Mavzu: Barmoq vaznidagi asarlarni ifodali o’qilishi
Download 91.89 Kb.
|
Ergashova Lobar
- Bu sahifa navigatsiya:
- Tolzor kuz rangida va salqin. 9
- E’tiboringiz uchun rahmat.
Turon ZarMed universiteti sirtqi ta’lim yo’nalishi 4-20 guruh talabasi Ergashova Lobarning ifodali o’qish fanidan tayyorlagan taqdimoti Mavzu: Barmoq vaznidagi asarlarni ifodali o’qilishi.Barmoq vaznidagi murakkab vaznli she’rlar 1- 2-sinfda emas, 3-4-sinfda uchragani ma’qul. Aruz va barmoq vaznidagi she’rlarni o`qiganda mantiqiy va ritmik pauza muhim rol o`ynaydi, ammo erkin vazndagi she’rning o`qilishida ritmik pauza emas, mantiqiy pauza alohida o`rin tutadi. Aruz va barmoq vaznidagi she’rlarning o`qilishida o`ziga xos qonunlar bor: Aruz vaznidagi she’r ifodali o`qilganda, baytda rukn soni sakkizta bo`lsa, ikki rukndan so`ng bir bor, misra oxirida bir bor to`liq nafas olinadi, baytda rukn soni oltita bo`lsa, misradan so`ng to`liq nafas olinadi, ungacha ohangda uzilish bo`lmasligi lozim. Shu taxlit mazmunga qarab ovoz rangi tovlanadi, ya’ni g`amgin yoki ko`tarinki kayfiyatni ifodalovchi ohangda o`qiladi, she’r janriga qarab bandda ritmik pauza qilinadi. Boshqa vaznlardan farqli o`laroq aruz vaznida rukndan so`nggi pauza jarayonida so`zni ikkiga bo`lib, pauza qilish mumkin. Aruz vaznidagi she’rlarning o`qilishida musiqiylik bor, bu boshqa vaznlarga xos emas. Barmoq vaznidagi she’rda har satrdan so`ng ohang uziladi, mantiqiy pauza bo`lsa, har sozdan song to`xtalish ham mumkin. Albatta, ovoz ko`tarilib-tushushi, tirli kayfiyatni ifodalashi mumkinki, bu pauzaga ta’sir qilmaydi. C. Erkin vazndagi she’rning o`qilishini muayyan qolipga solib bo`lmaydi, negaki qahramon kayfiyatini she’rxon qanday idrok qilsa, mantiqiy pauzani qo`llaydi, bu vazhda band emas, mazmun yaxlitligiga qarab ritmik pauza qilinadi. Lirik asarlarni ifodali o`qishni to`g`ri amalga oshirish o`quvchining matnni chuqur idrok etishiga, ruhiyatining tarbiya topishiga, komil, eng muhimi, ezgu amalli inson bo`lib yetishuviga ko`mak beradi. Ifodali o`qishni eplagan o`qituvchining darsi qiziqarli, tushunarli, esda qolarli bo`ladi. Talabalarning darsdan olgan bilimlarini "Venn diagrammasi” strategiyasi metodi bilan tekshirsak: lirik asarlarni ifodali o`qish uchun zarur tushunchalarni uch aylanaga yozing. Berilgan sxemani shunday to`ldiringki, zarur tushunchalarning kesishish o`rinlari to`g`ri kelsin. Yordam ma’nosida zarur tushunchalar nomini tavsiya qilamiz, siz to`g`ri joylashtiring. She'r ilmi adabiyotshunosligimiz tarixida turlich- n omlar («nazm qoidalari», «ilm ush-she'r»...) bilan atalib, uning asosida hamisha she'riyatdagi vaznlar masalasi, ayniqsa aruz ilmi qoidalari yetakchi mavqe kasb etgan. Xalq she'riy ijodida va qisman yozma adabiyotda namoyon bo`lib kelgan, chinakam o`lchov hisoblanmish aruzga muvofiq kelmagan she'rlar esa vaznsiz she'rlar hisoblangan. Bugungi kunda «hijo» atamasi mohiyatan «bo`g`in» tushunchasidan farqlanadi va mazkur atamalarning biri aruzga, ikkinchisi barmoqqa tegishli qo`llaniladi. Mabodo hijo va bo`g`in aynan bir xil hodisalar sifatida xato hislansa, barmoq vaznidagi so`z va gaplarni o`lchash aruzdagi hijo miqdori o`lchanishi bilan farqlanmasdek tuyuladi. Hijo va bo`g`inda jiddiy farqlanish borligi bois she'riy misralarning hijo — bo`g`in sanog`ining belgilanishida ham ikki she'riy tizim bir-biridan boshqacha.Barmoq she'r tizimida mutaxassisslardan` ikki bo’g’indan tortib 16 bo`g`inligacha bo`lgan vaznlar tarqalganini ta'kidlaydilar. Vazn har bir she'rda mavjud bo`ladigan hodisa sanalib, uni metr(o`lchov) deb ham nomlanadi. Barmoqdagi o`lchov belgilanganda avvalo bo`g`inlar soni, keyin turoqlanish tartibi ko`rsatiladi. Masalan:
Tolzor kuz rangida va salqin. 9
She'riy sintaksisda eng keng qo`llaniluvchi vositalardan biri takrordir. Avvalo shuni aytish kerakki, takror tilning barcha satxlariga xos hodisa bo`lib, she'riyatda uning bir qator xususiy (tovush takrori, so`z takrori, anafora, epifora, ma'no takrori, ma'noning kuchaytirilgan va susaytirilgan takrori, misra takrori, band takrori ) ko`rinishlari faol qo`llaniladi. She'riy misralarda bir xil tovushlar takrori alliteratsiya deb yuritiladi. Alliteratsiyaning vokal alliteratsiya (unlilar takrori) va konsonans alliteratsiya (undoshlar takrori) turlari mavjud. So`z takrori ham sintaktik usullardan sanalib, u fikrni ta'kidlab ifodalash bilan birga ohangdorlikni oshirishga va shular asosida she'rning ta'sir kuchini oshirishga xizmat qiladi. E’tiboringiz uchun rahmat.
Download 91.89 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling