Mavzu: bilimlarga asoslangan tizimlar reja: Suniy intellekt googlening si yangiliklari


Download 13.11 Kb.
bet3/3
Sana28.08.2023
Hajmi13.11 Kb.
#1670937
1   2   3
Bog'liq
Suniy intelekt nima

https://bard.google.com/
orqali foydalanishingiz mumkin.
Ta'kidlash joizki, u hali ham beta versiyada.
Google Photos yana yangi sun'iy intellekt funksiyaga ega bo'lmoqda
Google Photos o'tgan yili suratlardan ortiqcha narsalarni olib tashlash kabi sun'iy intellekt bilan ishlaydigan Magic Eraser funksiyasiga ega bo'lgan edi. Bu yil esa u Magic Editor bo'lmoqda va bu ham SI bilan ishlaydigan xususiyat bo'lib, u suratlarni tahrirlashda katta yordam beradi.
Masalan, u sizga suratdagi odamni uzoq vaqt bosib turish bilan uni fondan kesib, uni suratning boshqa joyiga qo'yishga yoki suratning ramkadan tashqaridagi joylarini qayta yaratishga imkon beradi. Ushbu funksiya ham yil oxirigacha chiqariladi.
Google qidiruv tizimiga sun'iy intellekt qo'shilmoqda
Sun'iy intellekt qidiruv tizimlari uchun yangi trend bo'ldi va barcha uni o'zlashtirishda davom etmoqda, shular qatorida Google ham. Google – qidiruv tizimi, endi sizning so'rovlaringizga Palm 2 katta til modeli orqali javob beradi. Ta'kidlash joizki, Bard ham xuddi shu til modelida ishlaydi. Bunda siz qidiruvingizning eng yuqori qismida SI bilan yaratilgan alohida maydonga ega javobni ko'rasiz.
Shuningdek, siz mavzu doirasida keyingi savollaringizni ham so'rashingiz mumkin va sun'iy intellekt mavzuni unutmagan holda sizga javob beradi. Albatta, sun'iy intellekt maydonidan pastroqda siz an'anaviy Google javoblarini topishingiz mumkin.
Sun'iy intellekt Android'ga ham kelmoqda. Google shu yilnign kuz faslida sun'iy intellekt bilan yaratiladigan fon rasmlari xususiyatini chiqaradi, bu esa Android foydalanuvchilari so'rovlariga ko'ra yaratilgan suratlarni fon rasm sifatida qo'yish imkonini beradi.
Bulardan tashqari konferensiya davomida Google o'zining kod yozadigan Codey, matnni musiqaga aylantirib beradigan MusicLM, foydalanuvchi qaydlarini yig'adigan va ularni tartibga solib, umumlashtiradigan Tailwind loyihasi va boshqa bir qancha sun'iy intellekt bilan bog'liq yangiliklarni namoyish qilgan. Bo'lib o'tgan Google I/O taqdimotini o'tkazib yuborgan bo'lsangiz uni siz yuqoridagi YouTube video orqali qayta tomosha qilishingiz mumkin.
Download 13.11 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling