Mavzu: behbudiyning padarkush dramasida davr illatlarining fosh etilishi


Behbudiy-ma`rifatparvar.”Padarkush”`fojiasi haqida


Download 0.78 Mb.
bet5/5
Sana10.11.2023
Hajmi0.78 Mb.
#1764031
1   2   3   4   5
Bog'liq
Behbudiyning padarkush dramasida davr illatlarining fosh etilishi oo

2.2. Behbudiy-ma`rifatparvar.”Padarkush”`fojiasi haqida

Behbudiy ijtimoiy va siyosiy maqsadlarini asarga singdirish uchun qadim turkistonliklar amal qilgan adabiy o‘yinlar, kinoya va qochiriqlar ko‘p, ma’noli so‘zlardan mahorat bilan foydalanadi. Behbudiy o‘z yurtdoshlarini chinakam qotil kim va u nima uchun bu jinoyatga qo‘l urgani haqida jiddiy o‘ylab ko‘rishga majbur qiladi.Ma’lum bo‘ladiki, «Padarkush»da aynan va ramziy ma’noda turli darajadagi o‘lim sabablari metafora sifatida ko‘rinadi.


U oila boshlig‘i (fransuzcha Patrie – patriarx – birinchi qabila va urug‘ boshlig‘i)ning o‘limini aks ettirish bilan bevosita madaniy qoloqlik tufayli asriy Turkiston inqirozga uchraganini, endi bunday yashab bo‘lmasligini oldindan bashorat qiladi. Bir vaqtning o‘zida muallif jamiyatning baxtsizlik, qoloqlik tomon ketishini ko‘rsatish bilan birga, 1900 yillarda tuzilgan Markaziy Osiyo musulmonlari jamiyatining faol a’zolari parokanda bo‘lib ketganligiga ishora qiladi. O‘z davrining peshqadam adibi, birinchi dramaturgi yuqoridagi nozik mushohadalari orqali turkistonlik yoshlarga millat, jamiyat uchun nihoyatda dolzarb bo‘lgan muhim va jiddiy muammolarni o‘rtaga tashlaydi. Ma’lum guruhlarning o‘ziga ortiqcha bino qo‘yishi, takabburligi bo‘lajak fojialarga, qaltis oqibatlarga sabab bo‘lishi mumkinligidan ogohlantiradi. Darhaqiqat, oradan ko‘p o‘tmay, jaholat qo‘ynida qolgan Turkiston parchalanib ketdi. Xurriyat istagan Markaziy Osiyo xalqlari chinakam Mustaqillikka erishishlari uchun yana ko‘p yillar bolshevizm zulmi ostida yashashga majbur bo‘ldilar.

1.”Padarkush” so’zining ma’nosi- ota qotili.


2.Dramaning asosiy g’oyasi-jaholat,ilmsizlik,tarbiyasizlikka qarshi ma’rifat ulug’lanadi.Yangicha ta’lim –tarbiyani xalqqa targ’ib qiladi.
3.Dramadagi asosiy obrazlar-Boy ,Toshmurod,Domla,Ziyoli,Tangriqul.
4.Boy-dunyoning jamiki izzatini faqat boylkida deb tushunadi.”Axir odamlar o’qimishli kishidan-mulladan ko’ra o’qimagan bo’lsa ham puli ko’p boyni hurmat qiladi-ku”,deydi u.Shuning uchun ham,uning fikricha,o’ziga o’xshagan boylarni faqat musulmonlar emas,hatto o’ris va armanlar ham hurmat qiladi. Toshmurod-o’qimagan,odobsiz (asarning boshidagi ota va o’g’il munosabati),otaning qotili asli Tangriqul,lekin bola ”ota qotili”. Sababchisi o’g’ildagi norasolik,ilmsizlik,jaholat,badxulq odamlar bilan hamroh orttirgani.
5.Domla-boyning fikrlariga qarshi chiqib,bolani albatta,o’qitish zarur,degan fikrni aytadi.Xulosa chiqarsak bo’lmaydimi axir,20-30 yildan beri yirik savdo ishlari yerli xalq emas,chetdan kelganlar qo’lida.Agar bolalarimiz o’qigan ,savodli,ilmli bo’lsa,shu ko’yga tushmaymiz,deydi.Lekin boy bu fikrlarga loqayd qaraydi.
6.Ziyoli-u orqali ma’rifatparvarlik g’oyalarini targ’ib qiladigan,yangicha fikrlaydigan, millatchi musulmon.Maqsadi millat ko’zini haqiqat nuri bilan ochish.Ziyoli fikricha,”yoshlarimiz gimnaziyalarni o’qib bitirgandan so’ng Peterburg va Moskva dorilfununlarida do’xturlik,qonunchilik,handasa,adliya,ilmi sanoat,ilmi muallimlik sohalarini o’zlashtirish lozim.Bu bilan kifoyalanmay, bolalarimizni Farangiston,Amriqo,Istambul dorilfunnunlariga ta’lim-tarbiya uchun yuborishimiz zarur

“-Asarni o’qib shunday xulosaga keldim!”.





Mahmudxo`ja Behbudiyning insonlarni ilmli bo`lishga undab qilgan ishlari va o`ziga xos fazilatlari haqida yozadilar
Mahmudxo`ja Behbudiy o`z davrining ziyolilari yetakchisi , ma`rifat fidoyisi, millatparvar insoni edi.Yangi usuldagi maktablar tashkil etishda jonbozlik ko`rsatgan. “Samarqand” gazetasi , “Oyna” jurnalini nashr ettirgan.O`zbek millatini ilmli,ziyoli,tadbirkor xalq sifatida ko`rishni orzu qiladi,ilg`or millatlar qatorida ko`rishni xohlaydi.
Butun umrini jaholat va zulmatni ilm - ma`rifat yog`dusi bilan yoritishga bag`ishlagan Mahmudxo`ja Behbudiyning hayoti ayanchli tarzda yakun topdi.1919-yil 25- martda Shahrisabzda qatl etiladi.
Behbudiy o`zbek teatrining tamal toshini qo`ygan inson sanaladi.Dramada jaholat , ilmsizlik, tarbiyasizlikka qarshi ma`rifat ulug`lanadi.Muallif “o`qimagan bolaning holi” ni ,ayanchli oqibatlarini bayon qiladi.Aziz o`quvchi!Bir narsani yodingizdan chiqarmangki, mehnat- mashaqqatsiz hech qachon biror narsaga erishib bo`lmydiQachonki o`qib bilim olsangiz , shundagina hayot yo`lingiz saodatli,umringiz oxirigacha rohat -farog`atda o`tadi. Xulosa qilib aytganda ,”Padarkush” dramasi ilm - ma`rifatga targ`ib va tashviq qiluvchi tarbiyaviy ahamiyat kasb etadi.

XULOSA

Xulosa qilib aytganda, Behbudiy o`zbek teatrining tamal toshini qo`ygan inson sanaladi. Mahmudxo`ja Behbudiyning insonlarni ilmli bo`lishga undab qilgan ishlari va o`ziga xos fazilatlari haqida yozadilar. Butun umrini jaholat va zulmatni ilm - ma`rifat yog`dusi bilan yoritishga bag`ishlagan Mahmudxo`ja Behbudiyning hayoti ayanchli tarzda yakun topdi.1919-yil 25- martda Shahrisabzda qatl etiladi. Ma’rifatchilik adabiyoti, ta’lim sohasi, teatr ishlari, ilk o’zbek dramasi, asarning asosiy g’oyasi va ahamiyati, milliy va insoniy qadrni anglash, XX asr adabiyotida o’zlikni anglash, ma’rifatga intilish va milliy ozodlik harakati tasviri. Behbudiyning hayoti va ijodi. “Padarkush” dramasi o’zbek dramaturgiyasining dastlabki namunasi. Dramada ma’rifat va jaholat, ezgulik va yovuzlik timsollari


XX asr boshlarida hayotdagi tub o’zgarishlarga monand holda o’zbek adabiyoti va san’atiga yangi janrlar muvaffaqiyatli ravishda kirib kela boshladi. Hayot va jamiyatda mavjud bo’lgan muammolar haqida chuqur o’ylaydigan, fikr yuritadigan yozuvchilar oldida mislsiz keng imkoniyatlar ochildi. Tashqi adabiy ta’sirlar mumtoz adabiy an’analarga tayanib kelgan mualliflar oldiga xarakter, shakl, uslub va tomoshabin (kitobxon) ga munosabat borasida yangi vazifalarni qo’ya boshladi. Iste’dodli ijodorkorlarning samarali izlanishlarida novatorlik kurtaklari yuz ko’rsatdi. XX asr boshlarida Markaziy Osiyodagi turkiy adabiyot aruz vazniga tayangan bo’lsa, asr so’ngida jahon adabiyotiga xos bo’lgan yuksak adabiy shakllar, uslublar yangi o’zbek adabiyotida ham tamoman o’ziga xos milliy qiyofada ustuvor o’rin tutmoqda. Ma’rifatchilik adabiyoti, ta’lim sohasi, teatr ishlari, ilk o’zbek dramasi, asarning asosiy g’oyasi va ahamiyati, milliy va insoniy qadrni anglash, XX asr adabiyotida o’zlikni anglash, ma’rifatga intilish va milliy ozodlik harakati tasviri. Behbudiyning hayoti va ijodi. “Padarkush” dramasi o’zbek dramaturgiyasining dastlabki namunasi. Dramada ma’rifat va jaholat, ezgulik va yovuzlik timsollari.


FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR


Download 0.78 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling