Mavzu: Bayram tadbirlarini tashkil etish usullari Mundarija: Kirish I bob bayram tadbirlarini tashkil etish usullarining nazariy asoslari


Download 98.87 Kb.
bet1/8
Sana25.04.2023
Hajmi98.87 Kb.
#1398120
  1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
Bayram tadbirlarini tashkil etish usullari Kurs ishi...


Mavzu: Bayram tadbirlarini tashkil etish usullari
Mundarija:


Kirish……………………………………………………………………….…….3
I BOB BAYRAM TADBIRLARINI TASHKIL ETISH USULLARINING NAZARIY ASOSLARI…………………………………………….……………5
1.1. Bayramlar va ko‘ngil ochar tadbirlarni texnik vositalar bilan bezash ishlari..5
1.2. Tadbirlarda rang va tutun tarqatuvchi elektro generatorlarning roli…………9
II O`ZBEKISTONDA O’KAZILADIGAN BAYRAM TADBIRLARI……16
2.1. O`zbek an`anaviy bayramlarini tashkil qilish…………………..…………..16
2.2. Bayramlarni tashkil etish asoslari…………………………………….……..21
Xulosa va takliflar…………………………………………………………...…33
Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati…………………………………………...34


Kirish
Mavzuning dolzarbligi: Avvalo har bir bayramni tashkil etishdan oldin malum bir g'oya tanlanadi.O'sha g'oya asosida ssenariy tuzilish boshlanadi .Ssenariy asosidagi ishlarni amalga oshirishda va ijodiy yo'nalishlarni belgilashda ishtirok etuvchi badiiy jamoalar muhim o'rin tutadi.Ssenariydagi har bir blokning tuzilmasiga qarab jamoalarning dasturlari o'rganiladi va tavsiya qilinadi .Ssenariyda g'oyalar asosida mavzular tuziladi va ular orasidagi bog'liqlik senariy oxirigacha davom etadi . Ommaviy bayram va tomoshalar dramaturgiyasining asosini ssenariy tashkil etadi. Ssenariy tadbir mazmunini adabiy tasvirlash bo'lib, bunda jiddiy ketma ketlik asosida harakat elementlari bo'lmish mavzu va g'oya, bir bo'lakdan ikkinchisiga o'tish, bloklar, bezaklar, matnlar to'liq ko'rsatiladi. Tadbirlar bir kunda o'tib ketsa ham uni "san'at" darajasiga kelgunicha ularning ancha ter to'kib mehnat qilishlariga to'gri keladi. Bitta bayramni tayyorlaguncha oylab vaqt ketadi. Tadbirning ssenariysini yaratish, ijodiy jamoaiarni yig'ish, boshlovchilar bilan ishlash, sahna ko'rinishlarini tayyorlash, ansambllarni jalb qilish, sahnani bezash, repitisiyalami o'tkazish va boshqa tashkiliy ishlar tadbir tashkilotchisini bir zumga ham bo'sh qo'ymaydi.
Ommaviy bayram va tomoshalar ssenariysi tomoshabinga ko'p tomonlama emotsional ta'sir qilishi bilan birga tomoshabinlami bayramning faol ishtirokchisiga aylantirib, tomoshabinni, qahramonlar o'rtasidagi u yoki bu qarama-qarshiliklarga bo'lgan munosabatlari, kechinmalarida birga bo'lishni talab qilmaydi. Shuning uchun ommaviy bayram va tomoshalar ssenariysida doimo qaramaqarshilikning bo'lishi talab qilinmaydi. Masalan, «Navro'z», «Mehrjon», «Birinchi qadam» bayramlari, xalq sayillari. Bunday bayram va sayillarda teatrlashtirish janrlaridan foydalanilmasa umuman qarama-qarshilik bo'lmasligi mumkin. Bayramlar xalqning xursandchiligi, shodu xurramligini o'zida aks ettiruvchi tadbirlar turiga kiradi.
Har bir xalqning tarixiy taraqqiyot davomida shakllanib kelgan o'z bayramlari bo'ladi. Ularni o'tkazish va tashkil qilish usullari yildan-yilga o'zgarib, yangilanib, zamonaviylashib boraveradi. Bayramlar o'tkazilishi jihatidan sintetik shaklga ega bo'lib, uni tayyorlashda tarixiy shaxslar, xalq qahramonlarining timsollari ishtirokidagi sahna ko'rinishlar, teatrlashtirilgan lavhalar, fan, madaniyat, san'at arboblari bilan uchrashuvlar, konsert dasturlari, spektakllar, dorboz va qiziqchilarning chiqishlari, sport o'yin va musobaqalari, turli amaliy, tasviriy san'at asarlari, shuningdek, bolalar texnik to'garaklari ishtirokchilari tomonidan yasalgan texnik vositalarining ko'rgazmalari kabi ko'plab shakl va usullarini birlashtiradi. Bayramlar kishilar hayotidagi eng quvonchli, hissiyotli damlar, xushkayfiyatchog'lar, birdamlik, mehr-oqibat, kelajakka ishonch tuyg'ularini o'zida qamrab oigan buyuk bir ijodiy va tashkiliy jarayondir

Download 98.87 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling