Mavzu: Bilimlarni boshqarish va ixtisoslashgan axborot tizimlari


Download 31.82 Kb.
Sana14.02.2023
Hajmi31.82 Kb.
#1196795
Bog'liq
Sitora


Mavzu: Bilimlarni boshqarish va ixtisoslashgan axborot tizimlari
Reja:
1. Bilimlarni boshqarish tizimlari
2. Ixtisoslashgan axborot tizimlari
Bilimlar tizimi bu – asosan bilimlar bazasidir. Bilimlar bazasi biror sohada oldindan belgilangan shart-sharoitlarga javob bera oladigan ma'lumotlar bazasini yaratish va undan foydalanish muhim ahamiyat kasb etadi. Bilimlar bazasini shakllantirish turli uslublar orqali amalga oshirilishi mumkin. Bunda muammolarning aksariyati bilimlar bazasining umumiy tuzilishi va uni tashkil etuvchi elementlarning o'zaro bog'lanish usuliga taalluqli bo'ladi. Umumiy hofda bilimlar bazasini yaratish dasturlar tizimini yaratishga o'xshash bo'ladi. Bilimlar bazasi - bu ayrim predmet sohalari murakkab vazifalar yechimini topish uchun tahlil va xulosalarni yuzaga keltiruvchi model, qoida, omillar (ma’lumotlar) majmuidir. Bilimlar bazasi jamiyatning ajralmas qismi bo'lib, uning o'tmishi, bugungi kuni va kelajagi haqidagi bilimlarni o'zida mujassamlashtiradi. Bilimlar bazasida jamlanadigan ma'lumotlar matn, belgi, raqam, jadval, grafik, rasm va boshqa ko'rinishlarda bo'lishi mumkin.
Ma’lumotlar bilimlar bazasining berilgan qismlariga joylashtiriladi va bu qismlar sektorlar deb ataladi. A B C D Har bir sektorda ma'lum qoidalarga ko'ra ishlatiladigan bilim (ma'lumot)lar bo'laklari joylashadi. Har bir sektordagi ma'lumotlardan yakka holda foydalanish, ya'ni sektorlarni boshqarishni avtonom holda olib borish mumkin. Sektorlarni quyidagicha taqsim lash mumkin: A- matnli axborotlar, В - grafikli axborotlar, С - jadvallar, D - diagrammalar.
Bilimlar bazasidan foydalanish tartibi turlicha bo'lishi mumkin va uni belgilash foydalanuvchining xohishiga bog'liq. Qoidalar ketma-ketligi esa iyerarxik tuzilishda bo'ladi. Bilimlar bazasi qoidalar tarmog'i sifatida tasvirlanadi. Tarmoqning har bir holatdagi o'tish yo'li muloqot jarayonidagi foydalanuvchining javobiga bog'liq bo'ladi. Muloqot quyidagi tarzda olib boriladi: ¬dastur foydalanuvchiga tizimga qanday savollar berish mumkinligi haqida yo'nalish beradi.
Berilgan sohadagi bilimlar bazasidan foydalanish har bir foydalanuvchidan ma'lum darajadagi ko'nikma va malakalarni talab qiladi. Bunday ko'nikmalarga turli shakldagi aqliy faoliyat turlari: tahlil, sintez, umumlashtirish, abstraktlashtirish, qiyoslash, modellashtirish, strukturalash, o'xshashlik darajalarini o'rnatish va boshqalar kiradi.
Axborot qidiruv tizimlari – bu vеb-sayt hisoblanib Intеrnеt tarmog’ida axborotlarni qidirish imkoniyatini taqdim etadi. Bunda yuqorida sanab o’tilganidеk Google , Yahoo dunyodagi eng mashhur qidiruv tizimlaridan hisoblanadi. Bizning davlatimizda WWW.UZ axborot-qidiruv tizimi qidiruv so’rovlari bo’yicha ilg’orlardan biridir. Bundan tashqari Intеrnеt tarmog’ida ma'lum sohada ishlaydigan ixtisoslashgan qidiruv tizimlari ham mavjud. Bulardan eng ommaboplari:
“KtoTam” – insonlar to’g’risidagi axborotlarni qidirishga mo’ljallangan yangi turdagi axborot-qidiruv tizimi. Bunda insonlarni ismi, sharifi, familiyasi, kasbi, lavozimi va unvoni hamda tashkilot va boshqa insonlar orqali topish mumkin.
“Tagoo” – musiqalarni qidirishga mo’ljallangan qidiruv tizimi. Boshqa qidiruv tizimlariga nisbatan ushbu tizim o’zining kеngaytirilgan musiqa bazasidan va boshqa saytlarning mp3 rеsruslaridan qidirib ularning ro’yxatini shakllantiradi. So’rovda musiqa nomini, uning ijrochisini hamda albom nomlarini ham kiritish mumkin.
“Truveo” – Intеrnеtning turli rеsurslaridagi vidеomatеriallarni qidirishga ixtisoslashgan axborot – qidiruv tizimi. Bu tizim orqali on-layn vidеo hamda tеlеdasturlar namoyishlarini ham qidirib topish mumkin.
“Kinopoisk” – filmlar to’g’risidagi axborotlarni qidirish tizimi. Qidiruv vaqtida filmning nomi, chiqqan yili, janri, ishlab chiqqan davlat nomi, kompaniya nomi, aktеrlar ismlari hamda rеjissеrlar va stsеnariy mualliflari ism shariflaridan ham foydalanish mumkin.
“Ebdb” – elеktron kutubxonalardan kitoblarni qidirishga ixtisoslashgan axborot-qidiruv tizimi. Ushbu saytning ma'lumotlar bazasida elеktron ko’rinishda tarqatiladigan adabiyotlarning ko’plab mashhurlari to’plangan. Qidiruv natijalari kitob nomlari bo’yicha guruhlanadi.
“Ulov-Umov” – rеzyumе va vakant joylarni qidirish tizimi. Bunda qidiruv jarayonida karеra va ishga bag’ishlangan hamda ijtimoiy tarmoq va boshqa saytlar vakansiyalari tеkshiriladi va ro’yxati shakllantiriladi.
Boshqarish - bu o‘ta muhim funktsiya, usiz hech bir tashkilot maqsadgayo‘naltirilgan faoliyat yurita olmaydi. Boshqarishning maqsadi raqobat kurashidaomon qolish, ko‘proq foyda olish, muayyan bozorlarga chiqish va hokazolardir.Boshqarish aniq bir tashkilotlarning o‘ziga xosligi va boshqarish maqsadlarigabog‘liq holda ularni barqarorlashtirish, sifat belgilarini saqlash, muhit bilan iqtisodiymuvozanatni ushlash, tashkilotni takomillashtirishni va u yoki bu foydali samaragaerishishni ta’minlashga imkon beradi.
Boshqarishni amalga oshirish alohida vazifa sanaladi.
Uni bajarish uchuntashkilotning ayrim elementlari ixtisoslashadi. Shu bois ham tashkilot doirasidaboshqariladigan jarayon (boshqarish ob’ekti) va boshqaruvchi qism (boshqaruvorgani) ni ajratib ko‘rsatish mumkin. Ularning yig‘indisi boshqaruv tizimi sifatidabelgilanadi.
Boshqariladigan obyekt kirish oqimlarini (masalan, xom-ashyo. materiallar) chiqish maxsulotlariga (tayyor mahsulot) aylantirish bo‘yicha operatsiyalar yig’indisini bajaradi.
Boshqaruvchi qism boshqariluvchi jarayonga muayyan ta’sir ko‘rsatadi.Boshqaruvchi qism boshqaruvni amalga oshirishi uchun unga boshqariladigan jarayonni boshqarish maqsadida aniq holatini qiyoslash talab etiladi, chunki shu boisboshqariladigan jarayon boshqaruvchi qismga ta’sir ko‘rsatadi.Ikkala qismning bir-biriga o‘zaro ta’siri axborotni uzatish shaklida amalga oshiriladi. Shu tariqaboshqaruv tizimida doimo yopiq axborot konturi mavjud bo‘ladi.
Axborot konturi doirasida boshqarish maqsadlari haqida, boshqariluvchi jarayon holati haqida, boshqaruvchi ta’sirlar haqida axborotga egabo‘linadi va uzatiladi. Axborot tizimiga kiradigan ma’lumot sifatida axborotnishakllantiruvchi axborot manbalari va ma’lumotlarni yig‘ish tizimi ko‘rib chiqiladi.
Axborot tizimini boshqarish - axborotni qayta ishlash va boshqaruv qarorlarini qabul qilish uchun tan olingan ma'lumotlar, iqtisodiy va matematik usullar va modellar, texnik, dasturiy ta'minot, boshqa texnologik imtiyozlar va fahivtsivlar to'plami. Axborotni boshqarish tizimlarining tasnifi boshqaruv jarayonlarining turlariga, boshqaruv darajasiga, ushbu tashkilotning iqtisodiy ob'ektining ishlash ko'lamiga, boshqaruvni avtomatlashtirish darajasiga qarab belgilanadi. 
Operatsion darajasi boshqaruv takrorlanuvchi vazifalar va operatsiyalarga yechim va joriy joriy ma'lumotlarning o'zgarishiga tezkor javob beradi. Bu darajada bajariladigan operatsiyalar hajmi ham, boshqaruv qarorlarini qabul qilish dinamikasi ham ancha katta. Boshqaruvning bunday darajasi ko'pincha o'zgaruvchan vaziyatlarga tezda javob berish zarurati tufayli operativ deb ataladi. Operatsion (operativ) boshqaruv darajasida buxgalteriya hisobi vazifalari katta hajmni egallaydi. Masalan, sotilgan mahsulotlar sonini hisobga olish; muayyan ishlab chiqarish operatsiyalarini bajarishda vaqt, xom ashyo va materiallarni hisobga olish; ishlab chiqarilgan mahsulotlarni hisobga olish; buxgalteriya hisobi va boshqalar.
Funktsional daraja boshqaruv birinchi darajada tayyorlangan ma'lumotlarni dastlabki tahlil qilishni talab qiladigan muammolarni hal qilishni ta'minlaydi. Ushbu darajadagi IACS o'rta darajadagi rahbarlar va mutaxassislar uchun mo'ljallangan (xizmatlar, bo'limlar, ustaxonalar boshliqlari, smena boshlig'i, bo'lim boshlig'i, tadqiqotchilar va boshqalar). Muayyan faoliyat sohasidagi asosiy funktsiyalarni hal qilishda kompaniyaning taktik boshqaruvi asosiy vazifadir
Ushbu darajada tahlil kabi boshqaruv funktsiyasi katta ahamiyatga ega. Yechiladigan vazifalar hajmi kamayadi, lekin ularning murakkabligi oshadi. Shu bilan birga, kerakli yechimni tezda ishlab chiqish har doim ham mumkin emas, tahlil qilish, tushunish, etishmayotgan ma'lumotlarni to'plash va hokazolar uchun qo'shimcha vaqt talab etiladi. Menejment ma'lumotlar kelgan paytdan boshlab qarorlar qabul qilish va ularni amalga oshirishgacha, shuningdek qarorlar qabul qilingan paytdan boshlab ularga javob olishgacha bo'lgan ma'lum kechikish bilan bog'liq. Masalan, mahsulotga bo'lgan talab, raqobatchilarning narxlari va boshqa ko'rsatkichlar bo'yicha statistik ma'lumotlarni tahlil qilish asosida foyda bashorat qilinadi va kelgusi davr (hafta, oy, chorak) uchun ishlab chiqarish rejasi tuziladi. Qabul qilingan boshqaruv qarorlarining natijalari bir muncha vaqt o'tgach paydo bo'ladi.
Strategik daraja tashkilotning uzoq muddatli strategik maqsadlariga erishishga qaratilgan boshqaruv qarorlarini ishlab chiqishni ta'minlaydi. Menejmentning ushbu darajasida IASU tashkilotning top-menejerlariga xizmat qiladi, ularning asosiy vazifasi korxona faoliyatini bozorda strategik rejalashtirish va kompaniya ichidagi boshqaruv taktikasini muvofiqlashtirishdir. Ushbu darajadagi boshqa boshqaruv funktsiyalari hozirda to'liq ishlab chiqilmagan .
Ekspert tizimlar — bu sun'iy intellektning yorqin va tez rivojlanadigan sohalaridan biridir. ETlar maslahat beradi, tahlil qiladi, sinflarga ajratadi va diagnoz qo'yadi. Ular odatda mutaxassis tomonidan ekspertiza o'tkazilib, yechiladigan masalalarga yo'naltirilgandir. Protsedura tahlil ishlatadigan mashina dasturlaridan farq qilib, ETlar deduktiv fikrlash asosida kichik predmet sohada masalani hal etadi, bu tizimlar ko'pgina hollarda yaxshi tuzilmagan va aniqlanmagan masalalarning yechimini topa olish bilan farqlanadi. Ular evristik qoidalar yordamida masalani aniq bo'lmagan qismlarini mantiqan to'ldirishadi, bu esa kerakli bilimlar yoki vaqt yetishmasligi bois butunlay tahlil qilib bo'lmaydigan tizimlarga juda ham to'g'ri keladi. ETlarning afzal shundaki, ular bilimlarni to'play olish, uzoq vaqt saqlash, eskilarini yangilay olish kabi xususiyatlarga ega. Bu xususiyatlar ma'lum bir korxonada ma'lum vaqtgacha mutaxassislarsiz, nisbatan mustaqil ishlash imkoniyatini yaratadi. Bilimlarni to'plash, eng yaxshi va tekshirilgan yechimlarni qoilab, korxonada ishlayotgan mutaxassislarning malakasini oshirish imkonini beradi. Sun'iy intellektning mashina sanoati va iqtisodda qo'llanishi ETlarga asoslangan. Ular yordamida mahsulot sifatini oshirish va vaqtni tejash, shuningdek ish unumi va mutaxassis malakasini oshirish yaxshi natijalar bermoqda .
Mahsulot tizimlari uchta asosiy komponentlardan iborat:
• Bilim bazalari yoki qoidalar to'plami;
• Ishchi xotira;
• Chiqarish mexanizmi.

Hatto, hozirda katta EHM da ham, kichik EHM da ham yaxshi ishlaydigan


Ekspert tizimlar odam ekspertga nisbatan ma'lum chegaralanishga ega.
1. Ko'pchilik ET foydalanuvchi tomonidan ishlatishga yaroqli emas. Agar siz bu tizimlar bilan avvaldan ishlamagan bo'lsangiz, unda siz katta qiyinchiliklarga duch kelishingiz mumkin. Ko'pchilik tizimlar faqatgina bilimlar bazasidan yaratuvchi ekspertlar tomonidan foydalanishlari mumkin.
2. Odatda bu tizimlarda qo'llaniladigan savol-javob rejimi, yechimni olishni qiyinlashtiradi. Masalan, MYCIN tizimidan foydalanmagan vrach, tizimdan foydalanganga nisbatan yechimga tezroq ega bo'lishi mumkin (ko'pgina hollarda shunday bo'ladi).
3. Ekspertiza seansidan keyin tizimni ishlata bilish darajasi o'zgarmaydi.
4. Ekspertlardan olingan bilimlarni mashinada effektiv holda ishlatadigan ko'r
inishga keltirish haligacha muammoligicha qolmoqda.
5. ET larni o'qitish mumkin emas, ular ongli fikrlay olmaydi. Uy mushugi maxsus o'rgatmasdan ham oddiy vazifalarni bajarishi mumkin, yosh bolaning idishdagi suvni ustiga ongli holda to'ka olmasligi tabiiy holdir, lekin kompyuter klaviaturasiga kofeni to'ka boshlasangiz, uning klaviaturani tortib olishga «aqli» yet-masligi aniqdir.
6. ET larni katta predmet sohada qo'llab bo'lmaydi. Ulardan foydalaishda ekspaert bir necha minut yoki bir necha soatda yechimni bera olishi mumkin bo’lgan kichik predmet sohalar bilan chegaralangan.
7. Ekspertlar bo'lmagan soha (masalan, astrologiya) da ET lardan foydalanib bo'lmaydi.
8. ET larni faqat kognitiv masalalarni yechish uchun jalb qilish maqsadga muvofiq. Tennis, velosiped poygasi ET uchun predmet soha bo'la olmaydi, lekin bu tizimlarni futbol komandalarini tahrirlashda ishlatish mumkin.
9. Agar natijaning formal usullari yoki shu masalaga o'xshash masala bo'lmasa, inson-ekspert yechimni topish uchun masalaga ongli yondashadi.
10. Yechim ming xil hodisa va vaqt o'tishi bilan o'zgarib turadigan o'zgaruvchilarga bog’liq bo'lsa, bilimlarga asoslangan tizimlar to'liq tahlil uchun yaroqsiz ekanligi kelib chiqadi. Bunday hollarda oddiy tildagi ma'lumotlar bazasi interfeysini ishlatgan ma'quldir.
Internetdagi “Xalqaro axborot tarmog’i”( WWW )– biror bir tuzulishga keltirilmagan matnli (Shu jumladan, grafikli, audio va video ) axborotlardan tashkil topgan, millionlab hujjatlar kiradi. Kerakli axborotlarni topish uchun yuzlab Web – sahifalarni ko’rib chiqishga to’g’ri keladi. Bunda qanchadan qancha kuch va asablar sarflanadi.
Asrimizning 90 – yillaridan boshlab, Interent ning ma’lumot beruvchi xiz matlari rivojlana boshlandi. Bu xizmatlar foydalanuvchiga kerakli bo’lgan axborotni topishga yordam berardi. Bu xizmatlarni ikkiga bo’lish mumkin: universal va ixtisoslashgan.
Universal xizmatlarda hujjatlarni qidirishninig odatdagi printsipi qo’llaniladi. “ Asosiy ” so’zlar yordamida qidirishning maьnosi shundan iboratki, hujjatlarni “Asosiy ” so’zi deb, berilgan hujjatlarning mazmunini aks ettiruvchi so’zga yoki so’z birikmasiga aytiladi. Masalan, dasturlash xarakteridagi adabiyotlarga xos “ Asosiy 98 ”so’zlar bu “shartli o’tish”, “ Makro buyruq ”, “ Uzilishlarni qayta ishlash ” va hokazo.
Universal qidiruv xizmati – bu quyidagi vazifalarni bajaruvchi, qudratli dasturlar va dasturlar yig’indisidan iborat:
1. Maxsus dastur mavjud bo’lib, u WWWni tinimsiz ko’rib chiqadi va ular orasida so’zlarni tanlab olib, indekslarning ma’lumotlar bazasini tuzib chiqadi.
Bu bazaga hujjatlarning “ Asosiy ”so’zlari va adreslari kiritiladi. ( Eslatib o’tishimiz kerakki, indeks – bu “ Asosiy ” so’zlar bo’yicha tartibga solingan ko’rsatkichlar to’plami ). Web – server foydalanuvchi tomonidan qidiruv uchun buyruq oladi, uni qayta ishlaydi va maxsus dastur – qidiruv mashinasiga uzatadi.
2. Qidiruv mashinasi indekslarning ma’lumotlar bazasini ko’rib chiqadi va buyruq shartlariga mos keluvchi sahifalar ro’yxatini tuzadi va Web ser - verga qaytarib beradi.
3. Web – server natijalarni foydalanuvchi uchun qulay bo’lgan shaklga keltirib, mijoz mashinaga uzatadi.
Mashhur va qudratli qidiruv tizimlari orasida: Alta Vista ( WWW. Alta- vista.com ), Infoseek ( WWW. inforseek.com ), Lycos (WWW.lycos.com) va boshqalarni ko’rishimiz mumkin.
Agar siz qidiruv olib bormoqchi bo’lsangiz ma’lum qidiruv serverini adresini kiritib (www.google.uz, www.rambler.ru, www.altavista.ru, www.yandex.ru), qidiruv maydoniga asosiy suz matnini kiriting va Nayti buyrug’’ini ko’rsating.
Qidiruvda qo’yidagi kelishuvlar ishlab chiqilgan.
1. Agar buyurtma so’zi bitta bo’lsa, u holda shu so’z bor bo’lgan sahifalar tanlab olinadi. Agar so’z bir nechta bo’lsa, so’zlar orasida probel ko’rsatilib yoziladi. M: Amaliy mexanika hakida axborotlarni ko’rmoqchisiz. U holda yo «amaliy» yo «mexanika» yoki ikkala so’z bor bo’lgan sahifalar tanlab olinadi.
2. Agar buyurtma so’zi bir necha so’zdan tashkil topgan bo’lsa, u holda so’zlar qo’shtirnoq ichida yoziladi. Bu so’zlar bir butun so’z sifatida qabul qilinib va shu so’z birikmasi mavjud bo’lgan hujjatlar ro’yxatini ko’rsatadi. M: “Amaliy mexanika ”.
3. “+” belgisi. Agar so’zlar orasiga + belgisi ko’rsatilib, qidiruv berilsa, u holda shu so’zlar mavjud bo’lgan hujjatlar ro’yxati ko’rsatiladi. Bu so’zlar hujjatning turli burchaklarida joylashgan bo’lishi mumkin. M: Amaliy + mexanika
Ixtisoslashtirilgan xizmatlar – u yoki bu mavzu bo’yicha server adreslari tug’risidagi ma’lumotlarni o’zida mujassamlashtirgan mavzuli kataloglar hisoblanadi.
Universal bazalardan farqli ravishda mavzuli kataloglar mutaxassislar tomonidan tuziladi va u foydalanuvchini ishonchli axborot bilan ta’minlaydi. Undan tashqari, Internet saytlari shaxsiy qidiruv mexanizmiga ega. Birinchidan bu kontekst qidiruv mexanizmi, hamda familiyalar bo’yicha ixtisoslashtirilgan qidiruv. ( Shu jumladan: tovarlar bo’yicha, firmalar bo’yicha va hokazo) .
Axborot-kommunikatsiyalar texnologiyalarining ommaviy ravishda qog’ozsiz avtomatlashtirilgan asosda boshqarilishi sababli axborot xavfsizligini ta’minlash murakkablashib va muhimlashib bormoqda.
Himoyalash tizimi uzluksiz, rejali, markazlashtirilgan, maqsadli, aniq, ishonchli, kompleksli, oson mukammallashtiriladigan va ko’rinishi tez o’zgartiriladigan bo’lishi kerak. U odatda barcha ekstremal sharoitlarda samarali bo’lishi zarur.
Axborot hajmi kichik bo’lgan tashkilotlarda axborotni himoyalashda oddiy usullarni qo’llash maqsadga muvofiq va samaralidir. Masalan, o’qiladigan qimmatbaho qog’ozlarni va elektron hujjatlarni alohida guruhlarga ajratish va niqoblash, ushbu hujjatlar bilan ishlaydigan xodimni tayinlash va o’rgatish, binoni qo’riqlashni tashkil etish, xizmatchilarga qimmatli axborotni tarqatmaslik majburiyatini yuklash, tashqaridan keluvchilar ustidan nazorat qilish, kompyuterni himoyalashning eng oddiy usullarini qo’llash va hokazo. Odatda, himoyalashning eng oddiy usullarini qo’llash sezilarli samara beradi.
Murakkab tarkibli, ko’p sonli avtomatlashtirilgan axborot tizimi va axborot hajmi katta bo’lgan tashkilotdarda axborotni himoyalash uchun himoyalashning majmuali tizimi tashkil qilinadi. Lekin ushbu usul hamda himoyalashning oddiy usullari xizmatchilarning ishiga haddan tashqari xalaqit bermasligi kerak.
Himoya tizimining kompleksliligiga unda huquqiy, tashkiliy, muhandis-texnik va dasturiy-matematik elementlarning mavjudligi bilan erishiladi.
Aniq tizimni ko’p turli elementlardan iborat, deb tasavvur qilish mumkin.
Tizim elementlarining mazmuni nafaqat uning o’ziga xosligini, balki axborotning qimmatliligini va tizimning qiymatini hisobga olgan holda belgilangan himoya darajasini aniqlaydi.
Axborotni xuquqiy himoyalash elementi himoyalash choralarining haqli ekanligi ma’nosida tashkilot va davlatlarning o’zaro munosabatlarini yuridik mustahkamlash hamda personalning tashkilot qimmatli axborotini himoyalash tartibiga rioya qilishi va ushbu tartibning buzilishida javobgarligi tasavvur qilinadi.
Axborotni himoyalashning tashkiliy chora-tadbirlari tashkilot xavfsizligi xizmatining me’yoriy uslubiy hujjatlarida o’z aksini topadi. SHu munosabat bilan ko’p hollarla yuqorida ko’rilgan tizim elementlarining yagona nomi — axborotni tashkiliy-huquqiy himoyalash elementini ishlatadilar. Axborotni texnik himoyalash elementi — texnik vositalar kompleksi yordamida hudud, bino va qurilmalarni qo’riqlashni tashkil qilish hamda texnik tekshirish vositalariga qarshi sust va faol kurash uchun mo’ljallangan. Texnik himoyalash vositalarining narxi baland bo’lsada,
Model - bureal dunyoning qandaydir ob'ektini (modellash ob'ektini) almashtiradigan va uning cheklangan miqdordagi xususiyatlarini takrorlaydigan sun'iy ravishda yaratilgan ob'ekt. Model tushunchasi fundamental umumiy ilmiy tushunchalarni bildiradi, modellashtirish esa turli fanlar tomonidan qo‘llaniladigan voqelikni bilish usulidir.
Modellashtirish ob'ekti - jonli yoki jonsiz tabiat ob'ektlari, voqelik jarayonlari va hodisalarini o'z ichiga olgan keng tushuncha. Modelning o'zi jismoniy yoki ideal ob'ekt bo'lishi mumkin. Birinchisi to'liq masshtabli modellar, ikkinchisi axborot modellari deb ataladi. Masalan, bino modeli - bu binoning to'liq masshtabli modeli, xuddi shu binoning chizmasi esa uning grafik shaklda (grafik model) taqdim etilgan axborot modelidir.
Eksperimental ilmiy tadqiqotlarda o'rganilayotgan hodisa yoki jarayonning qonuniyatlarini o'rganish imkonini beruvchi to'liq miqyosli modellar qo'llaniladi. Misol uchun, shamol tunnelida havo oqimi bilan samolyot modelini puflash orqali samolyotning parvoz jarayoni simulyatsiya qilinadi. Bu, masalan, haqiqiy parvozda sodir bo'ladigan samolyot tanasidagi yuklarni aniqlaydi.
Axborot modellari modellashtirish ob'ektlarini nazariy tadqiqotlarda qo'llaniladi. Hozirgi vaqtda axborotni modellashtirishning asosiy vositasi kompyuter texnologiyalari va axborot texnologiyalari hisoblanadi.
Axborot modelini yaratish shundan boshlanadi tizim tahlili modellashtirish ob'ekti (qarang. "Tizim tahlili"). Tez o'sib borayotgan firmani tasavvur qiling, uning rahbariyati o'sib borishi bilan uning samaradorligini pasaytirish muammosiga duch keladi (bu odatiy holat) va boshqaruv faoliyatini tartibga solishga qaror qildi.
Bu yo'lda qilinishi kerak bo'lgan birinchi narsa - firma faoliyatini tizimli tahlil qilishdir. Firmaga taklif qilingan tizim tahlilchisi uning faoliyatini o'rganishi, boshqaruv jarayoni ishtirokchilari va ularning biznes aloqalarini aniqlashi kerak, ya'ni. modellashtirish obyekti tizim sifatida tahlil qilinadi. Bunday tahlil natijalari rasmiylashtiriladi: ular jadvallar, grafiklar, formulalar, tenglamalar, tengsizliklar va boshqalar shaklida taqdim etiladi. tizimning nazariy modeli.
Rasmiylashtirishning navbatdagi bosqichi - nazariy model kompyuter ma'lumotlari va dasturlari formatiga o'tkaziladi. Buning uchun "yo tayyor dasturiy ta'minotdan foydalaniladi yoki uni ishlab chiqish uchun dasturchilar jalb qilinadi. Oxir-oqibat, shunday bo'ladi. kompyuter axborot modeli, belgilangan maqsadda foydalaniladi.
Ma’lumotlarning modeli - bu ma’lumotlar uzaro boglangan tuzilishlari va ular ustida bajariladigan operatsiyalar to‘plamidir. Modelning shakli va unda foydalaniladigan ma’lumotlar tuzilishining turi dasturlash tizimi tilida foydalangan ma’lumotlarni tashkil etish va ishlov berish konsepsiyasini aks ettiradi.
Ma’lumotlarning relyasion modeli. Relyasion MB kuchli nazariy fundamentga ega bo‘lib, u matematik munosabatlar (otnosheniya) nazariyasiga asoslangan. Ma’lumotlarning relyasion modeli konsepsiyasi 1970 yilda E.F.Kodd tomonidan taklif qilingan bo‘lib, u ma’lumotlarni tavsiflash va tasvirlashning amaliy dasturlaridan bog‘liq bo‘lmasligini ta’minlash masalasini hal qilish uchun xizmat qiladi.
Download 31.82 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling