Mavzu: Bemorlarni ovqatlantirish. Shifobaxsh ovqatlanish va parhez stollar haqida tushincha
Download 7.73 Kb.
|
1313 (1)
- Bu sahifa navigatsiya:
- E’tiboringz uchun rahmat!
Mavzu: Bemorlarni ovqatlantirish. Shifobaxsh ovqatlanish va parhez stollar haqida tushincha Bеmorlarni ovqatlantirish Oziqlanish – inson salomatlik holatiga, mehnat layoqatiga va tashqi muhit ta'sirlariga organizmning qarshilik ko’rsata olish xususiyatlariga sеzilarli ta'sir ko’rsatadigan muhim omillardan biri xisoblanadi. Gippokrat shunday degan, "... oziq-ovqat dori va dori-ovqat bo’lishi lozim". Diеtaa (parhez) (yunoncha diaita - turmush tarzi, ovqatlanish tartibi) - sog’lom odamlar va bеmorlarning ovqatlanishi tartibidir. Diеtaologiya (diеtaa + yunon logos – ta’limot) - bu miyoriy holatlarda va turli xil kasalliklarda inson oziqlanishini o’rganadigan tibbiyot bo’limi bo’lib, bundan tashqari shifobaxsh ovqatlanishni targ’ib qilish bilan shug’illanadi.. Davolovchi (shifobaxsh) Parhez profilaktika maqsadida (diеtaotеrapiya) –davolash yoki maxsus tuzilgan ozuqaviy ratsionlar va ovqatlanish tartibini qo’llanilishidir. Ovqatlanish tartibi (rejimi) - ozuqa qabul qilish vaqtini va sonini, ularning orasidagi intеrvallarni va ozuqaviy ratsionni bеlgilaydi. Oziq-ovqat ratsioni oziqovqatning enеrgiya qiymati, kimyoviy tarkibi, maxsulot aralashmasini, massasini va oziq-ovqat istе’omoliga bo’lgan talablarni tartibga soladi. Organizm jinsi, yoshi va inson jismoniy faoliyatining turi kabi omillarni hisobga olgan holda ovqatlanish oqilona bo’lishi kеrak, ya’ni fiziologik to’laqonli, shuningdеk, muvozanatlashgan - ratsionda oziq moddalarning ma'lum nisbatiga rioya qilingan bo’lishi kеrak. Shifobaxsh-profilaktik ovqatlar. Koʻpgina korxona va muassasalarda shifobaxsh-profilaktik ovqatlar berish joriy etilgan. Ovqatlanishning bu usuli organizmni mustahkamlaydi, tashqi muhitning noxush omillariga boʻlgan qarshiligini oshiradi, moddalar almashinuvi normallashadi, sistemalar funksiyasi yaxshilanadi, ishlab chiqarishdagi zararli chiqindilarning meʼda-ichaklarda soʻrilishi kamayadi, ularning organizmdan chiqib ketishi kuchayadi. Ana shu maqsadlarni koʻzda tutib maxsus ratsion tuzilgan. Shifobaxsh-profilaktik ovqatlar ishlab chiqarish korxonalarining oshxonalarida yoki maʼmuriyat bilan kelishib, maxsus parhez taomlar oshxonalarida tayyorlanadi. Parhez stollar. Kasallik turiga qarab beriladigan taomlar parhez taomlar deyiladi. Ular parhez stollari bilan belgilanib, 15ta parhez stoliga bo’linadi. Parhez № 1 Qaytalanuvchi meda va on ikki barmoqli ichakning yara kasalligi, qaytalanuvchi surunkali gastrit, o'tkir gastritning 1-2-kunida qo'llaniladi. Shuningdek, yuqoridagi kasalliklarning tuzalish davrida ham tavsiya etiladi. Ovqat tarkibi: 4-5 stakan sut, 70-80 gr yog', qaynatilgan 2 dona tuxum, sutli manniy bo'tqa, meva sharbatlari, quritilgan oq non, tvorog, qaynatilgan go'sht va baliq. Parhez № 2 Surunkali gipoatsid gastrit, surunkali enterit va kolitning tuzalish davrida tavsiya etiladi. Ovqat tarkibi: Yog'siz go'sht, kotlet, baliq,tiftil, meva va sabzavotlar, oq non, pechenye, sariyog', tuxum, qatiq, limon. Parhez № 3 Surunkali ich qotganda qo'llaniladi. Ovqat tarkibi: Qora non, sariyog', o'simlik yog'i, meva va sabzavot, yog'li va go'shtli ovqatlar, grechkali bo'tqa, kefir. Parhez № 4 Qaytalanuvchi enterit va kolit kasalligida beriladi. Ovqat tarkibi: Quritilgan oq non, sariyog', guruchli va manniy bo'tqa, go'shtli, baliqli va tovuq go'shtli ovqatlar,limon choy. Parhez № 5 Jigar va o't yo'llari kasalliklari, ularning qaytalanuvchi davrida va pankreatit kasalligida tavsiya etiladi. Ovqat tarkibi: Biroz qotgan (suvi qochgan) oq yoki qora non, grechkali va sabzavotli bo'tqalar, sariyog', tvorog, kefir, qaynatilgango'sht, baliq, dimlangan kotlet, quruq pechenye. Parhez № 6 Podagra kasalligida qo'llaniladi. Ovqat tarkibi: Suvi qochganoq yoki qora non, grechkali va sabzavotli bo'tqa, sariyog', qaynatilgan go'sht, baliq. Parhez № 7 Nefrit, piyelonefrit, sistit, uretrit kasalliklarining o'tkir va surunkali, hamdasog'ayish davrida tavsiya etiladi. Ovqat tarkibi: Sut- qaymoq, tuzsiz non, qaynatilgango'sht, baliq, sabzavot va mevalar, cheklangan miqdorda tuxum,sog'ayish davrlarida esa sutkasiga 2-3 grammgacha ovqatga tuz qo'shib beriladi. Parhez №8 Semizlik (semirish) kasalligida tavsiya etiladi. Ovqat tarkibi: Sutli ovqatlar, yog'siz go'sht, sabzavot va mevalar. Parhez № 9 Qandli diabet kasalligida qo'llaniladi. Ovqat tarkibi: Tuxum, sir, pishloq, ko'katlar, shirin bo'lmagan mevalar. Parhez № 10 Kompensatsiya holati buzilgan yurak-qon tomirlar tizimi kasalliklarida beriladi. Ovqat tarkibi: Sutli mahsulotlar, oq va qora non, qaynatilgan yog'siz go'shtli, baliqli sho'rvalar, sabzavotlar va mevalar. Parhez № 11 Sil, kamqonlik va boshqa qon kasalliklarida beriladi. Ovqat tarkibi: Yuqori kaloriyali ovqatlar (tuxum, go'sht, baliq). Oqsil sutkasiga 120 grammgacha ko'paytiriladi. Parhez № 12 Nerv tizimi kasalliklarida qo'llaniladi. Ovqat tarkibi: Turli-tuman mahsulotlar, biroq achchiq, sho'r, nordon mahsulotlar cheklanadi, kofe berilmaydi. Parhez № 13 O'tkir yuqumli kasalliklarda tavsiya etiladi. Ovqat tarkibi: Ko'p miqdorda suyuqliklar (mineral suv, sharbatlar), qaynatilgan sho'rva, tvorog, tuxum sarig'i. hh Parhez №14 Siydik-tosh kasalligida buyuriladi. Ovqat tarkibi: a) siydikda fosfor cho'kmasi bo'lganda un va go'shtli mahsulotlar miqdori cheklanib, ko'proq loviya, no'xat mahsulotlari beriladi Parhez № 15 Dietani talab qilmaydigan turli kasalliklar uchun buyuriladi. Bunday holda, fiziologik nuqtai nazardan to'liq ovqatlanish, qiyin hazm bo'ladigan va achchiq, sho'r va nordon mahsulotlarni iste'mol qilishni cheklash kerak. E’tiboringz uchun rahmat! Download 7.73 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling