Mavzu: Basketbol himoya taktikasi va uning turlari Mundarija: Kirish
Download 88.89 Kb.
|
basketbol.docx111
- Bu sahifa navigatsiya:
- Shchitdan sapchigan to’p uchun kurash
- Jamoa harakatlari
- Zichlashtirilgan himoya
Uch o’yinchining o’zaro harakati. Uch o’yinchining himoyadagi o’zaro harakati “uchlik”, “sakkizlik”, “kichik sakkiz” ikki basketbolchi qoyadigan juft to’siq, ikki o’yinchiga to’qnashtirishni bartaraf qilishning konkret usuli.
Buning uchun yaxshi tashkil etilgan, himoyachilarni hamjihat kuchlari zarur. “Kichik sakkizlik”ka (ayniqsa markaziy o’yinchi atrofida o’tkazilayotgan bo’lsa), va almashish yo’rdamida ikki basketbolchiga to’qnashtirishga qarshilik ko’rsatish har qachon ham samarali bo’lavermaydi. Shuning uchun bunday o’zaro harakatga qarshi kurashda hujumchilarni shaxsiy ta’qib qilishdan voz kechish va onda-sonda himoyachilarning zona prinspini qo’llash maqsadga muvofiq. Himoyachilar (uch kishi) to’rt kishi hujumiga qarshi harakat qilayotgan paytda, ular jarima otish maydonchasiga muntazam chekinib, zona prinspiga asoslanib uchburchak hosil qilib mudofaa tashkil etadi. Shchitdan sapchigan to’p uchun kurash. O’zining shchiti oldida sapchib qaytgan to’p uchun kurash musobaqaning o’tishi va uning natijasiga kuchli ta’sir etuvchi muhim holdir. Bu kurashning muvaffaqiyati raqibning shchitga boradigan yo’lini kesib qo’yishga urinib jarima otissh maydonchasida “shchitdan sapchigan to’p uchun kurash uchburchagi”ni tashkil qilgan uch himoyachining o’zaro harakatiga bo’g’liq. Bundan tashqari to’rtinchi himoyachi to’pning shchitdan uzoqga sapchib ketishi holatiga qo’shimcha straxovkani ta’minlaydi. Jamoa harakatlari Jamoa butun tarkibi bilan taktik maqsadga muvofiq jamoa harakatlari orqali mohirlik bilan himoyalanayotganda, eng qiyin masalani ham muvaffaqiyatli echishning yetarlicha imkoniyatiga ega bo’ladi. Jamoa harakatlari u yoki bu asosiy vazifani echishga qaratilgan mo’ljaliga qarab himoyaning ikkita turiga bbo’linadi: zichlashtirilgan va tarqoq himoya. Zichlashtirilgan himoya. Bu avallo raqibga shchitga yaqin kelishi va to’pni yaqin yoki o’rta masofadan tashlash imkoniyatini bermaslikka qaratilgan. Shuning uchun hamn hujumchilar bi9lan kurash odatda himoyaning barcha o’yinchilari to’planadigan jarima otish maydonchasi yaqinida bo’ladi. Zichlashtirilgan himoya ikkita sistemada tashkil etiladi: shaxsiy va zonali himoyada. Shuningdek, o’z ichiga shaxsiy va zonali himoyani, ba’zan esa shaxsiy pressing elementlarini oluvchi aralash himoya sistemasi ham bor. Download 88.89 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling