Mavzu: Berilgan axborotlarni avtomatik tizimda hisoblash Reja: Avtomatik va avtomatlashtirilgan boshqaruv tizimi. Qora yashik va matematik modellash


Download 48.33 Kb.
Sana23.04.2023
Hajmi48.33 Kb.
#1392244
Bog'liq
Axborot xavfsizligi 10-dars


Mavzu: Berilgan axborotlarni avtomatik tizimda hisoblash
Reja:
1.Avtomatik va avtomatlashtirilgan boshqaruv tizimi.
2.Qora yashik va matematik modellash.

Agar boshqaruvchi tizimcha bilan boshqariluvchi tizimchalar orasida, ya'ni boshqarish konturida odam ishtirok etmasa, bunday tizim avtomatik boshqaruv tizimi deb ataladi. Bunday tizimlarning obyektqis-mida texnologik jarayonning borishi haqida ma'lumot beruvchi birlamchi o'zgartgichlar (datchiklar) mavjud bo'ladi. Birlamchi o'zgartgichlar tomonidan etkazilgan axborot asosida boshqaruvchi ta'sirlarnivujudga keltiriladi (shakllantiriladi).


Bunday tizimlarning ko'pchiligi «Texnik tizimlarda boshqaruv» yo'nalishiga kirib, avtopilot rejimidagi o'zi o'char, avtomatik zavodlar, yer osti radio-uzatish (odamlarsiz ishlaydigan) tizimlar, tabiat o'zgarishidan xabar beruvchi meteostansiyalar va avtomatik tizimlar misol bo'la oladi.
Agar boshqaruvchi tizimcha bilan boshqariluvchi tizimchalar orasida, ya'ni boshqaruv konturida (doirasida) odam, qaror qabul qiluv-chi shaxs (QQQSh) tariqasida ishtirok etsa bunday tizim avtomat-lashtirilgan boshqaruv tizimi deb ataladi.

Bunday tizimlarda boshqarish konturida EHM mavjud bo'lib uning vazifasi obyektdan chiqadigan informatsiyani, oldindan belgilangan matematik usullar bilan qayta ishlaydi.


Qayta ishlangan informatsiyalarning pirovard natijalari ko'p variantli bo'lib qaror qabul qiluvchi shaxs (qqqsh) kerakli variantini tanlab oladi.
Bunday tizimlar boshqarishning uchchala turlarida ham mavjud bo'lib, ularga texnologik jarayonlarni avtomatlashtirilgan boshqaruv tizimlari, korxonalarni avtomatlashtirilgan boshqarav tizimlari, avtomat­lashtirilgan ish joylari va hokazolar misol bo'la oladi.
QORA YASHCHIK VA MATEMATIK MODELLASH
Boshqarish tizimlarini modellashtirish masalasini echishda «qopa yashchik» tushunchasi qulaylik tug'diradi. Qopa yashchik deganda, tashqi kuzatuvchiga ichki tuzilishi noma'lum, lekin kirish va chiqish qismidagi ko'rsatkichlarning o'zgarishi ma'lum bo'lgan tizim tushuniladi. Bunday holatda, chiqish qismidagi ko'rsatgichlarning kirish qismidagi ko'rsatkichlar o'zgarishida bo'lgan reaksiyasiga qapab tizimning xattiharakati to'g'risida muhim xulosalar chiqarish imkoniyati tug'iladi. Xususan, tuzilishi noma'lum yoki o'ta murakkab bo'lgan tizimlarni obyektiv o'rganish imkoniyatini ochib beradi.

Obyektning chiqish qismidagi ko'rsatgichlarining (Y1Y2,Y3...Yn) kirish qismidagi ko'rsatkichlar (Х1Х2X3,…Хn) o'zgarishiga bo'lgan reaksiyasi orasidagi bog'liqlikning birorta formal (rasmiy) tilda tasvir-lanishi obyektning matematik modeli deyiladi. Matematik modellarning turlari har hil bo'lishi mumkin. Ular funksional bog'liqlik yoki grafika tarzida berilgan tizimning tavsifnomalari, tizimda bo'layotgan harakat-larni tasvirlaydigan tenglamalar, jadvallar tizimining bir holatdan ikkinchi holatga o'tishini ko'rsatadigan grafalar, chiqish (Y1,Y2,Y3…Yn) ning kirish (Х1Х2Y3….Хn) ga bo'lgan munosabatini bildiradigan algebraik, regression tenglamalar va hokazo munosabatlar tarzida bo'lishi mumkin. 3-rasmda ko'rsatilgan obyekt uchun matematik modelni quyidagicha ifodalash mumkin.

Bu tenglamadagi koeffitsientlar Yi,Y2,Y3...Yn larni vujudga kelti-rishda Yi,Y2,Y3...Yn laming qo'shgan ulushini ko'rsatadi.
Obyektning matematik modeli mavjud bo'lsa, kirish qismidagi ko'rsatkichlarning o'zgarishiga qarab, chiqish qismidagi ko'rsatkichlar qay yo'sinda o'zgarishini bashorat qilish, obyekt ichidagi mavjud bo'lgan, lekin awal aniq bo'lmagan ba'zi-bir qonuniyatlarni ochish imkonini beradi.
Matematik modellarning aniqligi chekli (oldindan aniqlangan) bo'l-gani uchun ham soddalashtirilgan modellar turkumiga kiradi, chunkibunday modellarda haqiqiy obyektda mavjud, lekin miqdor jihatidan ol-dindan belgilangan aniqlikdan ancha kichik bo'lgan ko'rsatkichlar tashlab yuboriladi, ya'ni matematik model ifodasiga kiritilmaydi.
Mavzuga doir savillar? 
1. Boshqarav usullari qaysi davrda boshlanadi?
2. Boshqarav nima?
3. Boshqaruv bilan qanday fanlar shug'ullandi?
4.  Boshqaravning nechta tendensiyasi mavjud?
5. Samarali boshqaravning nechta belgisi bor?
6. Boshqaravning asosiy qurollaridan bin nima?
7. Boshqarav fanining qisqacha shakllanish tarixini aytib bering.
8. Boshqarav fanining Markaziy Osiyoda shakllanish tarixi qanday?
9. Boshqarish jarayonidagi «tizim» tushunchasi nimadan iborat?
10. Boshqarav tizimining nechta turi bor?
11. Avtomatik va avtomatlashtirilgan boshqarav tizimlari farqini aytib bering.
12. Boshqarish tizimlarida modellashtirish va «Qora yashchik» tushunchasini bayon etib bering.

Foydalanilgan adabiyotlar


Internet ma`lumotlari
Boysun shahri
Download 48.33 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling