Mavzu: Basketbol himoya taktikasi va uning turlari Mundarija: Kirish


Download 88.89 Kb.
bet15/16
Sana29.01.2023
Hajmi88.89 Kb.
#1139398
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   16
Bog'liq
basketbol.docx111

O’z maydonidagi faol himoya. Bu sistemada jamoa harakatlarining zichlanish va taqoqo prinsplari birlashadi, shu bilan birga qarshi harakatlarning struktira va intensivligi o’yinchining shchit va maydonning to’p bo’lgan tomonga, yoki to’psiz tomonga nisbatan egallagan pozisiyaga bog’liq ravishda farqlanadi. To’p turgan tomonga to’p bilan bolgan o’yinchiga qattiq va doymiy ta’sir ko’rsatiladi, qolgan sheriklari to’pni uzatilishgi mumkin bo’lgan yo’nalishlarda raqibni zich ta’qib qiladi: markaziy o’yinchi – oldidan yoki yonidan, kanot hujumchisi – to’pni olish imkonini bermaslik va raqib burilib mo’ljallovchi aloqani yoqotmasdan orqaga o’yib olganda, uning orqasidan yugurib ulgurish uchun yo’piq turishda (yuzma-yuz) turishi kerak.
Shaxsiy zonali pressing. Jamoali himoyaning intensivligini oshirish uchun aralash shaxsiy-zonali pressingni qo’llab erishish mumkin.
Musobaqa amaliyotida ba’zida bir to’pni o’ynab maqsadga erishish uchun o’yinchilarni almashib pressing qilish qo’llaniladi; jamoa o’z oldiga maydonning o’rta qismini yaxshi berkitish, 1x2 tuzog’ini qo’yish vazifasini qo’yib, sof zonali pressing bilan boshlaydi; tuzoq ishga tushganda jamoa aralash pressing va hihoyat, o’z maydonida faol shaxsiy himoyaga o’tadi.
Shuni e’tiborga olish kerakki, maydon o’rta qismini to’sish uchun 2-2-1 zona pressingini ochiqdan-ochiq juda toraytirib yuborish raqibga yon chiziq bo’ylab o’tib himoyani yo’rib kirishiga imkon yaratishi mumkin.
Keyin barcha himoyachilarning tuzoq hosil qilish uchun yo’n chiziqlardan biriga harakat qilganda, raqibning to’pni qarama-qarshi kanotga uzatishi himoyachilarni qiyin ahvolga solib qo’yishi mumkin.
Shiddatli hujumga qarshi himoya. Shiddatli hujum qilishni yaxshi egallab olgan jamoaga qarshi o’yinda raqib uchun qulay bo’lgan o’yin sur’atini pasaytirishga harakat qilish kerak. Buning uchun pozitsion hujumni odatdagidan sekinroq o’tkazish bilan o’ynash, qaltis to’p uzatish va tayyorlanmasdan to’pni savatga otishdan saqlanish kerak. O’zining orqa zonasini kamida ikki o’yinchi kuchi bilan juda ham etiborlik bilan straxovka qilish kerak. Shchitdab sapchigan to’p uchun kurashda yoki boshqa paytda to’pni egallab olgan o’yinchini himoyani yorib o’tish maqsadida birinchi to’pni uzatishiga halaqit berishi uchun unga qurmasdan hujum qilish kerak. Raqibning ijobiy natijali to’p otgandan so’ng hujumchilar vaqti-vaqti bilan maydon bo’ylab ta’qib qilish va yana o’zining jarima to’pi otish maydonchasiga qaytib kelish kerak.

XULOSA
O‘zbekistonda jismoniy tarbiya va sport tizimini shakllantirish, uni yanada ommaviylashtirish hamda aholining kundalik ehtiyojiga aylantirish ushbu sohani ilmiy asosda tashkil qilishni taqazo etadi. Ayniqsa o'zbek sportini raqobatbardosh bosqichga ко‘tar ish, uni xalqaro miqyosga olib chiqish faqat ilmiy izlanishlar, chuqur tadkiqotlar evaziga amalga oshirilishi mumkin. Binobarin, soxa bo‘yicha ta’lim olayotgan har bir bo‘lajak mutaxassis ilmiy-nazariy jihatdan to‘la-to‘kis qurollangan, o'z kasbining ustasi, zamonaviy, ilg‘or ilmiy-tadqiqot uslublarini o‘zlashtirgan bo‘lishi tozim. Institut talabalari, shu jumladan basketbol bo’yicha o‘quv rejasidagi barcha fanlar qatori ilmiy-tadqiqot ishlari bo‘yicha ham zarur bilim, malaka va ko‘nikmalami egallashlari shart. Talabalaming ilmiy-tadqiqot ishlari birinchi navbatda sport- chilaming umumiy va maxsus jismoniy tayyorgarligi hamda texnik- taktik malakalarini takomillashtirishga, o‘quv trenirovka jarayonini shakllantirish, jumladan qo‘llaniladigan trenirovka va musobaqa yuklamalarini sportchining jismoniy-funksional imkoniyatlariga muvofiqligini aniqlashga qaratilishi darkor.
Basketbol oʼyini qoidalarini oʼrgatish va xarakat sifatlarini tarbiyalashga intilish insoniyatning azaliy orzusi. Mehnat qurollari, harbiy anjom va aslaxa bilan muomala qilishning samaradorligi tabiat insonga inoom etgan va uni tarbiya jarayonida rivojlantirish mumkin boʼlgan jismoniy fazilatlarga bogʼliq tarbiyalash lozimligi masalasini koʼndalang qoʼyadi.
Jismonan barkamol, axloqan pok, estetik didli, eʼtiqodli, sadoqatli, texnika ilmining zamonaviy asoslarini puxta egallagan, har taraflama maʼnaviy yetuk, jismonan garmonik rivojlangan kishini tarbiyalash hozirgi kungacha davrimizning asosiy vazifalaridan biri deb hisoblanib kelindi. Hozir ham bu dastur oʼz ahamiyatini yoʼqotgani yoʼq. U mamlakatimizda amalga oshiralayotgan “Sogʼlom avlod uchun” dasturining oʼzagini tashkil etadi.
Xulosa qilganda jismoniy tarbiyani, xususan, jismoniy sifatlarni rivojlantirishni mohiyatining yuqoriligi va salmoqliligi koʼzga yaqqol tashlanib turibdi. Shuni qayd etish kerakki, jismoniy sifatlarni rivojlantirishda ularning (kuch, tezkorlik, chaqqonlik, chidamlilik va hokazolarning) barchasini oʼzaro uzviy bogʼlab olib borishni tarbiya jarayoni taqazo qiladi. Lekin sportning maʼlum bir turida muayyan fazilat kuchliroq shakllanadi, rivojlanadi va u yetakchi harakat sifati tarzida nomoyon boʼladi. Boshqa sifatlar ham nisbatan rivojlanadi, lekin ular yordamchi, koʼmakchi harakat sifati tarzida namoyon boʼlishi mumkin. Masalan, sport oʼyinlaridan basketbolda asosan chaqqonlik sifatini rivojlantiradi deb hisoblansa, tezlik yordamchi sifati tariqasida rivojlanadi. Lekin basketbol chidamlilikni ham tarbiyalashda asosiy vositadir. Ogʼir atletikachilarda kuch jismoniy sifati yetakchi fazilat sanaladi. “Siltab koʼtarish (rvok)”ni koʼp mashq qilish esa tezkorlikni rivojlantiradi.
Аmaliyotda bu mashqlar orqali chidamlilik va egiluvchanlik ham koʼmakchi jismoniy sifat tarzida rivojlanishini guvohimiz. Umuman, chaqqonlikni rivojlantirish uchun koʼproq oʼyinlardan: voleybol, basketbol, futbol, tennis, stol tennisi, gandbol, xokkey, regbi va boshqalardan foydalanish maqsadga muvofiqdir. Аslida bu oʼyinlar uchun tezlikning ahamiyati ham ikkinchi darajali emas. Chaqqonlikni rivojlantirish esa tez oʼzgaruvchan oʼyin sharoitiga moslasha bilishni, kuzatuvchanlikni, moʼljalga toʼgʼri olishni, qisqa fursat ichida turli murakkab vaziyatda aniq, toʼxtamga kelish, uni his qilish va oʼz harakatlarini shu vaziyatga moslay olishdek hayotiy-zaruriy amaliy harakat malakalarni shakllantiradi. Velosiped, harakatli oʼyinlar ham chaqqonlikni rivojlantiradi.
Har qanday harakat biror-bir konkrekt harakat vazifasi deb ataladigan vazifani hal qilishga qaratiladi. Masalan, iloji boricha balandroq sakrash, toʼpni ilib olish, raqibni aldab oʼtish, shtangani koʼtarish va hokazo. Harakat vazifasining murakkabligi, bir vaqtda va ketma-ket bajariladigan harakatlarning uygʼunligiga boʼlgan talablar, harakatlar koordinatsiyasini tarbiyalaydi.



Download 88.89 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   16




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling