Oʼzbekiston Respublikasi Hukumatining majburiyatlari boʼyicha kafolatlar berishga;
banklarning kapitallarida va boshqa yuridik shaxslarning ustav fondlarida (ustav kapitallarida) ishtirok etishga haqli emas, bundan valyuta birjasining, shuningdek Markaziy bankning faoliyatini taʼminlovchi oʼz tasarrufidagi tashkilotlarning kapitallarida ishtirok etishi mustasno.
Markaziy bank Oʼzbekiston Respublikasi Hukumatiga, boshqa davlat organlariga va tashkilotlariga, shu jumladan Oʼzbekiston Respublikasi Davlat byudjetining (bundan buyon matnda Davlat byudjeti deb yuritiladi) taqchilligini moliyalashtirish uchun kreditlar yoki moliyaviy yordam bermaydi.
Markaziy bankning vakolatlari
Markaziy bank: Oʼzbekiston Respublikasida hisob-kitoblarni amalga oshirish qoidalarini belgilaydi;
bank tomonidan milliy va chet el valyutasida mijozlarning hisobvaraqlarini ochish, yuritish va yopish tartibini belgilaydi;
Oʼzbekiston Respublikasi hududida pul belgilarini muomalaga kiritadi va muomaladan chiqaradi;
qimmatbaho metallardagi aktivlarni toʼldirish uchun davlatning affinlangan oltin sotib olishga boʼlgan ustuvor huquqini amalga oshiradi;
qimmatbaho metallardan tayyorlangan quymalarni muomalaga chiqaradi;
qimmatbaho metallardan tayyorlangan pul belgilarini sotib olish va sotish tartibini belgilaydi;
banklar tomonidan qimmatbaho metallar bilan operatsiyalarni amalga oshirish tartibini belgilaydi;
oʼzi belgilaydigan tartibda va shartlarda banklarga qisqa muddatli kreditlar, shuningdek likvidlilikni tezkor surʼatda qoʼllab-quvvatlash uchun kreditlar beradi;
banklar, mikrokredit tashkilotlari va lombardlar faoliyatini litsenziyalashda hamda banklar, mikrokredit tashkilotlari, lombardlar va ipotekani qayta moliyalashtirish tashkilotlarini (bundan buyon matnda kredit tashkilotlari deb yuritiladi) va banklar guruhlarini tartibga solish va nazorat qilishda asoslantirilgan mulohazadan foydalanadi;
oʼz vakolatlarini amalga oshirish uchun zarur boʼlgan axborotni davlat organlari va tashkilotlaridan soʼrab oladi;
oʼz balansida aks ettirilgan mol-mulkka egalik qiladi, undan foydalanadi va uni tasarruf etadi;
oʼz tasarrufidagi tashkilotlarni, shu jumladan valyuta birjasini tashkil etadi;
moliyaviy operatsiyalarni amalga oshiradi, shu jumladan chet el hukumatlariga, boshqa davlatlarning markaziy banklariga bank xizmatlarini koʼrsatadi;
boshqa davlatlarning markaziy banklarida va xalqaro moliya institutlarida Oʼzbekiston Respublikasi manfaatlarini oʼz vakolatlari doirasida ifoda etadi;
chet davlatlarda vakolatxonalar ochadi;
obligatsiyalar emissiyasini amalga oshiradi;
oʼz nomidan yoki Oʼzbekiston Respublikasi Hukumatining topshirigʼiga binoan Oʼzbekiston Respublikasi nomidan kliring va toʼlov bitimlari tuzadi;
kredit tashkilotlaridagi qoidabuzarliklarni aniqlash yuzasidan nazorat tadbirlarini amalga oshiradi, shu jumladan masofadan turib ham amalga oshiradi;
banknotalar va tangalar tasvirlarini aks ettirishga doir talablarni belgilaydi;
banklar uchun hisobvaraqlar ochadi;
autrayt (spot va forvard) sotib olish va sotish yoki kelishuvga binoan qaytarib sotib olish yoʼli bilan, shuningdek bozor vositalarini, valyutalarni va qimmatbaho metallarni kreditlash yoki jalb etish yoʼli bilan moliya bozorlarida faoliyatni amalga oshiradi.
Markaziy bank qonun hujjatlariga muvofiq boshqa vakolatlarga ham ega boʼlishi mumkin.
Markaziy bankning vazifalari
Markaziy bank: pul-kredit siyosatini, shu jumladan valyuta siyosatini ishlab chiqadi va amalga oshiradi;
Oʼzbekiston Respublikasida inflyatsiya darajasini monitoring, tahlil va prognoz qiladi, tegishli axborot materiallarini hamda statistik maʼlumotlarni eʼlon qiladi;
Oʼzbekiston Respublikasining toʼlov balansini, xalqaro investitsiyaviy mavqeini, tashqi qarzini va zaxira aktivlarini oʼz ichiga olgan bank, pul-kredit statistikasini, tashqi sektor statistikasini shakllantirishni hamda eʼlon qilishni amalga oshiradi;
har yili Oʼzbekiston Respublikasi Hukumatiga Davlat byudjeti loyihasini tayyorlashga doir tavsiyalarni oʼz ichiga olgan iqtisodiy va moliyaviy masalalar boʼyicha axborotni taqdim etadi;
naqd pul muomalasini tashkil etadi;
valyutani tartibga solishni va valyutani nazorat qilishni amalga oshiradi;
valyuta operatsiyalari boʼyicha buxgalteriya hisobi, statistik hisobotlar va boshqa hisobotlar maqsadlari uchun, shuningdek Oʼzbekiston Respublikasi hududida bojxona hamda boshqa majburiy toʼlovlarni hisoblab chiqarish uchun valyuta kursini muntazam ravishda belgilab boradi;
banklarni va kredit byurolarini davlat roʼyxatidan oʼtkazishni amalga oshiradi;
banklarning, mikrokredit tashkilotlarining, lombardlarning, toʼlov tashkilotlarining, toʼlov tizimlari operatorlarining, valyuta birjalarining, kredit byurolarining faoliyatini va qimmatli qogʼozlar blankalarini ishlab chiqarishni litsenziyalaydi, shuningdek kredit tashkilotlarining, toʼlov tashkilotlarining, toʼlov tizimlari operatorlarining, valyuta birjalarining, kredit byurolarining va banklar guruhlarining faoliyatini tartibga soladi hamda ushbu faoliyat ustidan nazoratni amalga oshiradi;
hukumatning fiskal agenti vazifalarini bajarish uchun zarur boʼlgan bank operatsiyalarini va boshqa bitimlarni mustaqil ravishda yoki Oʼzbekiston Respublikasi Hukumatining topshirigʼiga binoan amalga oshiradi;
Oʼzbekiston Respublikasida toʼlov tizimlari barqaror ishlashini taʼminlash choralarini koʼradi;
ichki nazorat qoidalariga hamda jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga, terrorizmni moliyalashtirishga va ommaviy qirgʼin qurolini tarqatishni moliyalashtirishga qarshi kurashish bilan bogʼliq axborotni maxsus vakolatli davlat organiga taqdim etish tartibiga Markaziy bank tomonidan litsenziyalanadigan tashkilotlarning rioya etishi yuzasidan monitoring hamda nazoratni amalga oshiradi;
Xalqaro valyuta fondining Oʼzbekiston Respublikasi valyutasidagi mablagʼlari depozitariysi hisoblanadi, operatsiyalarni va bitimlarni, shu jumladan Oʼzbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalarida nazarda tutilgan operatsiyalar va bitimlarni amalga oshiradi;
kredit tashkilotlari xizmatlari isteʼmolchilari huquqlari va qonuniy manfaatlari himoya qilinishini taʼminlash, moliyaviy xizmatlarning ochiqligini hamda aholi va tadbirkorlik subʼektlarining moliyaviy savodxonligi darajasini oshirish choralarini koʼradi;
Oʼzbekiston Respublikasining xalqaro zaxiralarini (bundan buyon matnda xalqaro zaxiralar deb yuritiladi), shu jumladan kelishuvga koʼra Oʼzbekiston Respublikasi Hukumatining zaxiralarini boshqarishni, hisobga olishni va saqlashni amalga oshiradi.
Markaziy bank ushbu Qonun bilan belgilangan maqsadlariga erishish uchun qonun hujjatlariga muvofiq boshqa vazifalarni ham bajarishi mumkin.
Markaziy bank quyidagi funktsiyalarni bajaradi:
Mamlakatning emitent markazi (banknotlarni muomalaga chiqarishda monopoliya huquqiga ega boʻlib, uni doimiy likvidlik bilan taʼminlaydi. Markaziy bankning pul mablagʻlari naqd pul (banknot va tangalar) va naqd boʻlmagan pullardan (tijorat banklarining Markaziy bankdagi hisobvaraqlari) iborat. )
Davlat bankiri (hukumatning moliyaviy operatsiyalariga xizmat qiladi, gʻaznaga toʻlovlar boʻyicha vositachilik qiladi va davlatga qarz beradi. Gʻaznachilik
Markaziy bankda depozit shaklida boʻsh pul mablagʻlarini saqlaydi va oʻz navbatida,
Markaziy bank gʻaznaga hamma narsani beradi. uning foydasi ma'lum, oldindan belgilangan stavkadan oshib ketadi.) banklar banki (tijorat banklari markaziy bankning mijozlari boʻlib, ularning majburiy zaxiralarini saqlaydilar, bu ularning ichki va tashqi faoliyatini nazorat qilish va muvofiqlashtirish imkonini beradi, qiyin ahvolda boʻlgan tijorat banklariga soʻnggi instansiya kreditori vazifasini bajaradi, ularni kreditlar bilan qoʻllabquvvatlaydi. pul chiqarish yoki qimmatli qog'ozlarni sotish)
Mamlakat oltin-valyuta zahiralarining saqlovchisi (mamlakatning xalqaro moliyaviy operatsiyalariga xizmat qiladi va to‘lov balansi holatini nazorat qiladi, xalqaro valyuta bozorlarida xaridor va sotuvchi rolini bajaradi). Markaziy bank pulkredit (pul) siyosatini belgilaydi va amalga oshiradi.

Download 70.85 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling