Mavzu: basketbol o’ynida to’p bilan bajariladigan harakatlar texnikasiga o’rgatishning samarali yo’llari reja: kirish
To’psiz hujumchiga qarshi harakatlar
Download 164.21 Kb.
|
BASKETBOL HUJUM TAKTIKASI
- Bu sahifa navigatsiya:
- To’pli hujumchiga qarshi harakatlar.
To’psiz hujumchiga qarshi harakatlar. To’psiz hujumchini ta’qib qilganda, himoyachi:
a) hujumchiga savatga hujum qilish uchun qulay pozisiyaga chiqib ishga yoki shu pozisiyada to’pni qabul qilib olishga yo’l qo’ymaslik; b) raqib hujumchisi yoki lideriga yo’naltirilgan to’pni olib qo’yish; v) raqibning o’zaro harakat qilish uchun siljishlarga, ayniqsa maydonning o’rtasidan shchit tomonga keskin qo’yiladigan blokirovkaga e’tibor bergan holda qarshilik ko’rsatish kerak. Himoyachi o’zi ta’qib qilayotgan hujumchilar va o’zining savati ostida shunday joylashishi kerakki, bunda u hujumchini ham, to’pni ham ko’rishi lozim. Himoyachining hujumchiga nisbatan holati va ular orasidagi masofa har qanday aniq vaziyatga raqibning tezligi, bo’yi va og’irligi hisobga olingan holda aniqlanishi kerak. Raqibning markaziy o’yinchisini ta’qib qilayotgan himoyachi, u bilan qulay pozisiya va to’pni olish uchun kurashishi kerak. Markaziy o’yinchiga to’pni shchitdan uzoqlashib, u qo’shimcha harakat qilgan holdagina to’pni egallashiga yo’l qo’yish mumkin. Agar u shchitning yaqinida bo’lsa, himoyachi uning oldida to’pni uzatishiga halaqit berish uchun turadi. To’pli hujumchiga qarshi harakatlar. To’pli hujumchiga qarshi kurashda himoyachi: a) raqibga to’pni savatga aniq otishda yo’l qo’ymaslik; b) raqibning shchit tomonga o’tishiga (ayniqsa kuchli, odatda, o’ng tomondan); v) to’pni xavfli yo’nalishda uzatilishiga (ayniqsa, jamoa lideri yoki markaziy o’yinchisiga, aniq otuvchi (snayperga) merganga halaqit berish); g) to’pni egallab olishga yo’l qo’ymaslik; d) raqibning oldindan tayyorlangan o’zaro harakatlanishiga yoki kombinatsiyalariga o’tkazish uchun qilayotgan harakatlarga halaqit berishishga erishish uchun harakat qilishi kerak. O’zining raqibini ta’qib qilayotgan vaqtda maydondagi umumiy vaziyatni ham kuzatib turishi shart. Bu esa o’zgarib borayotgan holatni o’z vaqtida baholash va o’z sheriklari bilan muvaffaqiyatli o’zaro harakat qilish imkonini beradi. Himoyadagi guruh harakatlari deganda o’yin vaziyatida hujumchilarga qarshi harakat uchun yo’nalgan ikki yoki uch o’yinchining o’zaro harakati ko’zda tutiladi. Ikki o’yinchining o’zaro harakati usullariga straxovka qilish, o’yinchi almashish, sirg’anib o’tish, chekinish (sherigiga yo’l berish); uch o’yinchining o’zaro harakat usullariga maxsus tashkil etilgan ikki o’yinchiga to’qnashtirishga qarshi qaratilgan, ikki basketbolchi qo’ygan to’siqqa qarshi harakatlar, “uchlik”, “kichik sakkizlik”, “kesib chiqish”ga qarshi o’zaro harakatlar kiradi. Shchitdan sapchigan to’p uchun qarshi taktika masalasi alohida ko’riladi. Download 164.21 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling