Mavzu: Beton mahsulotlari sifatni aniqlash (amaldagi miyyoriy texnik xujjatlarga asoslanib) (yengil beton) misolida
Download 340.44 Kb.
|
Mundarija Kirish
- Bu sahifa navigatsiya:
- Beton Plitalari
- Beton nimalarga ishlatiladi
Beton MarkasiBeton harid qilish vaqtida uning markasiga ahamiyat qaratish juda muhim. Standart beton markalari – M100, M150, M200, M250, M300, M350, M400, M450, M550 va M600 hisoblanadi. Bu nimani anglatadi? Marka – betonning mustahkamlik ko‘rsatkichdir. “M” harfi yonidagi raqam qanchalar katta bo‘lsa, betonning mustahkamligi, sovuqqa bardosh bera olishi hamda suv o‘tkazmaslik imkoniyati shunchalik kuchli bo‘ladi. Beton PlitalariBeton asosida ishlab chiqarilgan plitalar qurilishning muhim qismi bo‘lib, ular bo‘lmagan holatda ko‘p qavatli va sanoat binolarini qurish imkoni mavjud bo‘lmasdi. Shuningdek, beton plitalar shaxsiy uylar qurilishida ham ishlatiladi. Ko‘p qavatli binolar qurilishida beton plitalari qavatlarni shakllantirishga yordam beradi. Ushbu qurilish elementi jarayonni osonlashtirish bilan birga uning uchun sarf etiladigan muddatni ham keskin qisqartira oladi. Beton plitalar bir qator afzalliklarga ega: ular olovga chidamli, issiqlik va shovqin izolyatsiyasini ta’minlaydi, hid chiqarmaydi va korroziyaga uchramaydi. Bunda tashqari, har qanday bezak ishlari uchun munosib, chidamli, ishonchli material hisoblanadi. Shuni ishonch bilan ta’kidlash mumkinki, beton – qurilish sohasida ishlatiladigan eng talabgir va universal material hisoblanadi. Uning yordami bilan nafaqat mayda, balki yirik qurilish ishlarini amalga oshirish mumkin. Sifatli beton esa qurilayotgan imorat sifatiga ham bevosita ta’sir ko‘rsatadi. Ishonchli beton mahsulotlarini qayerdan sotib olishni bilmayapsizmi? Bu borada “Turon Beton” sizga yordam berish uchun shay! Oliy toifali mutaxassislar nazorati ostida ishlab chiqarilgan beqiyos mahsulot sifatidan bahramand bo‘ling! Beton nimalarga ishlatiladi?Beton aralashmasining turlari juda ham ko‘p, shu sababli uning aynan nima uchun ishlatilishi aralashma tarkibiga qarab belgilanadi. Beton aralashmasi ichiga ko‘p hollarda turli kimyoviy faol qo‘shimchalar qo‘shiladi, ular betonga yanada ko‘proq xususiyatlar – sovuqqa bardosh bera olish, mustahkamlik, suv o‘tkazmaslik imkoniyatlarini taqdim qiladi. Shu sababli beton juda mashhur va universal mahsulotdir. U asosan quyidagilar uchun qo‘llaniladi: • Qurilish elementlari va konstruksiyalarni mustahkamlash; • Binolarning tashqi va ichki qismini qoplash; • Choklarni yopish; • Bino asosi – poydevor quyish; • Turli yordamchi ta’mirlash va qurilish ishlari; • Yo‘l qurilishi (avtomobil trassalarini qurish); • Ko‘priklar, damba, to‘g‘on va basseynlar qurilishi; • Beton plitalarini ishlab chiqarish; • Temir-beton mahsulotlarini ishlab chiqarish (beton konstruksiyalarini metall karkas bilan armaturalash); • Binolar interyerini hosil qilish (beton devor, ustun, pol); • Tabiiy tosh imitatsiyasi (dekorativ beton). Inshootlarni sinashning asosiy vazifasi qurilish konstruksiyalarining real holati bilan uning hisoblash sxemasi orasidagi moslikni aniqlashdan iborat. Muhandislik inshootlari murakkab kuchlanish-deformatsiyalanish holatida bo`lgan, fazoviy konstruksiyalarni tashkil etadigan ko`p sonli elementlardan tashkil topgan murakkab mexanik sistema hisoblanadi. Hozirgi zamon qurilish mexanikasining ancha rivojlanib ketganiga qaramay, konkret ob’yektlarda, masalan qurilish konstruksiyalarining hisoblash sxemalarida ma'lum darajada ideallashtirishga to’g`ri keladi, bunda real konstruksiyaning asosiy xossasigina hisobga olinadi. Bundan tashqari, qurilish konstruksiyalarining holati tasodifiy xarakterga ega bo`lgan qator omillarga ham bog`liqdir. Sinovlardan maqsad – muhandislik inshootlari, konstruksiya va materiallarning holatini o`rganishdan iborat. Sinovlar laboratoriya va real sharoitlarda, modellar va real ob’yektlarning o`zida o`tkazilishi mumkin. Quruvchi-muhandislar oldiga foydalanilayotgan qurilish konstruksiyalari, binolar va inshootlar holatini o`rganish, ulardan bundan buyon foydalanish imkoniyatini aniqlash yoki rekonstruksiya qilish va mustahkamlash choralarini belgilash kabi vazifalar qo`yiladi. Qo`yilgan masalalarni hal etish konstruksiya va inshootlar holatini tekshirish va o`rganishni taqozo etadi. Tekshiruv natijalari tavsiyalarni berishga asos bo`ladi. Bular asosida loyihachi-muhandislar kerakli konstruktiv yechimlarni ishlab chiqishadi. Qurilish konstruksiyalarini tekshirish quyidagi uch bosqichdan iborat: - loyiha hujjatlari, ishchi chizmalar, ko`rinmas ishlar akti bilan dastlabki tanishuv; - ob’yektni ko’zdan kechirish, ob’yektning loyihaga mosligini aniqlash, ko`zga ko`rinadigan nuqsonlarni (yoriqlar, chakki o’tadigan joylar, temirbeton elementlarini himoya qatlami ko`chgan joylar, metall elementlar zanglagan joylar, elektr payvand, parchin mix yoki bolt bilan birikkan joylar holatini) aniqlash, inshootni tekshirish rejasini tuzish, yemirmaydigan usullar orqali kompleks tadqiqotlar o`tkazish; - inshoot holatini tahlil qilish va aniqlangan nuqsonlarni bartaraf etish chora-tadbirlarini ishlab chiqish. II.Bob. Yengil betonlarning xarakteristkasi, turlari, sifatini aniqlash usullari va vositalari. 2.1. Yengil beton xarakteristkasi va namenklaturasi. Download 340.44 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling