Mavzu: Bayram tadbirlarini tashkil etish metodikasi. Mundarija: I. Kirish
Bayram tadbirlarini tashkil etish
Download 41.39 Kb.
|
Kurs ishi
Bayram tadbirlarini tashkil etish.
Bayramlar – xalq hayoti va turmushiga singib ketgan, avloddan-avlodga meros bo’lib kelayotgan, muayyan sana, ma'lum vaqt ichida muntazam uyushtirilib turiladigan madaniy-ommaviy tadbirlardir. Bayramlar ijtimoiy, madaniy va ma'naviy sohalardagi yutuqlarni namoyish etuvchi, erishilgan yutuqlar asosida yoshlarni tarbiyalovchi muhim vositadir. Bayram turlari: Umumxalq bayramlari; - Davlat va milliy bayramlar; - Diniy bayramlar. Bayramlarni tashkil etish tartibi: ma'naviy-ma'rifiy tadbirlar uyushtirish; ko’ngilochar, estetik zavq-shavq olishga bag’ishlangan tomoshali o’yinkulgi tadbirlarini tashkil etish; bayramni ommaviy axborot vositalari orqali yoritish; sahnani mavzuga mos qilib, did bilan bezatish; Davlat ramzlarini to’g’ri joylashtirish; ma'naviy-ma'rifiy, tarbiyaviy yo’nalishdagi lavhalar, shiorlar bilan yoritish; katta zalni bayramona bezatish, o’rindiqlarni hozirlash; bayramga mahalla oqsoqollari, xayriya jamg’armalari, homiy tashkilotlar va matbuot vakillari, yozuvchilar, san'atkorlarni taklif etish; bayramni o’tkazish uchun zarur bo’lgan texnik va musiqiy asbobuskunalar, boshlovchi, badiiy jamoa bilan ta'minlash. Bayram tadbirlarini o’tkazish usullari: qisqa ma’ruza (10-20 daqiqa); tabriklar, tilaklar, istaklar bildirish; she’rxonlik va mushoiralarni o’tkazish; badiiy jamoalarning chiqishlari; - turli xil tanlovlar uyushtirish. Bayram tadbirlarining namunaviy mavzulari: «Vatan ximoyachilari kuni»; «Xalqaro xotin-qizlar kuni»; «Navro’z - yangilanish kuni”; «Xotira va qadrlash - burchimiz»; «Mustaqillik - buyuk ne'mat»; «Ustoz otangdan ulug»; «Agar hayot bo’ston bo’lsa, bog’bon muallim»; «Konstitutsiya - baxtimiz qomusi»; «Xosil bayrami»; «Gul sayli»; «Qovun sayli» va hokazo. Download 41.39 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling