Mavzu: Beruniyning hayoti va ilmiy faoliyati


Download 407.13 Kb.
Sana09.02.2023
Hajmi407.13 Kb.
#1180738
Bog'liq
beruiy

Mavzu: Beruniyning hayoti va ilmiy faoliyati

Beruniyning o‘z so‘zlariga qaraganda, U 973-yilning sentabr oyida qadimgi Xorazmning poytaxti Qiyotda tug‘ilgan. Qiyot Amudaryoning o‘ng qirg‘og‘ida-hozirgi Qoraqalpog‘istonning Beruniy shahri o‘mida bo‘lgan (Beruniy shahri avval Shabboz deb atalgan). 0 ‘sha davrda Qiyot gullab yashnagan shahar boigan. U shimolga-sharqiy Yevropa xalqlariga, janubga Buxoro, Eron, Hindiston va Xitoyga olib boruvchi chorrahada joylashganligidan 0 ‘rta Osiyoning ichki va tashqi savdosida katta rol o‘ynagan.

Beruniyning yoshlik va bolalik yillari o‘sha shaharda o‘tgan. Bu yerda Qiyotni Iroqiylar sulolasining oxirgi vakili xorazmshoh Abu Abdulloh Muhammad ibn Ahmad ibn Iroq boshqarar edi. Xorazmshoh amakisining o‘g‘li Abu Nasr ibn Iroq o‘sha davrning mashhur matematigi va bilimdon kishisi edi. Menelayning «Sferik» nomli asarini yunon tilidan arab tiliga taijima qilgan, sferik uchburchaklar uchun sinuslar teoremasini birinchi bo‘lib isbotlagan ham Ibn Iroq hisoblanadi.

1022-1024-yillari Beruniy Mahmud G‘aznaviyning Hindistonga qilgan yurishida unga hamroh bo‘lgan va Panjobdagi Nandna qal'asi yaqinida Yer shari meridiani bir gradusining uzunligini o‘lchagan va uni 55,887 milga teng deb topgan. Uni metrlarga aylantirsak, 112 194,5 metrga teng bo‘ladi. Bu natijani hozirgi ma’lumotlar bilan taqqoslab, Beruniy 620 metrga xato qilganligini ko‘ramiz.

Beruniyning 150 taga yaqin asari ma’lum. Ular orasida bizgacha yetib kelganlaridan eng muhimlari: «Hindiston», «Yodgorliklar», «Qonuni Mas'-udiy», «Geodeziya», «Farmakognokiya» va «Tafhim» lardir*. Uning qolgan asarlarini quyidagicha guruhlarga bo‘lish mumkin: astronomiyaning ba’zi masalalariga doir asarlari-32 ta; astronomiya asboblari haqidagi asarlari-10 ta; matematikaga doir asarlari-22 ta; astrologiyaga doir asarlari-21 ta; turli fanlar (fizika, minerologiya, adabiyot, tarix va boshqalar) ga taalluqli asarlari-38 ta; tarjima asarlari-21 ta; Afsuski Beruniyning ma’lum asarlaridan ham 30 taga yaqini bizgacha yetib kelmagan. Qolganlari yo‘qolib ketgan yoki hali dunyo kutubxonalari ro‘yhatidan topilmagan.

Beruniyning matematikaga doir eng muhim asarlari Uning matematikaga doir maxsus asarlaridan quyidagilari bizgacha yetib kelgan: 1. «Vatarlar»-»Doira vatarini unga ichki chizilgan ichki chiziqlaming xossasi yordamida aniqlash haqida risola». 2. «Rashika» - Hind rashiklari haqida risola. 3. «Proyeksiyalash»-Yulduzlar turkumlarmi tekislikka proyeksiyalash va (Yerdagi)joylami tekislikda tasvirlash haqida. 4. «Sfera»-Sfera sirtida sodir bo‘ladigan (shakllar)haqida astronomiya kaliti kitobi. 5. Abu Rayxonning Abu Saidga xati. 6. Sfera sirti haqida marvarid kitob.


Download 407.13 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling