Mavzu: Beruniyning falsafiy qarashlari
Empedoklning borliq haqidagi ta’limoti
Download 68.5 Kb.
|
Beruniyning - falsafiy qarashlari
Empedoklning borliq haqidagi ta’limoti
Hayoti: EmpedokI (mil.av.490-430-yillar) Zenonning zamondoshi, falsafiy qissalar muallifi, shoir, faylasuf, muhandis. EmpedokI hayoti va faoliyati Sitsiliyadagi Agrigent shahrida o‘tgan. Agrigent miloddan awalgi davrdagi yunon shaharlari ichida savdo-sotiq nuqtayi nazaridan eng rivojlangan, ilg‘or shaharlaidan hisoblangan. Asosiy asari: U o‘z falsafiy qarashlarini mashhur «Tabiat haqida» asarida bayon etgan. Ta’limoti: U o‘z falsafiy ta’limotida ba’zi masalalar bo‘yicha Eley maktabi g‘oyalariga tayangan bo‘lsada, haqiqiy borliqning ele- mentlari, miqdor masalasida ular bilan kelisha olmagan. Eley maktabining ta’limotiga ko‘ra, haqiqiy borliq yaxlit va o‘zgarmas, u na paydo boiadi va na yemiriladi, hatto ko‘plikka ham ega emas. Empedokl esa eleyliklaming ta’limotiga qarshi chiqib, olamning asosiga to‘rt unsumi qo‘yadi. Uning ta’limotiga ko‘ra, tabiat jismlarning asosini tashkil etadi. Unsurlaming birikishi va ajralishi miqdoriy va sifatiy o‘zgarishlarga bogiiq. Lekin boshlang‘ich ibtidolar o‘z- o‘zicha o‘zgarmaydi. Empedokl o‘z o‘tmishdoshlari g‘oyalarini yaxlit, bir butun tizimga solishga urindi. «U Parmenidning borliq mavjud va u moddiy, borliq hech qayerdan paydo bo‘lmaydi va hech qayerga yo‘qolmaydi, ya’ni u yo‘qlikdan paydo bo‘lishi mumkin emas va yana yo‘qlikka aylanmaydi, degan g‘oyasini qabul qilgan. Yoxud yo‘q narsadan nimadir paydo bo‘lishi mumkin emas va mumkin bo‘lmagan. Eshitilmagan narsadan nimadir paydo bo‘lishi uchun, mavjud bo‘Igan, o‘lgan, ya’ni u qayerga qo‘yilmasin, hamisha bo‘lgan.»13 Va yana: «..hech bir narsada bo‘sh narsaning ham va nihoyatda to‘la narsaning ham o‘zi yo‘q», «Aks holda ular qayerdan paydo bo‘lgan bo‘lar edi? »14, deb hisoblagan. Empedokl olamning asosiga to‘rt moddiy unsur: tuproq, suv, havo va olovni qo‘yadi. Empedokl olov va havoni erkak xudolar sifatida tuproq va suvni esa ayol xudolar sifatida talqin qilib, ulami bir-birlariga qarama-qarshi qo‘ygan. Ba’zan u bu to‘rtta unsumi tirik mavjudod deb qarab, gilozoistik (notirik narsalarni tirik deb talqin etish) ta’limotni ilgari surgan. Empedokl Fales singari butun tabiatni tirik va hatto ilohiy deb bilgan. Uning fikricha, moddiy unsurlar harakatlantiruvchi kuchlar bilan chambarchas bogiiqdir. Barcha unsurlarga harakatlantiruv- chi kuchlar muhabbat va yovuzlik xos. Unsurlami birlashtimvchi kuchni u muhabbat, do‘stlik, garmoniya va hatto Afrodita desa, ularni bir-biridan ajratuvchi kuchni yovuzlik, nafrat kuchi deb hisoblagan. Birlik va ko‘plik masalalarini EmpedokI Eley maktabi fal- safasi va Geraklit falsafasidan farqli, o‘ziga xos ravishda hal etgan. Eleyliklar faqat bir butunlikni, yaxlitlikni e’tirof etganlar, ya’ni yaxlitlikni, fikrda bor desalar, ko‘plik hissiy olam faqat hissiyotimizda boiadi deganlar. Geraklit uchun yaxlitlik va ko‘plik bir paytning o‘zida mavjud, ya’ni hamma narsa bir narsada va bir narsa hamma narsada namoyon boiadi. Empedoklning fikricha esa, birlik va ko‘plik, muhabbat va yovuzlik kabi qarama-qarshi kuchlar bir paytning o‘zida emas, navbatma-navbat mavjud boiadi. U tabiat hayotini davriy jarayon sifatida tushunib, muhabbatni - ashyoviy jismlami birlashtiruvchi kuch, yoviizlikni esa unsurlami parchalovchi kuch, deb tasawur qilgan. Olamda navbatma-navbat muhabbat va yovuzlik kuchlari hukmronlik qiladi. Muhabbat hukmronlik qilgan davrda hamma narsalar birlashadi, tabiat esa sifatsiz sharga o‘xshaydi. Unda alohida moddiy unsurlaming o'ziga xos xususiyatlari saqlan- maydi. Aksincha, yovuzlik hukmronlik qilgan davrda hamma narsa ko‘plikka aylanadi, unsurlar esa o‘ziga xos xususiyatga ega, alohida-alohida holatda boiadi. To‘rtta moddiy unsurlar ichida olov alohida maqomga ega. Uning fikricha, hamma narsaning asosini yovuzlik va muhabbat kuchlari tashkil etsa ham hamma narsa olovdan paydo boiib va у ana olovga qaytadi. Bu yerda uning dunyoqarashiga Geraklit taiimotining kuchli ta’sir etkanligini ko‘ramiz. EmpedokI tabiatdagi barcha narsalaming kelib chiqishini tushuntirishga harakat qilar ekan, sodda boisada, evolyutsionizm g‘oyasiga asos solgan. U nafaqat noorganik tabiatdagi, balki organik tabiatdagi hodisalami kuzatib, qiziqarli farazlami ilgari surgan. Uning fikricha, jismlar to‘rt unsuming teng mutanosibligi asosida paydo bo‘ladi. Masalan, inson va hayvonlarning asablari tuproq va olov unsurlarining bir qismi va suv unsurlarining ikki qismining o‘zaro birlashuvidan tashkil topgan. Dastlab, qorishib ketgan unsurlardan havo ajralib chiqib, atrofga yoyilgan. Keyin ulardan olov ajralib chiqqan. Borliqning eng yuqori qismini havo egallagani uchun olov gumbazsimon holatni tashkil etgan. Empedokl kosmologiyasiga binoan, Yer atrofida ikkita yarim shar mavjud, ular aylanma harakatda bo‘ladi. Birinchi yarim shar faqat olovdan tashkil topgan bo‘Isa, ikkinchi yarim shar esa havo va olov qorishmasidan tashkil topgan. Empedoklning astronomik gipotezasiga ko‘ra, Quyosh tabiatan olovli emas, balki gumbazsimon osmon ostidagi kunduzgi yoritqich bo‘lib, Quyoshning suvda aks etgani kabi u olovning aksidir. Oy esa havodan tashkil topgan. Havo yuqorida quyuqlashib, do‘lga o‘xshash shaklga kirgan. Oy o‘zidan nur taratmay, balki Quyosh yog'dusini aks ettiradi. Empedokl ham Quyosh, Oy tutilishini tabiiy qonuniyat sifatida tusliuntirishga harakat qilgan. Empedokl Geraklit singari olamning rivojlanishi davriy holatda deb bildi. Uning fikricha, olam paydo bo‘ladi va yemiriladi, lekin olamning paydo bo‘lishi dastlabki olovning boshqa holatga o‘tishi orqali emas, balki o‘zgarmas unsurlaming o‘rin almashishi orqali yuzaga kelgan o‘zgarish natijasida sodir bo‘ladi. Bimda hal qiluvchi rol olamni yaratuvchi ikkita kuchlarga taalluqlidir. Muhabbat, yovuzlik kuchlari Geraklitning to‘la mutanosiblik (garmoniya) va kurash g‘oyasini eslatadi. Biroq Empedoklning kuchlari alohida-alohida, qarama-qarshi, ular birlasha olmaydilar. Har bir davrda mutlaq farq qiladigan qarama-qarshi holatlar mavjud, har bir davr to‘rt davrga bo‘linadi. Birinchi davr - muhabbat hukmronlik qilgan davrda barcha unsurlar qorishib, yaxlitlikni tashkil etadi. Muhabbat hamma narsani birlashtirib, markazga joylashadi, harakat to‘liq sokin holatga keladi. Ikkinchi davr - yovuzlik chetdan yoki pastdan asta-sekin markazga yaxlitlik ichiga kirib, muhabbat birlashtirgan turli unsurlami bir-birlaridan ajratib, har birini, ya’ni olovni olov bilan, suvni suv bilan birlashtiradi va h. k. Uchinchi davr - yovuzlik toia hukmronlik qilgan davr. U markazga joylashib, muhabbatni tashqariga siqib chiqaradi. Bu davrda borliq alohida-alohida joylashgan to‘rt unsurdan iborat bo‘ladi. To‘rtinchi davr - muhabbat markazda hukmronlik qilayotgan yovuzlik ichiga kirib boradi va asta-sekin yovuzlikni siqib chiqarib, barcha unsurlami birlashtiradi. Bu davrlar yana takrorla- naveradi. EmpedokI fikricha, olam ikkinchi va to‘rtinchi davrda paydo boigan. U bizning dunyodan tashqarida boshqa dunyolar ham mavjud, degan g'oyani ilgari surgan. EmpedokI bilishni inkor etmadi. Lekin uning ta’kidlashicha, sezgilar bir-biriga monand bo‘lmasa, ya’ni obyekt va subyektdan chiqadigan nurlanishlar bir-biriga mos kelmasa, bilim ham paydo bo‘lmaydi. Inson olamni bilishda obyekt va subyektning g‘ovaklaridan chiquvchi nurlar bir-biriga mos kelishi kerak. Hissiy a’zolarimizning g‘ovaklari turlicha bo‘lganligi uchun har bir a’zo o‘ziga tegishli sezgisini qabul qiladi. Ya’ni ko‘zimiz bilan ko‘ramiz, qulog‘imiz bilan eshitamiz. Ko‘rish ko‘z qorachi- g‘imizda joylashgan olovning nurlanishi orqali sodir boiadi. Ko'z o‘z tarkibida mavjud olov, suv va boshqa unsurlami ma’lum miqdorini qabul qiladi. Ranglar unsurlardan taralib, ko‘z g‘ovaklariga urilib, ko‘zda paydo boiadi. Asosiy ranglar to‘rtta unsur singari to‘rttadir. Oq, qora, qizil va sariq ranglar dan iborat. Oq ranglar olov g‘ovaklari orqali qabul qilinsa, qora rang suv g‘ovaklari orqali qabul qilinadi. Agar ko‘zning tarkibi shunchalik maium boisa, nega ko‘z har xil ko‘radi? Biri yaxshi, biri yomon ko‘radi. EmpedokI buni ko‘zlaming joylashishiga bogiiq deydi. Birining ko‘zida olov unsuri ko‘p boisa, ikkinchisining ko‘zida esa suv unsuri ko‘p boiadi. Olov unsuri ko‘p boigan maxluq tunda yaxshi ko‘radi. Olamni bilishda hissiyotdan tashqari aql ham muhim rol o‘ynaydi. Insonning ongi uning holatiga bogiiq, olgan tasavvurlari tanasining o‘zgarishiga bogiiq. Kishining fikri bu qalbni yuvib turuvchi qondir. Download 68.5 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling