Vulqon lavasining tez sovishi natijasida hosil bo'ladigan tog' jinsi bu bazalt deb ataladi. U tabiiy hosil bo'ladigan toshdir. Dunyoda ulkan va juda katta zahiraga ega bazalt konlari bo'lgan mamlakatlar mavjud. Bazalt qurilish uchun zamonaviy ekologik toza mahsulotlar, shuningdek, kompozit sanoati uchun xom ashyo sifatida ishlatiladi. Ushbu xom ashyo birinchi navbatda qurilish sohasida keng qo'llaniladi. U yo'l qoplamalarini qurishda, asfalt va beton kabi qurilish materiallari, pol va qoplama plitkalar va qurilish armatura, issiqlik saqlovchi qurilish materiallari, geosetka va boshqa turdagi bir qancha mahsulotlar ishlab chiqarish uchun ishlatiladi. Ushbu xom ashyo birinchi navbatda qurilish sohasida keng qo'llaniladi. U yo'l qoplamalarini qurishda, asfalt va beton kabi qurilish materiallari, pol va qoplama plitkalar va qurilish armatura, issiqlik saqlovchi qurilish materiallari, geosetka va boshqa turdagi bir qancha mahsulotlar ishlab chiqarish uchun ishlatiladi. Bazalt - bu juda og'ir va mustahkam tosh bo'lib, u odatda shishasimon, kriptokristalli aforik yoki porfir tuzilishga ega bo'lgan quyuq kulrang, qora yoki yashil-qora jinslardir.Uning fizik xususiyatlari juda ko'p bo'lib, ushbu tosh yuqori mustahkamlikga ega va elastiklik moduli mavjud, harorat o'zgarishi bazaltga ta'sir qilmaydi, u kislotalar va ishqorlarga chidamli va namlikni o'ziga yutmaydi. Bazaltning yana bir afzalliklari u korroziyaga uchramaydi, uni konlardan qazib olish va sotish juda ko'p mablag' talab etmaydi. Ushbu material ekologik toza. Bazaltdan uzun, qisqa va ingichka tolalar ishlab chiqariladi va kerakli sohalarga belgilangan tartibda ishlatiladi.Bazaltning zich tuzilishi undan tosh momig'i yoki tolasi olish imkonini beradi. Tegishli mahsulotni olish uchun maydalangan tosh eritiladi,so'ngra hosil bo'lgan suyuq lavadan tolalar hosil bo'ladi.Dastlabki eritish va tayyorlash uchun tabiiy sharoitda amalga oshirilgan bazalt xom ashyosidan foydalanish kam energiya sarfi bilan bazalt tolalarini ishlab chiqarishga imkon beradi. Bazalt tolasi – bazalt jinslaridan, ularni eritish va eritmani tolalarga aylantirish orqali ishlab chiqariladi. Sanoatda bazalьt tolasini ishlab chiqarish usuli 80-yillarning boshlarida kashf etilgan hamda qo'llanilgan. Uning asosiy rivojlanish markazi Ukrainadir.
Do'stlaringiz bilan baham: |