Mavzu: Bazalt armatura ishlab chiqarish texnalogiyasi Bajardi: To’raboyev Ergash Reja: Reja


Download 1.15 Mb.
bet3/9
Sana19.06.2023
Hajmi1.15 Mb.
#1602838
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
Polimer slayd

Bazalt - bu juda og'ir va mustahkam tosh bo'lib, u odatda shishasimon, kriptokristalli aforik yoki porfir tuzilishga ega bo'lgan quyuq kulrang, qora yoki yashil-qora jinslardir.Uning fizik xususiyatlari juda ko'p bo'lib, ushbu tosh yuqori mustahkamlikga ega va elastiklik moduli mavjud, harorat o'zgarishi bazaltga ta'sir qilmaydi, u kislotalar va ishqorlarga chidamli va namlikni o'ziga yutmaydi. Bazaltning yana bir afzalliklari u korroziyaga uchramaydi, uni konlardan qazib olish va sotish juda ko'p mablag' talab etmaydi. Ushbu material ekologik toza. Bazaltdan uzun, qisqa va ingichka tolalar ishlab chiqariladi va kerakli sohalarga belgilangan tartibda ishlatiladi.Bazaltning zich tuzilishi undan tosh momig'i yoki tolasi olish imkonini beradi. Tegishli mahsulotni olish uchun maydalangan tosh eritiladi,so'ngra hosil bo'lgan suyuq lavadan tolalar hosil bo'ladi.Dastlabki eritish va tayyorlash uchun tabiiy sharoitda amalga oshirilgan bazalt xom ashyosidan foydalanish kam energiya sarfi bilan bazalt tolalarini ishlab chiqarishga imkon beradi. Bazalt tolasi – bazalt jinslaridan, ularni eritish va eritmani tolalarga aylantirish orqali ishlab chiqariladi. Sanoatda bazalьt tolasini ishlab chiqarish usuli 80-yillarning boshlarida kashf etilgan hamda qo'llanilgan. Uning asosiy rivojlanish markazi Ukrainadir.

Bazalt armaturasi ekologik toza, u toksik moddalarni ajratmaydi. Shuningdek u issiqlikni yaxshi saqlaydi, sezgirlik darajasi yuqori bo'lgan,tibbiy uskunalarning ishlashiga salbiy ta'sir ko'rsatmaydi. Bazalt armaturasi qo'llanilgan binolarda mobil aloqa signali yaxshiroq o'tadi. Bazalьt armaturasi payvandlanmaydi, shuning uchun u plastik xomutlar yordamida yoki oddiy bog'lovchi sim bilan mahkamlanadi, bu inshootning zilzilalarga bardoshliligini oshiradi. Bazalt armaturasini montaj qilish uchun katta va qimmat qurilish texnikasidan foydalanish zarurati yo'q. Diametri 12 mm gacha bo'lgan armaturani tashish oson, u bukiluvchan bo'lib, rulonlarga o'raladi.Diametri 14 mm va undan kata bo'lgan bazalьt armatura holatida armaturalarning uzunligi buyurtmachining ixtiyoriga qarab bajariladi.


Download 1.15 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling